Etish va boshqarish
Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va
Download 379.87 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu
16.2 Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va
ahamiyati Moliyaviy nazorat bu mamlakat va mintaqalarning samarali ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarida davlat va mahalliy boshqaruv sub’ektlarining pul mablag’larini shakllantirish va foydalanishning qonuniyligini nazorat qilish demakdir. Moliyaviy nazoratning ahamiyati shu bilan muhim ahamiyat kasb etadiki, tekshiruvlar o’tkazishda, birinchidan, davlat organlari, jamoat tashkilotlari, korxonalar va boshqa idoralar moliyaviy faoliyatini o’rnatilgan huquqiy tartibotlar saqlashga majburligi, ikkinchidan, ular faoliyatining iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligi, davlat vazifalariga muvofiqligi tekshiriladi. Moliyaviy nazorat ob’ekti faqat pul mablag’larini tekshirish bilan kifoyalanmaydi: u yana mamlakatning moddiy, mehnat, tabiiy va boshqa resurslaridan foydalanishni ham nazorat qiladi. CHunki, hozirgi davr sharoitida ishlab chiqarish jarayoni va taqsimot bilvosita tarzda pul munosabatlarini ham ifodalaydi. Moliyaviy nazorat - mamlakatda amalga oshirilayotgan nazoratning tarkibiy qismi, yoki maxsus sohasidir. Moliyaviy nazoratning mavjudligi moliyani iqtisodiy kategoriya sifatida nafaqat taqsimlovchi, balki nazorat funktsiyasini ham amalga oshirish vazifasida kelib chiqadi. SHuning uchun ham davlat o’z vazifalarini bajarish uchun moliyadan foydalanish jarayonida uning yordamida nazoratni ham amalga oshirishni ham ko’zlaydi. Moliyaviy nazorat o’rnatilgan huquqiy me’yorlar asosida barcha davlat organlari va mahalliy davlat organlari tizimida, jumladan, fuqarolar, mehnat jamoalari va jamoat tashkilotlari ishtirokidagi maxsus nazorat organlari vositasida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazorat barcha moliyaviy-huquqiy institutlar uchun taalluqlidir. SHuning uchun tashkilotni muvofiqlashtiruvchi va umuman moliyaviy nazoratni amalga oshirish tartibotni amal qilishi uchun moliyaviy-huquqiy me’yorlardan tashqari ularning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oluvchi me’yorlar va alohida moliyaviy huquqiy institutlar ham mavjuddir. Moliyaviy huquq vositasida muvofiqlashishga bog’liq moliyaviy nazoratning asosiy mazmuni quyidagilardan iboratdir: a) davlat, mahalliy boshqaruv, tashkilotlar va fuqarolar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarishni tekshirish; b) davlat, mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ularning tasarrufidagi xo’jalik yuritishni yoki pul resurslarini (bank ssudalari, byudjetdan tashqari va boshqa mablag’lar) boshqaruvini to’g’riigini tekshirish; v) tashkilotlar, korxonalar va muassasalar pul mablag’larini moliyaviy operatsiyalarini, hisob-kitoblarini va saqlanish qoidalarini bajarishlarini tekshirish; g) ishlab chiqarishning ichki rezervlarini aniqlashtirish; d) buzilgan moliyaviy instizom to’g’risida ogohlantirish, uni tuzatish. Agar qonun va nizomlar buzilishi aniqlansa, o’rnatilgan tartiblar asosida tashkilot, mansabdor shaxs va fuqarolarga ta’sir etish kuchiga ega bo’lgan choralar ko’riladi, davlatga, tashkilotga va fuqarolarga etkazilgan moddiy ziyonlar qoplanadi. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi mutanosiblikka ta’sir ko’rsatish; - davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; - moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish va boshqalar. Pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va ahamiyatli jixati shundaki, ushbu sohaning ijtimoiy yo’naltirilgandir. YA’ni, mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalari tarkibida eng salmoqli ulushga ega bo’lgan fond bu pensiya fondi hisoblanadi. SHuning uchun pensiya jamg’armasi mablag’larini to’g’ri sarflash, maqsadli yo’naltirish borasidagi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Download 379.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling