Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob qoidalari


Download 15.96 Kb.
Sana10.09.2020
Hajmi15.96 Kb.
#129154
Bog'liq
Etalon


Ilova B

Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob qoidalari



B 1. Etalon yaratish bo`yicha ilmiy-texnik hisob ushbu etalon holatini tahlil qilish, xususiyatlarini o`rganish va boshqa davlatlardagi o`xshash etalonni taqqoslash asosida tuziladi hamda bajarilgan ishlar metodikasi, tarkibi hamda natijasini ko`rsatuvchi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga olishi kerak:

  • Kirish;

  • Boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash;

  • Etalon holati, xususiyatlarini o`rganish va boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash natijalarini tahlil qilish;

  • Xulosa

B 2. “Kirish” bo`limida ushbu o`lchash sohasining rivojlanish tarixi haqida qisqacha ma`lumot, etalon ishlab chiqish zaruriyati asoslab beriladi, o`lchash sohasi rivojining O`zbekistondagi istiqboli keltiriladi hamda normativ hujjat ishlab chiqish bo`yicha chora-tadbirlar ko`rsatilad.

B 3. “Boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash” bo`limida boshqa davlatlardagi etalonlarning metrologik va texnik xususiyatlari taqqoslanadi, o`lchash va natijalarni qayta ishlashni avtomatlashganlik darajasi tahlil qilinadi, etalonlarni takomillashtirish istiqbollari ko`rsatiladi.

B 4. “Etalon holati, xususiyatlarini o`rganish va boshqa davlatlardagi o`xshash etalonlar bilan taqqoslash natijalarini tahlil qilish” bo`limi

B 4.1 Ushbu bo`limda O`zbekiston Respublikasi “Miliy etalonlar markazi”ga taqdim etilgan etalonni taqqoslashda ishtirok etgan har bir davlat bo`yicha quyidagi ma`lumotlar keltiriladi:

  • Etalon nomi;

  • Etalon tashkil etilgan vaqti va joyi;

  • Etalon tarkibi;

  • Etalonni saqlovchi tashkilot nomi va saqlash joyi;

  • Etalon ta`sir qoidalari va tavsifi;

  • Etalon o`zida saqlaydigan fizik kattalikning nominal qiymati yoki doirasi hamda asosiy metrologik xususiyatlari;

  • Metrologik xususiyatlarni aniqlash usullari va vositalari;

  • Ushbu etalonni boshqa davlatlardagi etalonlar bilan solishtirish natijalari va olingan natijalarni taqqoslash;

  • Ushbu etalonni O`zbekiston Respublikasi “Miliy etalonlar markazi”ga tasdiqlash uchun taqdim etilgan etalonlar bilan solishtirish natijalari;

  • Etalonning texnik xususiyatlari;

  • Etalonni takomillashtirish natijalari

B 4.2 Ushbu bo`limda O`zbekiston Respublikasi “Miliy etalonlar markazi”ga taqdim etilgan etalonlar bilan solishtirishda ishtirok etadigan har bir etalonni saqlash sharoitlari va qo`llash usullari bo`yicha quyidagilar keltiriladi:

  • Etalon pasportida ko`rsatilgan xususiyatlarning barqarorligini uzoq muddat davomida ta`minlovchi joylashtirish, saqlash va qo`llash sharoitlariga qo`yiladigan talablar;

  • Etalon bilan ishlash uchun zarur bo`lgan xodimlar tarkiibi haqida ma`lumot;

  • Etalonni saqlashdagi atrof-muhit parametrlari

  • Etalonni ishtab turishini ta`minlovchi muhandislik kommunikatsiyalariga qo`yiladigan talablar;

  • Birlikni ishlab chiqish tartib va qoidalari;

  • Taqqoslashnu olib boorish tartibi va davriyligi;

  • Birlik o`lchamini yetkazish tartibi va taqqoslash usullari;

  • O`lchash natijalarini qayta ishlash usullari;

  • Etalon bilan ishlash jarayonida xavfsizlik talablari;

  • Etalonni tashishda butligi va metrologik xususiyatlarini barqaroligini ta`minlovchi talablar;

B 5 “Xulosa” bo`limida etalon xususiyatlarini o`rganish ishlari natijalari baholanadi hamda etalonni tasdiqlashning maqsadga muvofiqligi bo`yicha takliflar beriladi.


Download 15.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling