Etnolingvistika Etnolingvistik
Download 18.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqEtnolingvistika тўғриси
Umumiy etnolingvistika etnografik til hodisalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi kabi umumiy masalalar bilan shug‘ullansa, xususiy etnolingvistika ayrim tillarga xos etnografizmlarni shu nuqtai nazardan tadqiq qiladi. Tilshunoslikda etnografik tahlil uchun aksar hollarda xalq urf-odatlari, an’analariga tegishli tushuncha nomlari obyekt sifatida olinadi. O‘zbek tilshunosligida etnografizmlar tadqiqiga, asosan, XX asrning 70 – 80-yillarida kirishildi. Sobiq Ittifoq davrida xalq urf-odatlariga yetarli darajada e’tibor berilmasdan, ularning eskilik sarqiti deya baholanishi bu muammoga doir ilmiy tadqiqotlar doirasini ham cheklab qo‘ygan. Bu boradagi ilk tadqiqot ishlarini A.Jo‘raboyev [2; 3] va Z.Husainova [9] lar amalga oshirdilar.
A.Jo‘raboyev tadqiqotda xalqimizning xilma-xil ko‘rinishga ega urf-odati mavjudligi va ularning tilimizdagi nomlari hamda ularni o‘rganishning nazariy-amaliy ahamiyatini ko‘rsatib o‘tgan. Bundan tashqari, urf-odat, an’ana ifodalari bo‘lgan etnografizmlar Sh.Nurullayeva, Y.Bobojonov [5] kabi tadqiqotchilarning ishlarida formal tadqiq usullarida keng o‘rganilgan. M.Qahhorova esa etnografizmlarni lison nutq musanniyati asosida sistemaviy tadqiq qilgan [10]. Turkiy tilshunoslikda etnografizmlar tadqiqiga M.I.Byatushgova, A.K.Apoyev kabilarning ilmiy izlanishlari ham katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Etnografizmlarni monografik planda tadqiq etish lingvistik birliklarning o‘zaro munosabatini ochishga, ularni maydon sifatida o‘rganishga qulay imkon yaratadi. O‘zbek tilidagi rasm-rusumlar bilan bog‘liq tushunchalarning nomlarini sistemaviy asosda maxsus o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqib, turli urf-odatlar, marosimlar bilan bog‘liq tushunchalarni muayyan mikromaydonga birlashtirish va ularni semik jihatdan tahlil etish o‘ziga xos ahamiyatga ega. Etnografizmlarning ichki tuzulishi va tuzilish birliklari o‘rtasidagi xilma-xil munosabatlarni ochish ham hozirgi o‘zbek tilshunosligi uchun katta ahamiyatga ega. Yuqoridagi ishlarda O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan o‘zbeklar urf-odatlari etnografizmlari o‘rganilgan. Shimoliy Afg‘oniston o‘zbek elatlarining ham O‘zbekiston bilan mushtarak va o‘ziga xos etnografizmlari mavjud, ular ham o‘zbek millatining umumiy boyligi hisoblanadi. Ikki hudud orasida madaniy-ijtimoiy aloqalar doimo faol bo‘lgan. Aslida bir hududda yashovchi, bir xalqqa mansub ikki elning urf-odatlari ko‘proq umumiy, qisman o‘ziga xosliklarga ega. Bu o‘xshashlik va farqli xususiyatlarni to‘y marosim etnografizmlari misolida ham kuzatish mumkin. Afg‘oniston o‘zbeklari etnografizmlari, asosan, etnografiya hamda leksikografiyaga oid ishlarda, o‘z aksini topgan. Бобожонов Й. Жанубий Хоразм этнографик лексикаси: Филол. фанлари номзоди ...дисс. –Т., 1997. Булатова Н.Д. Этнолингвистика в системе профессиональной подготовки специалистов по народной художественной культуре. –М., 2003. Гумбольдт В. Язык и философия культуры. –М., 1985. Джурабаев И. Названия свадебных церемоний в узбекском языке: Дисс... канд. филол. наук. – Т., 1971. Жўрабоев И. Ўзбек тилида тўй-маросим номлари. – Т.: Фан, 1971. Звегинцев В. А. Этнолингвистика в его кн.: История языковедения XIX – XX вв. в очерках и извлечениях, т. 2, –М., 1965. Маҳмуд Ҳалим Ёрқин. “Uzbek language phraziologic dictionary (in Afganistan uzbek language). – Tehron, 2013. Маҳмудов Н. Тилнинг мукаммал тадқиқи йўлларини излаб... // Ўзбек тили ва адабиёти. –Т., 2012. –No 5. –Б. 3-16. Нуруллаева Ш. Туркистон қарлуқ тип шеваларида тўй маросим номлари: Филол. фанлари номзоди ...дисс. –Т., 2001. Nadim Humayun Muhammad.,Etnolingvistika va etnografik leksika haqida. Молодой ученый. Международный научный журнал №30 (268) / 2019. Нуруллоҳ Олтой. Афғонистон ўзбек адабий тили муаммолари. www.ezgu.org. 2017 йил 25 январь. Олим Кўҳкан. Афғонистон ўзбек тилининг ўтмиши ва бугунги аҳволи // www.turonzamin.org. 2013 йил 10 июнь. Оталар сўзи – ақлнинг кўзи (آته لر سوزی عقل نینگ کوزی). Тўплаб нашрга тайёрловчи Солиҳ Муҳаммад Хассос. Кобул, 2013. Хусаинова З. Ономосиологическое исследование свадебных обрядов узбекского языка: Дисс... канд. филол. наук. – Т., 1983. Қаҳҳорова М. Ўзбек тили этнографизмларининг систем тадқиқи: Филол. фанлари номзоди ...дисс. –Т., 2009. Надим, Хумaюн Мухаммeд. Etnolingvistika va etnografik leksika haqida / Хумaюн Мухаммeд Надим. – Текст : непосредственный // Молодой ученый. –2019. –№ 30(268). –С. 147 – 149. –URL: https://moluch.ru/archive/268/61766/ (дата обращения: 31.07.2022). Перехвальская Е. В., Этнолингвистика. Москва-Юрайт, 2016. Primova A., Qodirova X. Tilshunoslikning dolzarb muammolari. –Urganch, 2019. Толстой Н.И. О предмете этнолингвистики и ее роли в изучении языка и этноса // Ареальные исследования в языкознании и этнографии (Язык и этнос). -Л., 1983. Толстой Н. И. Язык и народная культура. Очерки по славянской мифологии и этнолингвистике. –М., 1995. Уорф Б.Л. Отношение норм поведения и мышления к языку//Новое в лингвистике., 1. –М., 1960. Худойберганова Д.С. Ўзбек тилидаги матнларнинг антропоцентрик талқини. –Т., 2015. Bog‘lanuvchi so‘zlar: ekstralingvistika, etnik fonetika, etnonim, etnonimika, Download 18.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling