Xalqlarning kelib chiqish- tarixini (etnogenezini) va shakllanish jarayonini wrganishda
ijtimoiy fanda «etnos» (yunoncha «xalq») va «etnik birlik» iboralari qwllanildi. Etnos atamasi juda
keng va tor ma`noda ishlatiladi: masalan dunyo xalqi, Amerika, Rossiya xalqi, Wzbekiston xalqi,
28
viloyat xalqi va boshqa kichik bir gurux kishilariga nisbatan ham «xalq» iborasi qwllanilgan.
Shuning uchun ham ma`lum bir ijtimoiy tuzumda vujudga kelgan etnik uyushmaga «Etnik birlik»
(rus tilida «etnicheskaya obshnost`») swzi ishlatiladi. Etnik birlik «xalq» atamasiga nisbatan ma`no
jihatidan aniq tushunchadir.