Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: Kasb etikasi
«qadrqimmat» kategoriyasi ham mavjud
Download 23.26 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Temperament. Faoliyatning individual uslubi va temperament. Temperamentning fiziologik asoslari
- Temperament lotincha
«qadrqimmat» kategoriyasi ham mavjud.
Qadr-qimmat deb o‘smir shaxs ining jamiyatda, kishilar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. «Or-nomus» kategoriyasi Shaxs axloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, qadr-qimmat kategoriyasi esa insonning o‘z-o‘zini anglashi va nazorat qilishini ifodalaydi. Qadr-qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida o‘z qimmatini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi. Yuqorida zikr qilingan axloq kategoriyalaridan tashqari, «baxt», «hayotning ma’nosi», «imon», «adolat» kabi kategoriyalar ham mavjuddir. Bu kategoriyalar, garchand umumiy kategoriyalar bo‘lsa-da, o‘smirlik Shaxs ining amaliy faoliyatida qo‘llanishida aniqlik, ya’ni o‘ziga xoslik kasb etadi. 2.Temperament. Faoliyatning individual uslubi va temperament. Temperamentning fiziologik asoslari: qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha «chole»), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Temperament lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» degan ma’noni anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460–356-yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda Psixikaning individual jihatdan o‘ziga xos, tabiiy shart- lashgan dinamik ko‘rinishlari majmui kishining temperamenti deyiladi. Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament(lotin tilidagi «sangvis» – «qon» so‘zidan olingan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament (grekcha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganligini holerik temperament (grek tilidagi «hola» – «o‘t» so‘zidan olingan); qora o‘t ko‘p bo‘lganda melanxolik temperament (grekcha «melayna hole» – «qora o‘t») deb ataladi. Psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan hodisalarga tez munosabat bildiruvchi, taassurotlarini tez-tez o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan engil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan bo‘lgan kishi sangvinik deyiladi. Yuragi keng, barqaror intilish va kayfiyatga, doimiy va chuqur his-tuyg‘uga ega, harakatlari va nutqi bir maromida bo‘lgan, ruhiy holatini tashqi tomonda ifoda etadigan kishi flegmatik deb ataladi. Juda g‘ayratli, ishga ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi. Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini nazorat qila oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar Download 23.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling