Etnologiya uzb
Afrika qit`asi til klassifikatsiyasi-
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Afrika qit`asi til klassifikatsiyasi- jihatdan kam wrganilganligi tufayli hozir bir necha tizim
va klassifikatsiyalar mavjud. Swnggi tadqiqotlarga binoan eng kang tarqalgan klassifikatsiya asosida afrika tillari twrtta katta til oilasi: semit-xamit yoki afroosiyo, niger-kordofa, nil-saxara va koysan tillariga bwlingan. Wz navbatida ular ham katta-kichik turkum va guruhlarga bwlingan. Shulardan eng kwpsonli semit-xamit til oilasiga oid xalqlar semitlar, barbarlar, kushitlar, chadlar qit`aning 3G`1 qismini tashkil qiladi va butun Shimoliy va Shimoli-sharqiy Afrikani egallab olganlar. Mazkur til oilasiga kirgan arab tilida gapiradigan aholi (misrliklar, jazoirliklar, tunisliklar, liviyaliklar va hk.) XII-XIII asrlarda Arabiston yarim orolidan ommaviy kwchib kelib mahalliy kwp sonli tub elat va xalqlar (qadimiy misrlik va barbarlar) bilan aralashib ketishi natijasida paydo bwlgan. Ular hozir 100 mln. kishidan ortiq bwlib, Afrika aholisining 5G`1 qismini tashkil qiladi. Eng qadimiy tub aholi avlodlaridan barbarlar faqat Mag`rib tog`liklarida va Saxara vohalarida saqlanib qolgan. Ammo ularning kwpchiligi (kabillar, tuarelar, rif va hk.) hozir asl tillarini ywqotib, arab tilida gapiradilar. Semit guruhiga kirgan eng yirik xalqlardan amxara, tigrai va tigre hozirgi Efopiya millatining negizini hosil qiladi. Xamit-semit til oilasiga oid kushid turkumiga amxara xalqiga yaqin galla, Efiopiya janubida yashovchi sidamo va somali xalqlari va ularga yaqin xausa, bade, bura va boshqalar qit`aning ancha hududini egallaydi. Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruh – songai, saxara va sharinilga bwlinadi. Mazkur oilaga uchta wziga xos tilga ega kichik elatlar – maba, fur va koma kiradi. Songai turkumidagi xalqlar Niger daryosining wrta oqimidagi davlatlar – Mali, Niger, Yuqori Volta va Nigeriyada, Saxara turkumiga oid xalqlar Chad kwli atrofida va Markaziy saxaraning chwl qismida qisman Nigeriyada yashaydilar. Shari-nil turkumidagi xalqlar Yuqori Nil vohalarida, Viktoriya va Rudolf kwllari atrofi (Sudan Respublikasi, Uganda, Keniya)da joylashgan. Afrikaning janubi-g`arbiy qismida asosan, Namibiya, Votsvana va Angolada, wziga xos koysan til oilasiga oid xalqlar – bushmenlar, guttentotlar va tog`lik damaralar yashaydi. Ular wtmishda Janubiy Afrikaning juda keng hududini egallagan, ammo XVIII-XIX asrlarda kwpchilik qismini evropaliklar qirib tashlagan, qolganlari Kalaxari chwllariga haydalgan. Koysan tillariga Sharqiy Afrika (Tanzaniya)dagi sandave va xatsa nomli elatlar ham kiradi. Madagaskar orolidagi malgashlar tili, antropologik tuzilishi va madaniyati bilan qit`a aholisidan ancha ajralib turadilar. Ular avstroneziya til oilasiga oid, antropologik jihatdan esa janubiy mongoloidlarga yaqin. Afrika qit`asida yashovchi hind-evropa til oilasida mansub 11 mln.li evropaliklar butun aholining 2 foizini tashkil qiladilar. Eski golland tili bilan mahalliy bantu va guttentot tillari chatishmasidan maxsus afrikans tili paydo bwlgan va elatlararo munosabatlarda vosita rolini bajargan. Ayrim mamlakatlarda, chunonchi Janubiy Afrika Respublikasida, Keniya, Tanzaniya va ayniqsa, Mavrikiya orolida swnggi yillarda kwchib kelgan osiyoliklar ham wrnashib qolgan va hozirgi etnik jarayonga tortilgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling