Etalon sifatida 12C izotopi absolyut massasi ning 1/12 qismi o‘rniga, 24Mg izotopi absolyut massasining
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
test baza kim bio pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Yangiyol shahridagi "IBN SINO" ATM kimyo fani oqituvchisi Maruf TONGOTAROV O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan
Kimyo javoblar
t.me/masofatalim April 23, 2020 1. A 2. D 3. A 4. B 5. D 6. A 7. A 8. A 9. D 10. B 11. C 12. D 13. B 14. B 15. B 16. C 17. D 18. A 19. D 20. A 21. C 22. A 23. B 24. A 25. C 26. A 27. B 28. D 29. A 30. C Tuzuvchi: Yangiyo'l shahridagi "IBN SINO" ATM kimyo fani o'qituvchisi Ma'ruf TONGOTAROV O’zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan " Masofaviy ta’lim " Telegram kanali. https://t.me/masofatalim Report content on this page Telegram manzil: https://t.me/masofatalim Kimyo 1. Etalon sifatida 12C izotopi absolyut massasi ning 1/12 qismi o’rniga, 48Ti izotopi absolyut massasining 1/12 qismi olinsa, massa atom birligi (a) va nisbiy molekulyar massa (b) qiymatlari qanday o’zgaradi? A) a – 4 marta ortadi; b – 4 marta ortadi B) a – 4 marta kamayadi; b – 4 marta kamayadi C) a – 4 marta ortadi; b – 4 marta kamayadi D) a – 4 marta kamayadi; b – 4 marta ortadi 2. Quyidagi sxemada moddalarning uch xil fizik agregat holatga o’tishi tasvirlangan. Ushbu sxemadan foydalangan holda, quyidagilarni juftlang. a) kristallanish (qotish); b) desublimatlanish; c) bug’lanish; d) suyuqlanish; e) kondensat lanish; f) sublimatlanish. A) 1 – a; 2 – b; 3 – f; 4 – d; 5 – e; 6 – c B) 1 – a; 2 – d; 3 – f; 4 – b; 5 – e; 6 – c C) 1 – b; 2 – d; 3 – f; 4 – a; 5 – e; 6 – c D) 1 – a; 2 – d; 3 – c; 4 – b; 5 – e; 6 – f 3. Sulfit angidrid va noma’lum gaz teng massada aralashtirilganda molyar massa 25,6 g/mol bo’ldi. Ushbu gazlar teng hajmda aralashtirilsa, molyar massa nimaga teng bo’ladi? A) 30 B) 36 C) 40 D) 48 4. Molyar nisbatlari 2:1 bo’lgan XH3 va CH4 aralashmasida 16 g metan bo’lib, aralashmadagi elementar zarrachalar (proton, elektron, neytron) soni Avogadro sonidan 80 marta ko’p bo’lsa, noma’lum elementni aniqlang. A) bor B) azot C) aluminiy D) fosfor 5. 232Th → 208Pb + xe + yα ushbu jarayonda 4,16 g qo’rg’oshin izotopi hosil bo’lgan bo’lsa, necha mmol alfa zarracha ajralgan? A) 60 B) 80 C) 100 D) 120 6. Xlor atomi tarkibidagi toq elektronning barcha kvant sonlari yig’indisini aniqlang. A) 4,5 B) 5,5 C) 6,5 D) 7,5 7. Aren molekulasi (CnH2n-6) tarkibidagi uglerod – uglerod bog’lar soni uglerod – vodorod bog’lar soniga teng bo’lsa, molekuladagi gibrid orbitallar sonini hisoblang. A) 22 B) 26 C) 30 D) 34 8. Quyidagi sxemada berilgan X va Y modda larga mos kelmaydigan javobni aniqlang. mol H mol Tuz mol Y mol X 2 1 1 2 1 2 + → + A) Mg va HCl B) Zn va NaOH C) Cu va HBr D) Zn va HCl 9. Quyidagi jadvaldan foydalangan holda geliy gazining miqdorlari o’rtasidagi munosabatni aniqlang. № Bosim (atm) Hajm (litr) Harorat (ºC) Miqdor (mol) 1 1 22,4 0 x 2 2 22,4 273 y 3 1 22,4 546 z A) x > y > z B) x = y < z C) x = y > z D) x < y < z 10. NH4ClO3(q) → N2(g) + Cl2(g) + O2(g) + H2O(s) ushbu jarayonda hosil bo’lgan gazlar aralashmasining o’rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang. A) 163/4 B) 131/3 C) 235/8 D) 203/7 11. Quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlardan foydalanib, birikma formulasini toping. Birikma ω(X) ω(Y) X3Y2 1/2 1/2 ? 2/5 3/5 A) X2Y B) XY C) X2Y3 D) XY2 12. Qotishma sulfat kislotada eritilganda sulfit angidrid va vodorod, xlorid kislota yoki natriy gidroksid eritmalarida eritilganda faqat vodorod gazi ajralib chiqqan bo’lsa, qotishma tarkibida qanday metallar bo’lishi mumkin? Telegram manzil: https://t.me/masofatalim A) mis, natriy B) kumush, magniy C) aluminiy, mis D) mis, magniy, oltin 13. Molyal konsentratsiyasi 1,25 mol∙kg-1 bo’lgan kalsiy bromid eritmasining foiz konsentratsiyasini hisoblang. A) 10% B) 20% C) 30% D) 40% 14. Bariy gidroksid va bariy xlorid saqlagan 50 sm3 eritmada 0,1 mol xlor ionlari bor. Eritmaning pOH qiymati 0 ga teng bo’lsa, bariy ionlarining konsentratsiyasini hisoblang. A) c(Ba2+) = 1 mol/dm3 B) c(Ba2+) = 1,5 mol/dm3 C) c(Ba2+) = 2 mol/dm3 D) c(Ba2+) = 2,5 mol/dm3 15. 2X2(g) + Y2(g) → 2X2Y(g) ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha kimyoviy reaksiya tezligi 6,4 mol/l∙s va tezlik konstantasi 200 l 2/mol 2∙s. Moddalar stexiometrik nisbatda olingan bo’lsa, Y2 moddaning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,3 D) 0,4 16. Rux sulfat kislota eritmasida eritilganda, o’rtacha molyar massasi 54 g/mol bo’lgan sulfit angidrid va vodorod sulfiddan iborat 0,3 mol gazlar aralashmasi hosil bo’ldi. Reaksiya natijasida hosil bo’lgan suv miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,8 B) 1,0 C) 1,2 D) 1,5 17. MnCl2 + KClOx + KOH → K2MnO4 + KCl + H2O ushbu reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig’indisi 34 ga teng bo’lsa, “x” ning qiymatini aniqlang. A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 18. Bertole tuzi parchalana boshlaganda katalizator qo’shildi. Reaksiya natijasida ekvimolyar nisbatda tuzlar aralashmasi va 0,6 mol kislorod hosil bo’lgan bo’lsa, qanday massadagi (g) tuz parchalangan? A) 49 B) 98 C) 147 D) 196 19. Quyidagi jarayonlar asosida suvning molyar kondensatlanish entalpiyasini hisoblang. H2(g) + O2(g) → H2O(g) ∆H0 f = – 242 kJ∙mol-1 H2(g) + O2(g) → H2O(s) ∆H0 f = – 286 kJ∙mol-1 A) ∆H 0 f = – 44 kJ∙mol-1 B) ∆H 0 f = + 44 kJ∙mol-1 C) ∆H 0 f = – 528 kJ∙mol-1 D) ∆H 0 f = + 528 kJ∙mol-1 20. 400 g suvda (20ºC) m g A tuz eritilib, olin gan to’yingan eritma 50ºC gacha qizdirilganda ajralgan cho’kmani to’liq eritish uchun eritmaga 400 g suv qo’shilgan bo’lsa, x va y ning bog’liqlik ifodasini aniqlang (tuzning eruvchanligi ekzotermik). harorat 20ºC 50ºC eruvchanlik x y A) 2x = y B) 3x = 2y C) 2x = 3y D) x = 2y 21. Mis (II) sulfat eritmasi mis elektrodlar [m(katod) = 40 g va m(anod) = 20 g] ishtirokida elektroliz qilindi. Jarayon oxirida katod massasi anod massasidan 52 g ga ko’p bo’lsa, eritmadan necha faradey tok o’tgan? A) 0,125 B) 0,25 C) 0,50 D) 0,75 22. 15,6 g natriy peroksidni regeneratsiya qilish uchun tarkibida hajm jihatdan 2% karbonat angidrid tutgan havodan qancha hajm (litr, n.sh.) talab etiladi? A) 22,4 B) 44,8 C) 224 D) 448 23. Siklobutan va metilsiklopropan uchun umumiy bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) molekulyar massasi; 2) suyuqlanish temperaturasi; 3) qaynash temperaturasi; 4) uglerod atomlarining valentligi; 5) uglerod atomlarining oksidlanish darajasi; 6) normal sharoitdagi agregat holati. A) 2, 3, 5 B) 2, 5, 6 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 4 24. M(o’r) = 26 g/mol bo’lgan metan, etilen va asetilendan iborat 0,5 mol gazlar aralashmasi yetarli miqdordagi kumush oksidining ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashganda aralashma massasi 5,2 g ga kamaydi. Dastlabki aralashmadagi etilenning miqdorini (mol) hisoblang. A) 0,10 B) 0,15 C) 0,20 D) 0,25 Telegram manzil: https://t.me/masofatalim 25. Alken kislotali muhitda (KMnO4) oksidlan ganda butanon-2 va 3,3- dimetilbutanon-2 hosil bo’ldi. Neytral muhitda oksidlanganda nima hosil bo’ladi? A) 2,3,4- trimetilgeksandiol-3,4 B) 2,2,3,4-tetrametilgeksandiol-3,4 C) 2,5-dimetilgeptandiol-3,4 D) 2,6- dimetilgeptandiol-3,4 26. M(o’r) = 28 g/mol bo’lgan etan, eten va etindan iborat 7 g aralashmani to’liq yondirish uchun qanday miqdordagi (mol) kislorod sarflanadi? A) 0,6 B) 0,75 C) 1,2 D) 1,5 27. Glukozaning 3/5 qismi spirtli bijg’itilganda 0,6 mol gaz ajraldi. Qolgan qismi moy kislotali bijg’itilganda necha mol gaz ajraladi? A) 4,8 B) 1,8 C) 0,8 D) 0,3 28. Murakkab efir konsentrlangan sulfat kislota eritmasi bilan qo’shib qizdirildi. Bunda hosil bo’lgan gazlar aralashmasi bromli suvga yuttirilganda aralashmaning hajmi 2 marta, zichligi 1,25 marta kamaydi. Murakkab efirni aniqlang. A) etilformiat B) izopropilformiat C) izobutilformiat D) izopentilformiat 29. Murakkab efir va magniy organik birikma reaksiyasidan olingan birikmalar gidrolizlanganda 0,2 mol aseton va 0,3 mol uchlamchi butil spirti hosil bo’ldi. Dastlabki moddalarning miqdor va sifat tarkibini aniqlang. A) 0,5 mol etilasetat va 0,8 mol metilmagniy yodid B) 0,5 mol metilasetat va 0,8 mol etilmagniy yodid C) 0,8 mol etilasetat va 0,5 mol metilmagniy yodid D) 0,8 mol metilasetat va 0,5 mol etilmagniy yodid 30. Chiziqli tuzilishli polipeptid 20 ta glitsin va 30 ta noma’lum aminokislota qoldig’idan tashkil topgan bo’lib, polipeptidning molyar massasi 3708 g∙mol-1 bo’lsa, noma’lum aminokislota ning molyar massasini (g∙mol-1 ) hisoblang. A) 89 B) 103 C) 117 D) 131 Tuzuvchi: Yangiyo‘l shahridagi “IBN SINO” ATM kimyo fani o‘qituvchisi Ma’ruf TONGOTAROV O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Masofaviy ta’lim” Telegram kanali. Kanalga ulanish: https://t.me/masofatalim Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling