Estetikaning


Download 489.5 Kb.
bet12/21
Sana06.11.2023
Hajmi489.5 Kb.
#1751790
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

San’at turlari
San’at – estetik tadqiqot ob’ektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy tushuncha sifatida u voqelikni go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod mahsulini anglatadi. SHu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo‘lib, estetik tadqiq etish odat tusiga aylangan. Biroq ana shu «bo‘lib o‘rganish», ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda osondek ko‘rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to‘la muammo sanaladi. Bu borada o‘nlab nuqtai nazarlar bor.
Tasniflashtirish avvalo san’atni xillashdan boshlanadi. San’at an’anaviy tarzda uch xilga bo‘lib kelinadi: 1. Epos. 2. Lirika. 3. Drama. «Epos» atamasi qadimgi yunonchadan olingan bo‘lib, so‘z, hikoya, qissa ma’nolarini anglatadi. Unda muallifning o‘zi aralashmagan holda voqeanavislik qilishi, ya’ni ijodkorsub’ektdan voqelik-ob’ekt alohidalik tabiatiga egaligi eng muhim belgi hisoblanadi.
“Lirika” eposdan ko‘pincha qat’iy syujet chiziqlariga ega emasligi, voqelikni ob’ektda emas, sub’ektda berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli ajralib turadi. Ayni paytda ko‘lam nuqtai nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik muallifning hissiyotlari prizmasidan o‘tib, idrok etuvchiga etib boradi; unda hajm eposdagidek katta ham bo‘lishi mumkin, lekin miqyos, ko‘lam sub’ektlashtirilgan ob’ekt tarzida, sub’ektning bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi.
“Drama” (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan, matni qatnashuvchilarning dialog va monologlari asosiga qurilgan, voqelikdagi hayotiy qaramaqarshiliklarni zididiyat holati (konflikt) orqali ifodalaydigan, san’atning nisbatan «sof» adabiy xili. Dramada lirikadagi sub’ektivlashish hodisasi yo‘q, eposdagi voqeanavislikni ham uchratmaymiz: hamma narsani ishtirok etuvchilarning xatti-harakatlari va nutqlari hal qiladi. SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz: qahramonlar taqdiri dinamik tarzda rivojlanib boradigan fojeaviy azob-uqubatlar, og‘ir ko‘rgiliklar yoki tanqidiy kulgi vositasidagi echim bilan nihoya topadi.
YUqoridagi fikrlarimiz san’atni xillash bilan bog‘liq qarashlar edi. Endigi mulohazalarimiz san’at turlari xususida bo‘ladi.
Mazkur mulohazalarni hisobga olgan holda, biz, san’atning mavjudlik shartidan, ya’ni uning ma’naviy borliq sifatida namoyon bo‘lish holatidan kelib chiqib, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan makon (me’morlik, haykaltaroshlik v.h.), zamon (badiiy adabiyot, musiqa v.h.) va makon- zamon (teatr, sirk v.h.) bo‘yicha tasniflashtirishni ma’qul deb hisoblaymiz. Biroq san’at tarixiy hodisa ekanini, u qadimdan tadrijiy rivojlanib kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga uchraganini va ma’lum bir tarixiy davrda muayyan san’at turi faol, etakchi bo‘lganini nazarda tutib, ayni paytda yuqoridagi birgina turkumlashtirish hamma tomonni qamrab olomasligini hisobga olib, masalaga tarixiylik tamoyili asosida yondashuvni ham maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. SHundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san’at turlarini uch turkumga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Bular:

  1. Arxaik - endilikda tarixga aylangan, hozirga paytda real hayotda amalda bo‘lmagan.

  2. An’anaviy - qadimdan hozirgi kungacha o‘z o‘rnini va ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan.

  3. Zamonaviy – ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», yangi san’at turlari.

Ushbu tasnifga ko‘ra, arxaik san’at turlari –an’anaviy san’at turlari – badiiy adabiyot, baxshilik, me’morlik, ko‘rgazmali amaliy san’at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs, qo‘shiqchilik, estrada, sirk va askiyani; zamonaviy san’at turlari – fotosan’at (badiiy suratkashlik), kino, televidenieni o‘z ichiga oladi.
Mazkur ikki yo‘nalishdagi turkumlashtirish ma’lum ma’noda san’at turlarini tasniflashtirishni estetik boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.

Download 489.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling