Token Ring tarmog’ida 16 Mbit/s tarmog’ida xalqaga kirishni sal boshqacha algoritmli ishlatiladi. Bu algoritm markerni oldinroq ozod qilish deb nomlanadi. Bunda bekat markerni kadrini oxirgi bitini o’tkazishi bilanoq keyingi bekatga uzatadi. Bunda u qabul qilganligi xaqida tasdiqlanishini kutmaydi. Bunday usul samarali chunki xalqa bo’ylab birdaniga bir necha bekatlarni kadrlari xarakatlanadi. Lekin faqatgina markerga ega bo’lgan bekatgina kadrlarni kiritish qilish mumkin. Qolgan bekatlar bu vaqtda boshqa bekatlarni kadrlarini qaytaradi.
Kadrlar orqali uzatilgan xarxil turdagi ma’lumotlarga xarxil ustivorliklar belgilanishi mumkin: 0 dan 7 gacha. Kadrni aniq bir ustivorligini uzatilgan bekat xal qiladi. Marker shuningdek doimiy joriy bosqich ustivorlikka ega bo’lishi mumkin. Bekat o’zi jo’natgan markerni qo’lga olishi mumkin, faqatgina , jo’natmoqchi bo’lgan kadr ustivorligi marker ustivorligidan baland (yoki teng) kelsagina. Aks xolda bekat markerini keyingi xalqadagi bekatga uzatishga majbur. Faqatgina, yagona nusxadagi markerni tarmoqda bo’lishiga aktiv (faol) monitor javob beradi. Agar aktiv monitor markerni uzoq vaqt davomida qayta qabul qilmasa, u yangi marker xosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |