Estetikaning
Download 489.5 Kb.
|
ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Forig‘lantirish - san’atning asosiy vazifasi.
Insoniylashtirish - san’atning dolzarb vazifasi. U san’atning deyarli barcha asosiy xususiyatlarini va o‘ziga xosligini namoyon etadi. Zero, har bir san’at asari markazida inson turadi. Insoniylashtirish vazifasini san’at ham bevosita, ham bilvosita amalga oshiradi. Bevosita deganimizda, insonning badiiy qiyofalar shaklida in’ikos ettirilishini nazarda tutamiz. YA’ni qahramonlarning shakli-shamoyili, fe’l-atvori va xatti-harakatlari asarda taqdim etilayotgan zamonaviy yoki tarixiy voqelikni insoniylashtiradi, ularda inson ishtirokini ta’minlaydi. Bilvosita insoniylashtirish esa, birinchidan, san’atkor vositasida ro‘y beradi. Bunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson qiyofasi tasvirlanmagan esa-da, asar hujayrasiga singdirilgan inson ruhi uni ichdan nurlantirib, ranginlantirib turadi.
San’atning insoniylashtirish vazifasi bu bilan cheklanmaydi. U yana o‘z badiiy qiyofalari, manzaralari, rangi, ohangi v.h. bilan idrok etuvchi qalbini yumshatadi, uni muruvvatli, shafqatli, diyonatli bo‘lishga da’vat etadi. YA’ni o‘zining forig‘lashtirish qudrati bilan odamdagi hayvoniy xislatlarni yo‘qotishga va uni insoniylashtirishga xizmat qiladi. Forig‘lantirish - san’atning asosiy vazifasi. Forig‘lantirish nima ekanini, uni dastlab Arastu san’atga nisbatan qo‘llaganini biz avvalgi boblar orqali yaxshi bilamiz. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, san’atning bu vazifasi muayyan badiiy asarni idrok etish mobaynida ro‘y beradi. Uni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Dastavval haqiqiy san’at asari inson qalbini ochadi, kalit vazifasini o‘taydi. Keyin uni tozalaydi – poklaydigan ma’naviy modda vazifasini o‘taydi. Undan so‘ng, uchinchi galda, ochilgan va barcha mayda, g‘arazli, salbiy hislardan tozalangan qalbni yuksak tuyg‘ular, ulug‘vor intilishlar, buyuk orzular bilan to‘ldiradi, o‘zingiz hali yaxshi ilg‘ab etmagan, ma’naviyatga bo‘lgan ichki bir botiniy-ruhiy tashnalikni qondiradi. San’atning «ruh ozig‘i» deb atalishi ham shundan. Aynan ana shu vazifa san’atdagi boshqa barcha vazifalarning amalga oshuvini ta’minlaydi, forig‘lantirish vazifasini bajarmagan asar – san’at asari emas. Download 489.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling