Ethernet tarmoq tuzilmasi
FDDI texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar
Download 177.44 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
FDDI texnologiyasining asosiy xususiyatlari va uning tarkibiga kiruvchi maxsus vositalar.Bugungi kunda tarmoq texnologiyalarining bir necha turlari mavjud. Qisqa vaqt ichida turli yangi texnolgiyalar amaliyotga joriy etilmoqda. Quyida ana shunday tarmoq texnologiyalari ichida tezkorligi va samaradorligi bilan tavsiflanuvchi tarmoq texnologiyalaridan biri FDDI texnlogiyasining xarakteristikalari xaqidagi ma’lumotlar bilan tanishasiz. Fiber Distributed Data Interface texnologiyasi – bu lokal tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish muhiti sifatida optik tolali kabeldan foydalanilgan birinchi texnologiya hisoblanadi. Yorug’likni axborot tashuvchi sifatida qo’llash ustida tadqiqot ishlari anchadan beri olib borilayotgan edi. 1880 yil Aleksandr Bell tovush to’lqinlari bilan sinxron tebranuvchi va qaytgan yorug’lik bilan modulyatsiyalanuvchi, 200 metr oralig’ida ko’zgu yordamida so’zni jo’natuvchi qurilmaga patent olgan edi. Yorug’likdan axborotlarni uzatish sifatida foydalanish ishlari 1960yillarda juda yuqori chastotalarda yorug’likni modulyatsiyasini ta’minlovchi, katta miqdorli yuqori tezlikdagi axborotni uzatish uchun keng polosali kanal yaratish imkonini beruvchi lazer ixtirosidan keyin jadal tus oldi. Taxminan ana shu paytlarda xuddi an’anaviy mis simlarda elektr signallarini uzatishiga o’xshash va kabel tizimlarida yorug’likni uzatish imkoniga ega bo’lgan optik tolali kabellar paydo bo’ldi. Lekin, bu optik tolalarda yorug’likni yo’qotilishi juda yuqori bo’lib, mis simlar o’rniga foydalanib bo’lmasdi. Nisbatan arzon yorug’lik signali quvvatini past darajada yo’qotilishini va keng polosali o’tkazishni (bir necha GGts gacha) ta’minlovchi optik tolali kabellar 1970yillarga kelibgina paydo bo’ldi. 1980yillar boshiga kelib telekommunikatsiya tizimlarida optik tolali kanallar xosil qilish va foydalanish sanoati taraqqiy eta boshladi. SHuningdek, 1980yillarda optik tolali kanallarni lokal tarmoqlarda qo’llash uchun standart texnologiyalar va qurilmalar yaratish ishlari ham boshlandi. Lokal tarmoqlar uchun birinchi optik tola standarti ishlab chiqish va orttirilgan malakalarni umumlashtirish bo’yicha qilingan ishlarni jamlash uchun Amerika Standartlashtirish Milliy Instituti – ANSIda shu maqsadda X3T9.5 komiteti tuzildi. FDDI standartini har xil qismlarini tashkil qiluvchi boshlang’ich versiyasi 19861988 yillarda X3T9.5 komiteti tomonidan ishlab chiqildi. O’shanda ushbu standartda qo’llaniladigan birinchi qurilmalar – tarmoq adapterlari, kontsentratorlar, ko’priklar va marshrutizatorlar paydo bo’ldi. Hozirgi kunda ko’pchilik tarmoq texnologiyalarida fizik sathning bir varianti sifatida optik tolali kabellarni qo’llash imkoniyati mavjud. FDDI standartlari vaqt davomida tekshiruvdan o’tdi va o’z o’rnini saqlab qoldi, har xil korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalar bir biri bilan o’zaro ishlash, moslashish darajasi yaxshiligini ko’rsatmoqda. Bu yuqori tezlikka ega bo’lgan har xil turdagi tarmoqlarni tashkil etishda qo’llaniladi. Bu texnologiya Ethernet (10 Mbit/s) va Token Ring (4 Mbit/s) tarmoqlariga nisbatan ancha yuqori tezlikda ma’lumot almashishni ta’minlovchi muhitda foydalanish uchun ishlab chiqilgandir. FDDI tarmog’i yuqori tezlikda ishlash zarur bo’lgan, uncha katta bo’lmagan bir necha lokal tarmoqlarga xizmat ko’rsatishi mumkin. FDDI tarmog’i ikkita halqadan iborat bo’lib, bu halqalarda o’xshash, lekin qaramaqarshi yo’nalishdagi ma’lumotlar oqimi mavjud bo’ladi. Ulardan birinchi halqasi dastlabki halqa deyilsa, boshqasi ikkinchi halqa deb ataladi. Agar birinchi halqada nosozlik yuzaga kelsa (masalan, kabelь uzilsa), halqa ma’lumotlarni qaytadan jo’natish uchun uni ikkinchi halqaga jo’natadi va shu tarzda ma’lumot jo’natish jarayoni oxiriga yetkaziladi. Download 177.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling