Etnologiya uzb
Afrika aholisi Antropologik jihatdan
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Afrika aholisi Antropologik jihatdan- uchta yirik irq, wrta va aralash tiplardan iborat.
Qit`aning shimodida Saxaraning janubigacha evropoid irqiga oid qora kwz, twlqinsimon qora soch, bug`doy mayiz tanli, uzunchoq yuzli bir oz burgutsimon qirra burunli arablar, barbarlar yashaydi. Efiopiya va Somali yarim orolida wrta irq hisoblangan terisi biroz qoramtirroq, yuzi kichikroq, labi qalinroq, wrta yoki novcha bwyli amxara, galla, tigre va boshqa xalqlar joylashgan. Afrikaning asosiy aholisi hisoblangan kwpsonli asl negroidlar Saxaradan janubda G`arbiy va Markaziy Sudanda, Nilning yuqori qismida, Kongo vohasida, Sharqiy tropik Afrikada va qit`aning janubida katta hududga tarqalgan. Ular qop-qora tani, qora kwzi va spiral (burama) sochlari, iyagi biroz oldinga chwzilgan (pragmatizm), qalin labi, keng va puchuq burunli, kwsa soqol va kamtuyli 110 belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irqi ichida uzun bwyli (180 sm.ga yaqin) va nihoyatda qora rangli nilotlar tipi Nil daryosi yuqori oqimlarida va Buyuk kwllar atrofida uchraydi. Kongo vohasining tropik wrmonlaridagi pakana bwyli (wrtacha 141-142 sm.) biroz qoramtirroq tanli, sersoqolli, puchuq burunli, labi kichikroq pigmeylar ham boshqalardan farq qiladi. Jismoniy tuzilishi jihatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va giottentotlar maxsus antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari ba`zi mongoloid belgilari (yaproq yuzli, sarg`ich tanli) va steatopigiya (sag`riga nisbatan kwproq yog` twplanib osilganroq) kwrinishi, badan va yuzga erta ajin tushishi bilan boshqa irqlardan ajralib turadilar. Madagaskar aholisi ham negroid va mongologid irqlari aralashmasidan paydo bwlgan maxsus tiplardan iborat. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling