Etalon sifatida 12C izotopi absolyut massasi ning 1/12 qismi o‘rniga, 24Mg izotopi absolyut massasining
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
test baza kim bio pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan " Masofaviy ta’lim " Telegram kanali. Kanalga ulanish
Kimyo maxsus test javoblari
Ravshan Meliqo'ziyev May 30, 2020 1. C 2. B 3. C 4. B 5. D 6. B 7. C 8. C 9. C 10. B 11. B 12. C 13. B 14. B 15. B 16. A 17. C 18. C 19. A 20. D 21. C 22. C 23. A 24. D 25. B 26. B 27. C 28. B 29. A 30. B O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan " Masofaviy ta’lim " Telegram kanali. Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim Report content on this page Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim Kimyo [1] _______________________________________ 1. Etalon sifatida 12C izotopi absolyut massasi ning 1/12 qismi o‘rniga, 24Mg izotopi absolyut massasining 1/12 qismi olinsa, massa atom birligi (a) va nisbiy molekulyar massa (b) qiymatlari qanday o‘zgaradi? A) a – 2 marta ortadi; b – 2 marta ortadi B) a – 2 marta kamayadi; b – 2 marta kamayadi C) a – 2 marta ortadi; b – 2 marta kamayadi D) a – 2 marta kamayadi; b – 2 marta ortadi 2. Quyidagi sxemada moddalarning uch xil fizik agregat holatga o‘tishi tasvirlangan. Ushbu sxemadan foydalangan holda, quyidagilarni juftlang. a) suyuqlanish; b) kondensatlanish; c) sublimat lanish; d) bug‘lanish; e) kristallanish (qotish); f) desublimatlanish. A) 1 – e; 2 – a; 3 – c; 4 – f; 5 – b; 6 – d B) 1 – e; 2 – b; 3 – c; 4 – f; 5 – a; 6 – d C) 1 – e; 2 – a; 3 – d; 4 – f; 5 – b; 6 – c D) 1 – e; 2 – a; 3 – f; 4 – c; 5 – b; 6 – d 3. Sulfat angidrid va noma’lum gaz teng massada aralashtirilganda molyar massa 32 g/mol bo‘ldi. Ushbu gazlar teng hajmda aralashtirilsa, molyar massa nimaga teng bo‘ladi? A) 25,6 B) 36 C) 40 D) 50 4. Molyar nisbatlari 2:1 bo‘lgan XH3 va CH4 aralashmasida 16 g metan bo‘lib, aralashmadagi elementar zarrachalar (proton, elektron, neytron) soni Avogadro sonidan 70 marta ko‘p bo‘lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) bor B) azot C) aluminiy D) fosfor 5. 232Th → 208Pb + xe + yα ushbu jarayonda 4,16 g qo‘rg‘oshin izotopi hosil bo‘lgan bo‘lsa, necha mmol elektron ajralgan? A) 20 B) 40 C) 60 D) 80 6. Ftor atomi tarkibidagi toq elektronning barcha kvant sonlari yig‘indisini aniqlang. A) 4,5 B) 5,5 C) 6,5 D) 7,5 7. Aren molekulasi (benzol gomologi) tarkibidagi uglerod – uglerod bog‘lar soni uglerod – vodorod bog‘lar sonidan 1 taga kam bo‘lsa, molekuladagi gibrid orbitallar sonini hisoblang. A) 22 B) 26 C) 30 D) 34 8. Quyidagi sxemada berilgan X va Y modda larga mos kelmaydigan javobni aniqlang. mol H mol Tuz mol Y mol X 2 1 1 2 1 2 + → + A) Mg va HCl B) Zn va NaOH C) Al va HBr D) Zn va HCl 9. Quyidagi jadvaldan foydalangan holda geliy gazining miqdorlari o‘rtasidagi munosabatni aniqlang. № Bosim (atm) Hajm (litr) Harorat (ºC) Miqdor (mol) 1 1 22,4 0 x 2 2 22,4 273 y 3 4 44,8 0 z A) x > y > z B) x = y < z C) x = y > z D) x < y < z 10. NH4ClO4(q) → N2(g) + Cl2(g) + O2(g) + H2O(s) ushbu jarayonda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasining o‘rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 163/4 B) 131/3 C) 235/8 D) 203/7 11. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, birikma formulasini toping. Birikma ω(X) ω(Y) X3Y2 1/2 1/2 ? 4/7 3/7 A) X2Y B) XY C) X2Y3 D) XY2 12. Qotishma sulfat kislotada eritilganda sulfit angidrid va vodorod, xlorid kislota yoki natriy gidroksid eritmalarida eritilganda faqat vodorod Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim gazi ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibida qanday metallar bo‘lishi mumkin? A) mis, natriy B) kumush, magniy C) rux, mis D) mis, magniy, oltin 13. Molyal konsentratsiyasi 6,25 mol∙kg-1 bo‘lgan natriy gidroksid eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang. A) 10% B) 20% C) 30% D) 40% 14. Bariy gidroksid va bariy xlorid saqlagan 50 sm3 eritmada 0,1 mol xlor ionlari bor. Eritmaning pH qiymati 14 ga teng bo‘lsa, bariy ionlarining konsentratsiyasini hisoblang. A) c(Ba2+) = 1 mol/dm3 B) c(Ba2+) = 1,5 mol/dm3 C) c(Ba2+) = 2 mol/dm3 D) c(Ba2+) = 2,5 mol/dm3 15. 2X2(g) + Y2(g) → 2X2Y(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo‘yicha kimyoviy reaksiya tezligi 6,4 mol/l∙s va tezlik konstantasi 200 l 2/mol 2∙s. Moddalar stexiometrik nisbatda olingan bo‘lsa, X2 moddaning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4 16. Rux sulfat kislota eritmasida eritilganda, molyar massasi 44 g/mol bo‘lgan sulfit angidrid va vodorod sulfiddan iborat 0,3 mol gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi. Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan suv miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,8 B) 1,0 C) 1,2 D) 1,5 17. MnCl2 + KClOx + KOH → K2MnO4 + KCl + H2O ushbu reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisi 22 ga teng bo‘lsa, “x” ning qiymatini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 18. Bertolle tuzi parchalana boshlaganda katalizator qo‘shildi. Reaksiya natijasida ekvimolyar nisbatda tuzlar aralashmasi va 0,3 mol kislorod hosil bo‘lgan bo‘lsa, qanday massadagi (g) tuz parchalangan? A) 24,5 B) 49 C) 73,5 D) 98 19. Quyidagi jarayonlar asosida suvning molyar bug‘lanish entalpiyasini hisoblang. H2(g) + O2(g) → H2O(g) ∆H0 f = – 242 kJ∙mol-1 H2(g) + O2(g) → H2O(s) ∆H0 f = – 286 kJ∙mol-1 A) ∆H 0 f = – 44 kJ∙mol-1 B) ∆H 0 f = + 44 kJ∙mol-1 C) ∆H 0 f = – 528 kJ∙mol-1 D) ∆H0 f = + 528 kJ∙mol-1 20. 400 g suvda (10ºC) m g A tuz eritilib, olin gan to‘yingan eritma 40ºC gacha qizdirilganda ajralgan cho‘kmani to‘liq eritish uchun eritmaga 200 g suv qo‘shilgan bo‘lsa, x va y ning bog‘liqlik ifodasini aniqlang (tuzning eruvchanligi ekzotermik). harorat 10ºC 40ºC eruvchanlik x y A) 2x = y B) 3x = 2y C) 2x = 3y D) x = 2y 21. Mis (II) sulfat eritmasi mis elektrodlar [m(katod) = 20 g va m(anod) = 40 g] ishtirokida elektroliz qilindi. Jarayon oxirida katod massasi anod massasidan 12 g ga ko‘p bo‘lsa, eritmadan necha faradey tok o‘tgan? A) 0,125 B) 0,25 C) 0,50 D) 0,75 22. 31,2 g natriy peroksidni regeneratsiya qilish uchun tarkibida hajm jihatdan 2% karbonat angidrid tutgan havodan qancha hajm (litr, n.sh.) talab etiladi? A) 22,4 B) 44,8 C) 224 D) 448 23. Siklobutan va metilsiklopropan uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) molekulyar massasi; 2) suyuqlanish temperaturasi; 3) qaynash temperaturasi; 4) uglerod atomlarining valentligi; 5) uglerod atomlarining oksidlanish darajasi; 6) normal sharoitdagi agregat holati. A) 1, 5, 6 B) 4, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 4, 5 24. Molyar massasi 26 g/mol bo‘lgan metan, etilen va asetilendan iborat 0,5 mol gazlar aralashmasi yetarli miqdordagi kumush oksidining ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashganda aralashma massasi 5,2 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi metanning miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,05 B) 0,10 C) 0,15 D) 0,20 Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim 25. Alken kislotali muhitda (KMnO4) oksidlan ganda butanon-2 va 3-metilbutanon-2 hosil bo‘ldi. Neytral muhitda oksidlanganda nima hosil bo‘ladi? A) 2,3,4-trimetilgeksandiol-3,4 B) 2,2,3,4-tetrametilgeksandiol-3,4 C) 2,5-dimetilgeptandiol-3,4 D) 2,6-dimetilgeptandiol-3,4 26. Molyar massasi 28 g/mol bo‘lgan etan, eten va etindan iborat 5,6 g aralashmani to‘liq yondirish uchun qanday miqdordagi (mol) kislorod sarflanadi? A) 0,6 B) 0,75 C) 1,2 D) 1,5 27. Glukozaning 4/5 qismi spirtli bijg‘itilganda 0,6 mol gaz ajraldi. Qolgan qismi moy kislotali bijg‘itilganda necha mol gaz ajraladi? A) 4,8 B) 1,8 C) 0,8 D) 0,3 28. Murakkab efir konsentrlangan sulfat kislota eritmasi bilan qo‘shib qizdirildi. Bunda hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi bromli suvga yuttirilganda aralashmaning hajmi 2 marta kamaydi, zichligi o‘zgarmadi. Murakkab efirni aniqlang. A) etilformiat B) izopropilformiat C) izobutilformiat D) izopentilformiat 29. Murakkab efir va magniy organik birikma reaksiyasidan olingan birikmalar gidrolizlanganda 0,1 mol aseton va 0,4 mol uchlamchi butil spirti hosil bo‘ldi. Dastlabki moddalarning miqdor va sifat tarkibini aniqlang. A) 0,5 mol etilasetat va 0,9 mol metilmagniy yodid B) 0,5 mol metilasetat va 0,9 mol etilmagniy yodid C) 0,9 mol etilasetat va 0,5 mol metilmagniy yodid D) 0,9 mol metilasetat va 0,5 mol etilmagniy yodid 30. Chiziqli tuzilishli polipeptid 20 ta glitsin va 30 ta noma’lum aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, polipeptidning molyar massasi 3288 g/mol bo‘lsa, noma’lum aminokislotaning molyar massasini (g/mol) hisoblang. A) 89 B) 103 C) 117 D) 131 Tuzuvchi: Ma’ruf TONGOTAROV O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Masofaviy ta’lim” Telegram kanali. Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling