Etish va boshqarish
Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Download 379.87 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu
16.4. Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar
faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga asosan davlat byudjeti, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarini moliyaviy nazoratini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga bir qator vakolatlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi : - Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; - Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; - vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda banklarning byudjet tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang’ich ma’lumotlar bo’yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi; - Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromad qismining ijrosi yuzasidan monitoring o’tkazadi; - byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat taftish Bosh boshqarmasi pensiya va nafaqalar to’g’ri tayinlanishi, hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishini hamda tibbiy mexnat ekspertizasi komissiyasi faoliyatini nazoratini amalga oshiradi. Mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida to’liq hajmda to’lash, respublikada fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo’naltirilgan mablag’lardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4161-sonli farmoni qabul qilingan. Mazkur farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha ravishda quyidagi asosiy vazifalar va funktsiyalar yuklatildi: - fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qilish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning miqdorlari qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; - pensiyalar hamda boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va to’lanishini tashkil qilish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish; - pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash; - mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha tayinlangan pensiyalarni to’lashga mablag’larni da’volar bo’yicha aybdor yuridik va jismoniy shaхslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish; - tibbiy-mehnat ekspertizasi хizmati faoliyatini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo’shimcha ravishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilandi: - fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish; - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va хarajatlarining mutanosibligini ta’minlash; - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’z zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni, Mi^an, pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va to’lashda o’rnatilgan qoidalarni qo’llanish qismida ularning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha vazifalar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi : - yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilishi to’g’riligini, shu jumladan, fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig’majildida birlamchi hujjatlarning to’liqligi va ishonarliligini tekshirish yo’li bilan yoppasiga tekshiruvlarni amalga oshirish; - mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab yozilishi va to’lanishi to’g’riligini reja asosida tekshirib turish; - fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan, bank va pochta muassasalari tomonidan o’z vaqtida va to’liq to’lanishining tizimli monitoringini olib borish, qoidabuzarliklar aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rish; - tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshiruv hujjatlari va xulosalarni, zarurat tug’ilganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda takroriy ekspertizalarni o’tkazish yuzasidan qo’shimcha vazifalar. Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalarida tegishli bo’limlar tashkil qilinishi belgilab qo’yildi. Download 379.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling