Etish va boshqarish
Download 379.87 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.1 Davlat pensiya ta’minotini nazorat qilishning mazmuni, vazifalari va zarurligi
16-MAVZU: DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI NAZORATINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 16.1. Davlat pensiya ta’minotini nazorat qilishning mazmuni, vazifalari va zarurligi 16.2. Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy nazoratning o’rni va ahamiyati 16.3. Pensiya ta’minotida ichki nazorat, obyekti, subyektlari, turlari va usullari 16.4. Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari Tayanch so’z va iboralar: Pensiya ta’minoti, moliyaviy nazorat, ichki nazorat, tashqi nazorat, nazorat obyekti va subyekti, taftish, tekshiruv, monitoring, Davlat Soliq Qo’mitasi, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, G’aznachilik, muvofiqlashtirish. 16.1 Davlat pensiya ta’minotini nazorat qilishning mazmuni, vazifalari va zarurligi Moliyaviy tizimni boshqarishning muhim vostalaridan biri - bu moliyaviy nazoratdir. Moliyaviy nazoratning zarurligi, uning mohiyati va ahamiyati O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi tomonidan aniqlanadi. O’zbеkistonda moliyaviy nazorat Konstitutsiyamizning 14-moddasidagi “Davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshiradi” dеgan qoidani hayotda amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, mustaqil bo’lgan ikki sohaga bo’linadi 1 : # davlat moliyaviy nazorati; # nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Uning huquqiy rеglamеnti davlatning tipiga, uning ijtimoiy-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib O’zbеkiston Rеspublikasi byudjеti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tеkshirish orqali 1 Finansbi. nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-е, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D. Matskulyaka. - M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.23 uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratini quyidagicha guruhlashtirish mumkin: — Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo’linadi; — Byudjеtning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi: — O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi; — O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari; — Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati. Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati bo’lgan Davlat hokimiyati organlari, ya’ni qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv organlari hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu organlar tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezident Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi. Davlat pensiya ta’minoti tizimida moliyaviy resurslarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanish jarayoni har doim ma’lum maqsadlarga erishishga qaratilgan bo’lib u o’ziga xos tarzda tartibga solish va rag’batlantirish tamoyillari asosida boshqarib boriladi. Pensiya ta’minotini nazorat qilishda davlat moliyaviy nazoratining o’rni kattadir. CHunki mamlakatimiz ijtimoiy siyosatining asosiy bo’g’ini bo’lib pensiya va nafaqa oluvchilar hisoblanadi. Davlat pensiya ta’minotini umumiy boshqarishni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni amalga oshiradi. Download 379.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling