Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas


Download 178.88 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi178.88 Kb.
#1507624
Bog'liq
Презентация (13)

Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi o’zbek tilida qo’llanayotgan “daftar”, “piyola”, “qalam” kabi so’zlarning yunon tiliga mansubligi, o’sha tildagi (dastlabki) ma’nosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (Arab, fors, yunon) lug’atlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq “juda qadimiy” ma’nosidagi “Daqyonus (Daqqiyunus)dan qolgan” iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Qur’oni karimdagi “Kahf surasi”dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor bo’lish kerak. So’z Etimologiyasining ilmiy Etimologiya, soxta Etimologiya va xalq Etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yo’llar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Masalan, pichoq so’zining “bi” (tig’) o’zagiga chak qo’shimchasini yoki “Bich” (kes, kesib tashla) fe’liga AK qo’shimchasini qo’shish orqali, “kuy” so’zining qadimiy turkiycha “KBG” (ko’p ma’noli so’z; bir ma’nosi — ashulada ovozning pastbalandligi) so’zining “ko’y”, “kuy” kabi shakl o’zgarishi va qisman ma’no o’zgarishi orqali paydo bo’lganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan.

  • Etimologiyasini aniqlash unchalik qiyin emas. Masalan, hozirgi o’zbek tilida qo’llanayotgan “daftar”, “piyola”, “qalam” kabi so’zlarning yunon tiliga mansubligi, o’sha tildagi (dastlabki) ma’nosini aniqlash uchun leksikografik izlanish — tegishli tillar (Arab, fors, yunon) lug’atlarini solishtirish kifoya qiladi. Biroq “juda qadimiy” ma’nosidagi “Daqyonus (Daqqiyunus)dan qolgan” iborasining Etimologiyasini aniqlash uchun din tarixidan, Qur’oni karimdagi “Kahf surasi”dan, Rim imperiyasi tarixidan xabardor bo’lish kerak. So’z Etimologiyasining ilmiy Etimologiya, soxta Etimologiya va xalq Etimologiyasi kabi turlari bor. Ilmiy etimologik tahlil til tarixiga, lahja va shevalarga murojaat qilish, faktlarni turli yo’llar bilan qiyoslash orqali yuzaga keladi. Masalan, pichoq so’zining “bi” (tig’) o’zagiga chak qo’shimchasini yoki “Bich” (kes, kesib tashla) fe’liga AK qo’shimchasini qo’shish orqali, “kuy” so’zining qadimiy turkiycha “KBG” (ko’p ma’noli so’z; bir ma’nosi — ashulada ovozning pastbalandligi) so’zining “ko’y”, “kuy” kabi shakl o’zgarishi va qisman ma’no o’zgarishi orqali paydo bo’lganligi ilmiy etimologik tahlillar bilan aniqlangan.

. Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida ro’y bergan o’zgarishlarga jiddiy e’tibor qaratiladi. Masalan, hozirgi kunda o’zbek tilida qo’llanayotgan, payt ma’nosini bildiruvchi tunovgi — tunovkun — tunovin so’zlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat bo’lib, “tun og’gan kun” shaklida qo’llangan; bir qancha shakl o’zgarishlaridan keyin mazkur qo’rinishlarga ega bo’lgan. Demak, “tunovin”, “tunovgi” so’zlari, mavjud lug’atlardagidek o’tgan kun, burnog’i kun, kechadan oldingi kun ma’nolarini emas, balki kecha, ya’ni tun og’gan kun (tun chappa bo’lgan kun) ma’nosini ifodalagan. Soxta Etimologiya eskirgan yoki o’zlashma so’zning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini noto’g’ri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Masalan, “meditsina” so’zini “madadi Sino” tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki “dorchin/dolchin” so’zini “haqiqiy dori” birikmasi bilan bog’lash soxta E. Bo’lib, aslida lot. Tesista — “vrachlik mahorati davolash” ma’nosini, forscha dorchin-dolchin esa “doruyi chin” — Xitoy dorisi ma’nosini bildiradi. Xalq Etimologiyasi muayyan so’z ma’nosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy o’xshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izohlashdan iborat.

  • . Lisoniy birliklarni etimologik tahlil qilishda ular tarkibida tejamkorlik natijasida ro’y bergan o’zgarishlarga jiddiy e’tibor qaratiladi. Masalan, hozirgi kunda o’zbek tilida qo’llanayotgan, payt ma’nosini bildiruvchi tunovgi — tunovkun — tunovin so’zlari aslida 3 tarkibiy qismdan iborat bo’lib, “tun og’gan kun” shaklida qo’llangan; bir qancha shakl o’zgarishlaridan keyin mazkur qo’rinishlarga ega bo’lgan. Demak, “tunovin”, “tunovgi” so’zlari, mavjud lug’atlardagidek o’tgan kun, burnog’i kun, kechadan oldingi kun ma’nolarini emas, balki kecha, ya’ni tun og’gan kun (tun chappa bo’lgan kun) ma’nosini ifodalagan. Soxta Etimologiya eskirgan yoki o’zlashma so’zning morfologik tuzilishi va boshqalar xususiyatini noto’g’ri tushunish natijasida yuzaga keladigan izoh. Masalan, “meditsina” so’zini “madadi Sino” tarzida ajratib, Ibn Sino nomi bilan yoki “dorchin/dolchin” so’zini “haqiqiy dori” birikmasi bilan bog’lash soxta E. Bo’lib, aslida lot. Tesista — “vrachlik mahorati davolash” ma’nosini, forscha dorchin-dolchin esa “doruyi chin” — Xitoy dorisi ma’nosini bildiradi. Xalq Etimologiyasi muayyan so’z ma’nosini aniq faktlarga asoslanmagan holda, faqat tovush tomonining tasodifiy o’xshashligiga qarab, shuningdek, afsona va rivoyatlarga tayanib izohlashdan iborat.

Download 178.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling