E'tiqod shaxs dunyoqarashi va ma'naviyati yadrosi sifatida. Industrial jamiyat, uning ziddiyatli ma'naviyati
Download 23.83 Kb.
|
SHAXBOZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarash
12- bilet E'tiqod shaxs dunyoqarashi va ma'naviyati yadrosi sifatida. Industrial jamiyat, uning ziddiyatli ma'naviyati. I. DINIY E’TIQOD - insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Dunyoqarash subyektiv voqe'likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o‘rniga, kishilarning o‘z atrofidagi voqelikka va o‘z-o‘ziga munosabatiga bo‘lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog liq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar o‘z aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas boglangan. D. insonning o‘zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi sub’yektiv in’ikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan boglangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toldiradi, bir-biriga ta’sir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy in’ikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida to‘plagan bilimlari asosida individning D.i paydo bo‘ladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning o zini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar to‘plangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy in’ikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos bo‘lgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon bolishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, g‘ayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy e’tiqod, tuyg‘u, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sig‘inish diniy D.ning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan boglangan (kundalik) D. Unda aqlga sig‘adigan tasavvurlar, olam va odam to g risidagi oddiy an’anaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo bolishi bilan uzviy bog‘liq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan bog‘langanligining sababi ham shundadir. D.ning ko‘lami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. ko‘lami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson o‘z hayotida o‘zidan ilgari o‘tgan kishilarning turmush tajribasiga, to‘plagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq me’yorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga ta’sir ko‘rsa-tib, katta amaliy ma’no kasb etadi. Tavhid e'tiqodi - Allohning barcha kitoblarida uqdirilgan, ajdodlarimiz asrlar davomida anglab etgan va imon keltirgan e'tiqod tizimi bo'lib, ahli sunna va jamoa aqidasiga binoan Allohning borligi va birligiga chin qalbdan iqror bo'lishni anglatadi. Milliy ma'naviyatimizda Borliq haqiqati ayni Tavhid e'tiqodida ifodalanadi. Aslida milliy ma'naviyatimizning tarixiy takomili Tavhid haqiqatini borgan sari teranroq idrok etish bilan bog'liq bo'lib, bu timsol-tushuncha turli zamon va turli soha namoyandalari tomonidan turlicha talqin etilgan. Masalan, diniy talqinda - faqat Allohning yagona ma'bud (sig'inishga loyiq yagona zot) ekanligiga urg'u berilsa (ruscha - «edinobojie»), ilmiy talqinda - yagona Alloh yaratgan va uning irodasi bilan boshqariladigan dunyodagi jonli va jonsiz, harakatda va sokinlikda ko'ringan, o'tmish, bugun va kelajakka oid barcha narsa va hodisalarning o'zaro uzviy bog'liqligi, yagona manba va manshaga oidligi, uyg'unligi va yaxlitligi (ruscha - «edinobbitie») tushuniladi.Yana uning irfoniy va mumtoz adabiyotimizga xos talqinlari ham bor.Ammo milliy ma'naviyatimiz an'analarida bunday turli talqinlarning birortasi boshqalariga zid emas, ular mohiyatan bir-birini to'ldirib keladilar. II. Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma'naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Ma'naviy sohada kishilar turli ma'naviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o'zlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, san'at, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me'yor va umuman olganda, Jamiyathayotining ma'naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi Hozir O'zbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning ma'naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida ta rbiya lash, o'zbek xalqining boy madaniy va ma'naviy merosi, qadriyatlari, an'analari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. O'zbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda. Ma'naviyat va jamiyat taraqqiyoti o'zaro aloqador bo'lib, ular o'zaro ta'sirda rivojlanadi. Ma'naviyatsiz jamiyat rivojlanishi mumkin bo'lmaganidek, jamiyatsiz ma'naviyatni ham tasavvur etish mumkin emas. Ma'navyat ijtimoiy taraqqiyotning barcha jabhalari bilan bog'liq ravishda takomillashib boradi. Jamiyatda amal qiladigan ob'ektiv qonuniyatlar ma'naviyat sohasiga ham taalluqlidir, Bu qonuniyatlar mohiyatini chuqur tushunmay turib, ma'naviy rivojlanshini va uning o'ziga xos xususiyatlarini anglab etib bo'lmaydi. Ma'lumki, ma'naviy hayotdagi o'zgarish va rivojlanish jarayoni muayyan ob'ektiv qonuniyatlar asosida yuz beradi. Ma'naviy rivojlanishning mohiyatini va uning o'ziga xos xususiyatlarini bilish uchun bu qonuniyatlar mazmunini tahlil etish maqsadga muvofiq. Ma'naviy sohadagi qonuniyatlar ma'naviy hodisalar o'rtasidagi ob'ektiv, muhim, zaruriy aloqalarni ifodalaydi. Ma'naviy hayotning mavjudligi, unda yuz beradigan o'zgarish va rivojlanishlar jamiyat va ma'naviy taraqqiyot o'rtasidagi aloqadorlik doirasida amalga oshadi. Yana shuni ta'kidlash joizki, ma'naviy taraqqiyotning qonunlari jamiyat hayotidagi ichki zaruriy bog'lanishlarning tarkibiy qismidir. Jamiyat moddiy hayoti taraqqiyoti bilan ma'naviy taraqqiyot munosabatlari inson mohiyatining, uning hayoti faoliyataning asosiy shakllarini ifodalaydi. Ma'naviy taraqqiyot tarixi, madaniy merosi, milliy va umuminsoniy mohiyati va ahamiyatini bilish, ulardan oqilona foydalanish, rivojlantirish bilan bog'liqdir. Muayyan ma'naviy omillar jamiyatning barcha sohalaridagi yuksalishga imkoniyat yaratadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan ma'naviy taraqqiyot o'rtasida dialektik munosabatning asosi, birinchidan, ma'naviy taraqqiyot darajasi va imkoniyatlari, ijtamoiy muhit, insonning turmush tarzi, mehnati, ehgtiyojlari zamirida shakllanishning mustahkamlanishi; ikkinchidan, jamiyat taraqqiyotidagi yangi tarixiy sharoit, zaruriyat yangi ma'naviy ehtiyojlarni va ularni ro'yobga chiqishi uchun kengroq imkoniyatlarni yuzaga keltirishidir. Demak, har bir tarixiy davrda ijtimoiy ehtiyoj va talablar taqozosi bilan ma'naviy rivojlanish imkoniyatlari vujudga keladi. Ma'naviy taraqqiyotning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish natijasida shunday xulosa chiqarish mumkin: ma'navny taraqqiyot jarayonida tarixiy davrga, millatga, dinga, mafkuraga xos bo'lgan uning mezonlarini mutlaqlashtirish, ularga ko'r-ko'rona e'tiqod qilish shaxs va jamiyat kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo'yadi, ma'naviy taraqqiyotning har bir tarixiy davri o'ziga xos ehtiyoj va imkoniyatlar bilan belgilanadi. Har bir tarixiy bosqichdagi ma'naviy yuksalish jamiyatga ham, inson faoliyatiga ham ta'sir qiladi. Shuning uchun ham yuqorida aytganimizdek, ma'naviylik inson uchun ham, jamiyat uchun ham suv va havodek zarur. Uchinchidan, ma'naviy taraqqiyotning yana bir muhim belgisi inson aqli, zakovati, bilimi, ilmi, iste'dodi, qobiliyati, ahloqiy kamoloti, fan-texnika yutuqlarini jamiyat hayotiga mukammal tatbiq etishi, umuman, yangi g'oyalar, qarashlar asosida faoliyatining takomillashib borishidir. Yuqorida ko'rsatilgan ma'naviy taraqqiyotning o'ziga xos xususiyatlari uning shakllanishi va rivojlanishiga xos yo'nalish va imkoniyat yaratadi. Yuqoridagilarning hammasi ma'naviy hayot qonuniyatlarining o'ziga xosligini ifodalaydi, shuning uchun ham, ma'naviy hayotining uslubiy muammodariga bo'lgan qiziqish faqat ma'naviy hodisalarni bilishning murakkabligi bilangina belgilanmaydi. Hozirgi zamon sharoitida ma'naviy hayotning barcha sohalarida fan-texnika, adabiyot, san'at, maorifning roli ortib bormoqda. Fan-texnika taraqqayoti insonning ma'naviy dunyosiga ta'sir qilib, uning oldiga yangi talablarni qo'ymoqda, ma'naviy ishlab chiqarish, ma'naviy aloqalarning turli shakllarini vujudga kelishi uchun shart-sharoit yaratmoqda. Xuddi shuningdek, jamiyatning ma'naviy hayotidagi o'zgarishlarni tadqiq etishda turli-tuman omillar ta'sirini, ayniqsa, ilm-texnika taraqqayoti xususiyatlarini, fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylanishini, ma'naviy ishlab chiqarish yangi turlari paydo bo'layotganligini, jamiyatda ma'naviy hodisalar rolini va kishilarning ma'naviy ehtiyojlarnning ortib borayotganligini, ularning yangi ma'naviy qadriyatlarni yaratish uchun ma'naviy-madaniy tuzilmalar ishtiroki faollashayotganligini, kishilarning hayotiy faoliyatlarida aqliy salohiyatining kuchayib borayotganligini hisobga olishni talab qiladi. Bularning hammasi jamiyat ma'naviy hayotidagi o'zgarish va rivojlanishlar haqidagi masalaga har tomonlama yondashishga imkon beradi. Shuni ham alohida ko'rsatib o'tish kerakki, jamiyat ma'naviy hayotidagi o'zgarishlar ta'lim-tarbiya tizimi mazmunidagi o'zgarishlarni o'zida aks ettiradi. Yuqoridagi fikrlarimiz asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: jamiyat va ma'naviyat bir-biri bilan uzviy idalektik bog'liq bo'lib, ular bir-birlarini taqozo etadilar. Insoniyat tarixiy taraqqiyotidagi barcha yuksalishlar, tushkunlik davrlari, vaiqtisodiy, siyosiy va madaniy tanazzullar jamiyat ma'naviyatining holati va darajasi bilan bog'liq bo'lgan va bo'laveradi. Ammo ma'naviyanazzul!madaniyinqirozlarijtimoiyhayotning boshqa sohalariganisbatan ancha xatarlidir.Chunki kishilar ma'naviyatidagio'zgarishlarularningongida,aql-idrokiga, ruhiyatiga singib ketganligi uchun ma'naviy tushkunliklarning oldini olish va unga barham berish nihoyatda og'ir va mamlakatlar murakkab kechadi. Shuning uchun ma'naviyatga e'tibor bermagan jiddiyijtimoiybo'hronlarvafojiala rgad uchkel ishi tabiiydir. Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling