Ethernet texnologiyasi. Ethernet texnologiyasi asosida tarmoqlarni qurish xususiyatlari va


Download 106.66 Kb.
bet1/3
Sana08.09.2023
Hajmi106.66 Kb.
#1674633
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu

4 - ma’ruza.




ETHERNET TEXNOLOGIYASI. ETHERNET TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TARMOQLARNI QURISH XUSUSIYATLARI VA ULARNING ARXITEKTURASI.


Reja.


  1. 10BASE - 5 STANDARTI

  2. 10BASE - 2 STANDARTI

  3. 10BASE - T STANDARTI

  4. 10BASE - F STANDARTI



Tayanch iboralari


Ethernet texnologiyasi standartlari, 10Base – 5, 10Base – 2, 10Base –T va 10Base – F standartlari, takrorlovchi, kontsentrator, segment, yuklangan segment, tarmoq diametri, koaksial kabel, oʻralma juftlik kabeli, optik kabel, konnektor, terminator, transiver, uzatish muhitiga murojaat qilish algoritmi CSMA/CD, kolliziya, kolliziyalar domeni, toʻrttagacha xablar qoidasi.


    1. 10BASE - 5 STANDARTI


Bu standart Xerox firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan tarmoq boʻlib uni klassik Ethernet, asosiy Ethernet tarmogʻi deb ataladi. l0Base-5 standartida mahlumotlarni uzatish muhiti sifatida 50 Om toʻlqin qarshiligiga ega boʻlgan koaksial kabel’ ishlatilgan. Kabelning markazidan oʻtgan mis sismning diametri 2,17 mm. RG-8 va RG-11 kabellari anna shunday oʻrsatgichlarga egadirlar. Bu standartni «yoʻgʻon Ethernet» ham deb ataladi. Kabelning tashqi diametri 10 mm ga yetadi.

4.1.-rasm. Uchta segmentdan iborat boʻlgan 10Base-5 standartining fizik sathi tarkibiga kiruvchi qurilmalar.

Bu kabel’ barcha stantsiyalar, yahni kompyuterlar uchun monokanal sifatida ishlatiladi. Kabel’ segmentining uzunligi koʻpi bilan 500 m gacha boʻlishi mumkin.



Ularning oxirlarida 50 Om qarshilikka ega boʻlgan terminatorlar ulangan boʻlishi kerak.
    1. 10BASE - 2 STANDARTI


10Base-2 standartida axborotni uzatish muhiti sifatida markazidan diametri 0,89 mm boʻlgan mis sim oʻtgan, tashqi diametri esa 5 mm boʻlgan ingichka koaksial kabeldan foydalaniladi («tonkiy» Ethernet). Bu kabelning toʻlqin qarshiligi 50 Om ga teng. RG-58 /U, RG-58 A/U va RG-58 C/U kabellari ana shunday koʻrsatgichga ega kabellar hisoblanadi..



Download 106.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling