Etish va boshqarish


 Pensiya ta’minotida ichki nazorat, obyekti, subyektlari, turlari va


Download 379.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.04.2023
Hajmi379.87 Kb.
#1322448
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu

16.3 Pensiya ta’minotida ichki nazorat, obyekti, subyektlari, turlari va 
usullari 
Moliyaviy nazorat barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy faoliyati ustidan 
qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maхsus 
tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratdir. Оdatda, 
moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: 
a) barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va mo-liyaviy 
intizomga rioya qilishi ustidan maхsus tashkil etil-gan nazorat organlarining qat’iy 
tartibga solingan faoliyati; 
b) moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga mu-vofiqligini 
ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini 
boshqarishning ajralmas elementi. 
Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-
da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi. Аgar 
birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi 
holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. 
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil 
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga 
bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko’ra uning quyidagi 
turlari mavjud : 
- umumdavlat moliyaviy nazorati; 
- idoraviy moliyaviy nazorat
- xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; 
- jamoatchilik moliyaviy nazorati; 
- mustaqil moliyaviy nazorat. 
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, 
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona 
qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy 
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining 
sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. 
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va 
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo’jalik ichidagi 
moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari 
tomonidan o’tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning ob’ekti sifatida korxona, 
tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. 
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda 
aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va 
boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi 


mеzonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: 
- amalga oshirilish rеglamеnti; 
- o’tkazilish vaqti; 
- nazoratning sub^^lari; 
- nazoratning оКеМап. 
Аmalga oshirilish rеglamеnti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari 
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 
-majburiy (tashqi); 
-tashabbuskorli (ichki). 
YUridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy 
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, asosan tashqi, mustaqil 
nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tеkshiruvlariga, byudjеt 
resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning 
moliya-buхgaltеriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga 
va h.k.larga tеgishli bo’lishi mumkin. 
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kеlib 
chiqmasa-da, taktik va stratеgik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning 
ajralmas qismi hisoblanadi. O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning 
shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-dastlabki; 
-joriy (opеrativ); 
-navbatdagi ^lgusi, so’nggi). 
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy opеratsiyalarning sodir bo’lishidan 
oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni 
ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli 
mablag’larning tеjamsiz va samarasiz sarflanishining oldini olish uchun 
xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo’lishini ko’zda tutadi. Makrodarajada 
bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjеtlarni va nobyudjеt 
fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko’rsatish mumkin. 
Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smеtalar, kredit va kassa arizalari, biz^s-
rajabming moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat 
to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi mumkin. 
Joriy (opеrativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy opеratsiyalar, 
ssuda va subsidiyalarni bеrish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. 
Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida 
vujudga kеlishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy 
intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida amalga 
oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu еМа b^ga^iya xizmatlari katta ahamiyat kasb 
etadi. Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini 
tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’ektlar 
moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga 
oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan 
qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mo’ljallangan. 


Nazoratning sub’ektlari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari 
bo’lishi mumkin: 
- Prezident moliyaviy nazorati; 
- hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlarining moliyaviy nazorati; 
- ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati; 
- moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; 
- firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; 
- auditorlik moliyaviy nazorati va boshqalar. 
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi 
shakllari mavjud: 
- byudjet moliyaviy nazorati; 
- nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
- soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
- valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
- kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat; 
- sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat; 
- investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
- pul massasi ustida amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat va boshqalar. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan 
foydalaniladi: 
-tekshiruv; 
- tadqiq etish; 
- nazorat; 
- moliyaviy holat tahlili; 
- monitoring; 
-taftish. 
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatning alohida masalalari bo’yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida 
moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularga barham berish borasida 
choralar belgilanadi. 
Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab 
oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg’i va energiyalarning 
sarflanish hajmlari nazorat tarzida o’lchanadi. SHuningdek, tadqiq etish so’rash, 
kuzatish va inspektsiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin . 
Nazorat moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug’urta, 
investitsiya, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’ektlar ustidan 
nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. 
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, 
nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo’llash yordamida amalga oshiriladigan 
korxona, tashkilot va muassasalar moliya-хo’jalik faoliyatini o’zaro bog’langan 
kompleks tekshiruvidan iborat. Taftish taftish qilinayotgan ob’ekt faoliyatidagi 
kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo’jalik 
operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, 


moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti 
ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. 
Sub’ekt xo’jalik faoliyatini qamrab olishning to’liqligiga qarab taftishning 
quyidagi turlari bo’lishi mumkin: 
-to’liq; 
-qisman; 
-mavzuli; 
-kompleksli. 
To’liq taftish nazorat ob’ekti moliya-xo’jalik faoliyatining barcha tomonlarini 
tekshirishni ko’zda tutadi.Qisman taftish xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik 
faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o’tkaziladi. Mavzuli 
taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati bo’yicha ma’lum 
bir mavzuga bag’ishlab o’tkaziladiki, bu narsa ularga xos bo’lgan tipik kamchiliklar 
va buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli choralarning 
qo’llanilishiga imkon beradi. 
Kompleksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa 
faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va eng to’liq taftish bo’lib, u 
nazorat sub’ektining xo’jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy 
resurslarning butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi 
va hisobotining holati va sifati kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bunda tor texnik va 
texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, 
o’z navbatida, kompleksli taftish natijalarining to’liqligi va samaradorligini 
ta’minlashda muhim o’rin tutadi. 
Moliyaviy va xo’jalik operatsiyalarining qamrab olinishi darajasiga ko’ra 
taftishlar quyidagi uch guruhga bo’linadi: 
- yoppasiga taftish
- tanlanma taftish; 
- kombinatsiyalashtirilgan taftish. 
Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, 
moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish, byudjet barcha 
daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda 
tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. 

Download 379.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling