Etish va talabalar bilimini nazorat qilish
-bob. Oraliq nazoratni o’tkazish
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
BuxDU Akademik qoidalar
9-bob. Oraliq nazoratni o’tkazish
40. Oraliq nazorat talaba tomonidan o’quv dasturining tegishli bo’limlari mazmunini o’zlashtirish darajasi, shuningdek, o’quv materialini sharhlash va tahlil qilish, yozma, test-sinov nazoratlarini bajarish, tizimli tahlil va axborot-tahliliy hujjat tayyorlash, normativ-hukukiy hujjatlar bilan ishlash amaliy ko’nikmalari, nostandart vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi, kazus va x.k.) hal etish, ilmiy, metodik taqdimotlar tayyorlashni baholashga qaratiladi. 41. Modul bo’yicha oraliq nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan tuziladi. Savollar: talabalar tomonidan o’zlashtirilgan modulning dolzarb mavzulari hamda muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga qaratilishi, mantiqan va tushunarli tilda ifodalanishi; talabalarning modulni o’zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko’nikmalarini, mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lishi; aniq, normativ-huquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan bevosita bog’liq bo’lishi; fan mazmuning o’zgarishiga muvofiq, har o’quv yilida yangilanib borishi lozim. 42. Kafedra mudiri semestr boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining mazkur Akademik qoidalarning 41-bandi talablari asosida sifatli va o’z vaqtida tayyorlanishiga mas'ul hisoblanadi. 43. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. 44. Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o’tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 45. Oraliq nazorat turning topshiriqlari tegishli kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur topshiriqlar sifatining tahlili davriy ravishda O’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tashkil etilishi mumkin. 46. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo’lgan fanlar bo’yicha oraliq nazorat turi o’tkazilmaydi. 47. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling