Etnologiya uzb
Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Afrikaliklarning ijtimoiy turmushi: Janubiy Afrika bantu xalqlarining an`naviy xwjaligi
chorvachilik va chovqi dehqonchiligi. Qwshimcha ovchilik va terimchilik bilan ham shug`ullanganlar. Avchilarning asosiy qurollari otiladigan nayza, bolta, choqmor, wq-yoydan iborat, ovda tuzoq va pistirma ham ishlatgan. Barcha bantu xalqlari temir va miss eritish, metall- qurol, aslaha va bezaklar yashash san`atini egallagan. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. Charxsiz ajoyib sopol idishlar yasab, wtda kuydirib, qizil bwyyoq bilan naqsh berilgan va siyqalab yaltiratilgan. Twqimachilikni bilmasa ham bantular terilarga yaxshi ishlov berib kiyim tikkanlar. Ular antilopa (ohu), shag`al, zodagonlar esa sher va qoplon terisidan Pwstin (kaross) tikib kiyganlar. Erkaklar teri belbog`cha, ayollar bara terisidan etakcha bog`laganlar. Zulu ayollari erga chiqqanda sochini chwqqaytirib wrab, qizil ranga bwyaydi, ndebala ayllari esa aksincha, sochini onda-sonda qirqib, bir-ikki kokil qoldiradi. Ponda xalqining ayollari sochlarini juda murakkab qilib wraydi. Butun bantu xalqlarida turli munchoqlar, kouri chig`onog`i, miss yoki temir uzuk taqish keng tarqalgan. Munchoqlardan har xil shoda, etakcha, dekorativ bezaklar yasaganlar va ayollar wrtasida mehnat taqsim qilingan. Erkaklar chorvachilik, ovchilik, metall buyumlar yasash, yog`och 113 wymakorligi bilan shug`ullanganlar. Ayollar dehqonchilik (er kavlash erkakka yuklangan), terimchilik, kulolchilik, uy xwjaligi, chipta twqish kabilar bilan shug`ullanganlar. Butun bantu aholisi Afrikada keng tarqalgan doira (qwra) shaklida qurilgan qishloqlar (kraal)da kata patriarxal oila bwlib yashaganlar. Zulus va kosa xalqlarida ota urug`ining klassik namunasi swnggi davrlargacha saqlangan bwlib, katta oila jamiyatning iqtisodiy hujayrasi hisoblangan. Har bir qabila bir necha urug`larga bwlingan oqsoqol tomonidan boshqarilgan. Yirik shoxli mol katta patriarxal oilaning mulki hisoblangan. Nikohda qora moldan qalin twlangan. Kuyovbola qalin twlashga urug`doshlaridan mol twplagan. Bantu xalqlarida, umuman asosiy boylik shoxli mol hisoblangan. Ularda sut mahsuloti ishlatilgan gwshtni kam iste`mol qilganlar. Guttentotlarda chorvachilik bilan ovchilik birga olib borilgan, bushmenlar esa ovchilik va terimchilik bilan shug`ullanganlar. Guttentotlarning uylari egilgan daraxt navdalaridan gumbaz shaklida qurilib, ularning usti terilar bilan qoplangan yoki loy bilan suvalgan kulbalardan iborat. Ularning ov qurollari metall uchli nayza, wq-yoy, uzun chwqmor («kirri») bwlgan. Janubiy Afrika bantu xalqlarining uylari doira shaklida chwqqaygan tomli qamish yoki somon bilan yopilgan, doira qilib tizilgan bwlib mol qwrasi vazifasini bajaradi. Zulu xalqlarida sharga wxshash ustunlarga wrnatilgan twqima uylarning tashqarii va ichkarisi loy bilan urilgan. Soto xalqida esa turli xilda: konus tomli, tuxum shaklida yoki twg`riburchakli ikki yoki twrt nishabli. Tog`li joylarda uylar toshdan yoki guvaladan tiklanib ba`zan bezak berilgan. Ayniqsa, ndebela xalqida tuxumsimon uylar bir-birlari bilan naqsh berilgan gumbazli va ustunli devorlar orqali yopishgan, devorlari qora, kulrang, qizil, sariq va kwk rangli geometrik ornamentlar bilan bezatilgan. Uy-rwzg`or buyumlari yog`och va sut saqlaydigan yog`och idishlar, qovoqdan ishlangan suvdonlar, don va gwsht soladigan savatlar, yerga twshaladigan chipta va bhyralardan iborat. Xalq ijodi, badiiy hunarmandchilik ancha rivojlangan. Janubiy Afrika bantulari chiroyli chwzma usulda sopol buyumlar, wyma naqshli yog`och idishlar, hwkiz qwshiladigan ayrishohli yag`ochdan yasalgan chanalar, temir uchli nayza va boshqa qurollar ishlab chiqarganlar. Jwshqin raqs va kuylar ularning eng sevimli tomoshalari, barcha tantana va marosimlarning eng muhim qismidir. Musiqa asboblari turli xilda, ammo katta-kichik nog`oralar («marimbo», «ngoma») doimo jwr bwlgan, yog`och, shox yoki qamishdan yasalgan surnay va naylar, kamonchali asboblar ... Yomg`ir yog`dirish marosimida bantu xalqlarida wyin-kulgi, raqs ashulalar bilan birga, qora qwy yoki buzoq qurbonlikka swyilishi shart bwlgan bushmenlar beshinchi chigirtkaga sig`inadilar (totemizm). Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan. Bwyoqlar, mineral rang va kwmirga, mol yog`i aralashtirib ishlangan. Keyingi qoya rasmlarida yelkanli kemalar, miltiqli shlyapa kiygan yevropaliklar ham tasivrlangan. Guttentot, geror va ovambo xaoqlarining qoya rasmlari ham chuqur realistik va ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ayrim qabilalarda chiroyli bezatilgan niqob yasash san`ati saqlangan. Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. Umuman olganda, bushmenlarning soni 50 ming kishidan iborat, shulardan 33 minggi Botsvana davlatida yashaydi. Mustaqillikka erishgan Botsvana respublikasi bushmenlarni mamlakatning teng huquqli fiqarolari deb e`lon qilgan. Ularning bir oz qismi wtroq holatga wtgan. Ammo kwpchiligi hali ham Kalaxari chwllarida yashamoqda. Wtroq holatda yashayotgan chorvachilik bilan shug`ullanuvchi tevana xalqi (mamlakatning 90 foiz aholisini tashkil qiladi) suv havzalari bwyida, bir necha yuz hovlini qishloqlarda joylashgan. Ularning oilasida odatda 8-10 bola, bushmenlarda esa 2-3 bola bwladi. Bushmenlar og`ir sharoitda yashasa-da bolalarini uch yoshgacha emizadi. Moddiy va ma`naviy turmushi qwshni bantu xalqlariga ancha yaqin. 114 Hozir Madagaskarda yashovchi aholining 80 foizi qishloq xwjaligida band. Bunday xwjaliklarda eksport bop tovar mahsulotlari (vanil, qalampir, shakarqamish) etishtirilgan. Eksport mahsulotlarini yirik plantatsion xwjaliklarda ham ishlab chiqaradilar. Hozirgacha saqlanib kelgan an`naviy qishloq jamoasi (fukunuluna) iqtisodiy hayotda muhim rol wynamoqda. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarishda hududiy tashkilot vazifasini bajaruvchi fukulunulalarga saylangan umumiy kengash 5 yilgacha mahalliy oliy hokimiyat rolini ado etadi. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti sholikorlik bwlib, butun sug`oriladigan erning 95 foizini egallagan. Sholi kwchatlarini kichik polizlarda etkazib, keyin dalalarga ekadilar. Ekinzorlarga suvni kanallar, kichik platinalar orqali yetkazib beradilar. Ba`zan yomg`ir suvlarini ham twg`onlar qurib ekinga ishlatadilar. Odatda, botqoq holatiga kelgan dalalarga zebu (wrkachli afrika qwkizi) podasini yuborib, tepkilangan tuproqqa urug` sepadilar. Orolning janubi-sharqiy qismida hozirgacha wrmon (changalzor)larni chopib quritib kuydirilgan kuli tuproqqa ekin ekadilar. Erga uzun dastali bukilgan temir uchli chopqi bilan ishlov beriladi. Sholini yilning oxirida, yomg`ir kwp yog`adigan paytda ekib aprelda yig`im-terim boshlanadi. Hosilni qwlga yig`ib olib, toshga urib yoki mol yuborib xirmonda yanchilanadi. Odatda, kuydirilgan erga ikki yil ekin ekiladi, keyin 8-10 yil partav qilib qoldiriladi, yangi er ochiladi. Janubi-g`arbiy dahalarda makkajwxori, vodiylarda kartoshka, lobiya, jwxori, manioka, banan, sabzavot, mevali daraxtlar ham ekiladi, asalari va pilla yetishtiriladi. Markaziy adirlarda, shimoli- sharqiy sohillarda kofe, vanil, qalampir, yog`li ekinlar, shakarqamish kabi tovar mahsulotlari ekiladi. Chorva hududlarida esa yirik shoxli mol-zebu, chwchqa, echki, turli parranda boqib yetishtiriladi. Madagaskarni ba`zan «zebu oroli» deb ataydilar, chunki bu yerda 10 mln.ga yaqin zebu boqiladi. Ammo chorva boylikni belgilovchi soha bwlsa-da asosiy rolni wynamaydi, mol gwshti kam ishlatiladi, faqat twy va boshqa marosimlarda swyiladi. Aholining kwpchilik qismi (90 foiz) qishloqlarda yashaydi. Uylari twg`ri burchakli, qamishdan nishabli, toplari palma yaproqlari bilan yopilgan, devorlari qamishdan twqilib loy suvalgan. Markaziy tog`li joylarda toshdan va g`ishtdan qurilgan jihozlar, yog`ochdan wyma naqsh berilgan mebellar, chiroyli twqilgan chipta va bwyralar, chipta dasturxon va salfetkalar, turli gaqshli yog`och idishlar, haykalchalarni kwrish mumkin. Milliy kiyimlardan oq yoki gulli chitdan boshdan oyoq wrama qilib kiyiladigan lamba keng tarqalgan. Qizil ipakdan bichilgan lamba kishi wlganda kafan vazifasini bajargan. Madagaskar aholisining yarmidan kwpi (54 foizi) mahalliy an`naviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlarga sig`inish ibodatiga amal qiladilar. Odamning hayoti twg`ilishidan to wlimigacha urug` iborati marosimlari va odatlari bilan twla, hosil twplash va molnii bolalashi ham turli urf-odatlar bilan nishonlanadi. Malagasiylarning turmushida daft qilish va xotirlash marosimlari alohida wrinni egallaydi. Xotir marosimlarida musiqa, ritual raqslar, miltiq otishlar, kata xarajatli xudoyilar va haftalab davom qiladigan ziyofatlar juda keng tarqalgan. Ayniqsa, qabr ustiga qwyiladigan yodgorlik ustunlari chiroyli wrnatiladi, wyma naqshlar va qwkiz shoxlari bilan bezatiladi. Qarindoshlarni daft qilish va qabrlariga qarab xotirlash eng muhim odatlardan hisoblanadi. Shuning uchun sohil aholisida qabristonlarni obodonlashtirish, dabdabali sag`ana tiklash, qimmatbaho haykallar qwyish keng tarqalgan. Malagasiylar wlimni hayotning davomi deb tasavvur qiladilar. Orol aholisining 41 foiz qismi nasroniy diniga wtgan bwlsada, asl qadimiy an`naviy marosimlar va urf-odatlarga amal qiladilar. Ularning tasavvurida ajdodlarning arvohlari ular bilan birga uyda yashaydi, avlodlarning turmushi, xwjalikda, kundalik hayotida va diniy marosimlarida an`naviy udumlarga rioya qilishlarini kuzatadilar. Taxminan 10% malagasiyalar sunna mazhabidagi islom diniga, ozgina qismi esa shia mazhabiga itoat qiladilar. Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. 115 Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha rivojlangan. Afrika xalqlari qadimiy davrlardan to hozirgacha ijtimoiy taraqqiyotdan chekkada qolmay, doymiy rivojlanishda bwlganlar. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. Afrika, arab va hind madaniyatlarining kwp asrlik yaqin aloqalari va aralashmasida paydo bwlgan yorqin va original suaxili madaniyati umumjahon mohiyatga ega bwlgan va juda kwp etnoslarga mansur tushgan madaniyatga aylangan. Uy qurilishida, kiyimlari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlarida, ma`naviy hayotida nihoyatda gwzal va rang-barang wziga xos xususiyatlarni saqlab kelgan. Keniya xalqlarining sohil qismi aholisi hozirgacha zargarlik, misrgarlik, yag`och va suyak wymakorligi san`ati an`nalarini davom ettirmoqdalar. Suaxilliklarning oq xalat (galabey)lari, kumush bilan kashtalangan chiroyli dwppilari, ayollarning quyuq kwk, wziga xos parda va shoyshablari, turli taomlari sharqiy-janubiy sohil aholisi orasida keng tarqalgan. Tanzaniyada mahalliy bantu xalqlarining wtroq dehqonchilik madaniyati bilan hunarmandchilik va sohillardagi suaxili savdogarlarining madaniy an`nalari qadimiy davrlardan aralashib shakllanib kelgan. Malagasiylarning tasviriy san`ati amaliy xarakterga ega bwlib, tosh yoki yag`och wymakorligi, sopol idishlari va gazlamadagi tasvirlar, chipta va savatlardagi naqshlardan iborat. Ba`zan motam munosabati bilan ikki-uch kun tinmay bambukdan yasalgan noyob nohinli torli asbob, nog`ora va naylar ovozi ansambli ijrosida yangrab turadi. Og`zaki ijod ham ancha rivojlangan. Janubiy Afrika xalqlarining eng qadimiy madaniyatidan qoyalarga rasm chizish hozirgacha saqlangan. Fil, karkidon, ilon, qwkiz, jirafa kabi hayvonlar, ov marosimi va urush manzaralari bushmen rasmlarida tasvirlangan. Jahonda Namibiya qorakwl terisi ishlab chiqarishda birinchi wrinda turadi (har yili 2,5-3,5 mln. dona eksport qilinadi). Ularda angor echkisi oliy darajadagi moxer junini beradi. Qorakwl qwylari aslida 1907-yili nemislar tomonidan keltirilib kwpaytirilgan. Mamlakatda 2,8 mln. qora mol, 5 mln. qwy va 2 mln. echki bor. Eksportning aksariyat qismi JARga jwnatiladi. Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Temir buyumlar ishlab chiqarish, zargarlik birinchi wrinda turadi. Qadimiy davrlardan efioplar temir mahsulotlari, bilaguzuk, sirg`a va boshqa turli bezaklarni nozik naqshlar bilan ishlab chiqqanlar. Hatto kiyimlar, metall, ayniqsa, oltin va kumush buyumlar qammatbaho toshlar bilan bezatilgan. Wsimlik naqshlari qadimiy qwlyozmalarda ham ishlatilgan. Hozir g`arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning kwpligi muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgarcha bu erda og`ir sanoat bwlmagan. Mustaqillikka erishilgandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bwla boshladi. Markaziy Afrikada yog`och ishlab chiqarish, twqimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og`ir sanoatning asosiy mahsulotlari eksportga ishlaydi. Mustamlaka arafasida Afrika xalqlari turli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasida turganlar, yuksak madaniyat yaratgan yirik davlatlar bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan qabilalar ham mavjud edi. Ammo Afrika xalqlari uzlarining necha asrlik mustamlaka tuzimida bulishiga qaromasdan mustaqil taraqqiyot ywliga wtib katta yutuqlarga erishaolganlar va jaxon tsivilizatsiyasining eng qadimgi uchoqlaridan biri ekanligini sifatlayoldi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling