Etimologiyasi


Download 111.59 Kb.
bet4/4
Sana26.09.2023
Hajmi111.59 Kb.
#1688055
1   2   3   4
Bog'liq
Andijon

Meʼmorchilik


Mustaqillik yillarida shaharda bunyodkorlik ishlari yanada rivoj topadi. Andijon viloyati hokimiyati binosi oldida shaharning markaziy maydoni bunyod etilib, binoga Bobur nomi beriladi (1991) va uning ot minib turgan haykali oʻrnatiladi.
Maydon atrofida Oxunboboyev nomidagi viloyat teatr binosi, Bobur nomidagi viloyat kutubxonasi, Abbos Bakirov nomidagi kinoteatr, Andijon tibbiyot institutining bosh binosi joylashgan.
Shahar markazidan oʻtgan eng katta koʻcha — Alisher Navoiy shoh koʻchasidir. Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi 1999—2000-yillarda qayta taʼmirlanib, sharqona shaklda „Ark“ darvozasi bunyod etiladi.
Bogʻ ichida ramziy burgutga uygʻunlashtirib qurilgan tomosha inshooti — amfiteatr nihoyatda mahobatli koʻrinishga ega. Endilikda viloyat va shaharning eng katta tantanalari aynan shu yerda oʻtkaziladi.
Shaharda keyingi yillarda zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan tennis korti, „Navroʻz“ stadioni, aeroportdagi deputatlarni kutib olish va joʻnatish zali, „Avtotexxizmat“, Choʻlpon bogʻi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, „Asakabank“ shahar moliya boʻlimi binosi, respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi boʻlimi binolari, Andijon tibbiyot instituti, 4 ta kasb-hunar kolleji, akademik litseylar, „Beeline“ qoʻshma korxonasi, koʻp qavatli turar-joy binolari, koʻplab supermarket va savdo shoxobchalari bunyod etilgan. Shaharda 25 ta transport va 5 ta aloqa korxonalari, 10 ta kommunal tashkilotlari ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatadi.
Download 111.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling