Estoniya davlati iqtisodiyoti


Download 14.55 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi14.55 Kb.
#1201733
Bog'liq
Boltiq bo\'yi davlatlari


Estoniya davlati iqtisodiyoti
Hozirgi vaqtda Estoniya rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega. U xususiy xomashyo va yoqilg‘i resurslaridan foydalanish hamda qulay iqtisodiy- geografik joylashuv hisobiga rivojlanmoqda. Mamlakatda iqtisod tezlik bilan liberallashtirilmoqda. Daromad solig‘i yildan yilga kamaytirilmoqda va 2010-yilga borib 18% bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. 90-yillarda Sharqiy Yevropada eng ko‘p chet el investitsiyasini kiritgan davlat hisoblanadi. 2000—2007- yillarda yillik o‘sish 9,9 foizni tashkil etdi. YAIM ning 68 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. YAJM 23,93 mlrd dollami, aholi jon boshiga 21860 dollamLitva Boltiqbo‘yidagi qo‘shnilari, Polsha va Belorussiya hamda Rossiya bilan yaqin aloqalami rivojlantirmoqda. Ammo uning uchun Yevropaning boshqa mamlakatlari, YEI bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik muhimroq ahamiyatga ega bo‘ldi. Litva eksportining 50 foizi YEIga to‘g‘ri keladi.
Litva davlati iqtisodiyoti
2004-yil 1-mayda Litva Yevropa Ittifoqiga va NATO ga a’zo bo‘ldi. Litva iqtisodida sanoat korxonalarini xususiy shaxslarga sotish katta rol o‘ynadi. 1996—1999-yillarda 1000 dan ortiq korxona sotildi. Tashqi savdoda oldin Rossiya asosiy rol o‘ynagan boisa, 2002-yildan Yevropa Ittifoqi davlatlari birinchi o‘ringa chiqdi. 2003-yilda YAIM 40,8 mlrd dollarga yetdi, aholi jon boshiga 11,4 ming dollami tashkil etdi. Sanoatning to‘qimachilik, asbobsozlik, neftni qayta ishlash turlari rivojlanmoqda.i tashkil etadi.
Latviya davlati iqtisodiyoti
Latviya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 38,5%, qishloq xoʻjaligining ulushi 24,8%.Sanoatida metallsozlik, energetika mashinasozligi, aloqa vositalari ishlab chiqarish, transport va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika, radioelektronika, priborsozlik, kimyo va neft kimyosi, yengil va oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya, sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Elektr energiya Plyavinyas, Kegums va Riga GESlarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 5,6 mlrd. kVtsoat). Liyepaya metallurgiya zavodi, turli shaharlarda elektr mashinasozligi, gidrometeorologiya va yarimoʻtkazgich priborlari, dizelsozlik, elektropoyezdlar, texnologiya uskunalari, elektr lampa, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, ventilyator, radio, elektr asboblari, vagonsozlik, kema taʼmirlash va boshqa zavodlar bor. Qurilish materiallari sanoatida koʻplab temir-beton konstruksiyalari, silikat gʻisht, drenaj quvurlari, shisha tola zavodlari, uysozlik kombinatlari barpo etilgan. Yengil sanoatda toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik va poyabzal tikish tarmoqlari taraqqiy etgan. Rigada ip gazlama kombinatlari, Yelgavada toʻqimachilik birlashmasi, shoyi toʻquv kombinati joylashgan. Ogreda yirik trikotaj kombinati, Liyepayada galantereya buyumlari kombinati bor.
Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari: baliq va goʻsht-sut. Riga, Yelgava, Yekabpils va Valmiyeradagi goʻsht kombinatlari, Preylida pishlok, zavodi va Kraslavada quruq sut zavodi qurilgan, meva-konserva va un-yorma kombinatlari bor, aralash yem sanoati rivojlangan. Rigada "Dzintars" parfyumeriya-kosmetika zavodi bor. Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotini bozor munosabatlari yoʻliga moslash, jahon xoʻjaligiga qoʻshish siyosati oʻtkazila boshladi.

Qishloq xoʻjaligi goʻsht va sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Latviyaga yaroqli yerlar 2,5 mln. ga, shundan 56,4% haydaladigan yerlar, 32,4% yaylov, 9% pichanzor. Gʻalla ekinlaridan javdar, bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Asosiy texnika ekinlari: zigʻir (asosan, sharqida) va qand lavlagi (janubida). Kartoshka, sabzavot ham yetishtiriladi. Bogʻ-rezavor mevazorlar bor. Respublikaning gʻarbiy qismida asalarichilik rivojlangan. Baliq ovlanadi, norka, kumushrang tulki, oq tulki boqib koʻpaytiriladi. 1998-yil maʼlumotlariga qaraganda, xususiy sektor yalpi ichki mahsulotning 63%ni berdi, ish joylarining 68% shu sektor qoʻlida. Qurilish, qishloq xoʻjaligi va sanoat kabi asosiy tar-moklar mahsuloti mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 95% ni tashkil etadi.amlakat Prezidenti T.X. Ilves.
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling