Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha: Kasb etikasi


Download 23.26 Kb.
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi23.26 Kb.
#1363135
1   2   3   4   5
melanxoliklar deb ataladi.


Temperament turlarining tasnifi (I.P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra):
1) kuchli, ehtirosli, behalovat – holerik;
2) kuchli, bosiq, epchil – sangvinik;
3) kuchli, bosiq, sust – flegmatik;
4) kuchsiz – melanxolik


3.Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo‘ladiganbarqaror individual xususiyati bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.


Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi
xarakterni quyidagi to‘rt tizimga ajratish qabul qilingan:
1. Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi
xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
2. Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar:
mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.
3. Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyat- lar: ozodalik, ifloslik,
ayash, ayamaslik va hokazo.
4. Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislat- lar: izzat-nafslilik,
shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va
boshqalar.
Xarakter va kishining tashqi ko‘rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyaginingshakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqialomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo‘lgan. Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni o‘rganish nazariyasi asosi qanchalik sodda bo‘lsa, shunchalik g‘aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko‘rinishida qandaydir hayvon bilan o‘xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so‘ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan.
4. Qobiliyat-shaxsga ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarish, bilimlarni tez va osonlik bilan o‘zlashtirishga yordam beruvchi individual psixologik xususiyat.
Qobiliyat-shaxsning muayyan faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling