Etnologiya uzb


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/141
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#226289
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141
Etnik  qiyofasi-  Hozirgi  Afrika  xalqlarining  etnogenezi  uning  tarixini  bilmaguncha  twg`ri 
tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Ayrim  afrikashunoslar  qit`aning  mustahkam  tarixiy  taraqqiyotini 


 
111 
 
inkor  qiladilar,  mahalliy  aholi  mustamlaka  davrigacha  ijtimoiy  taraqqiyotga  noqobil  bwlgan  deb 
aytadilar.  Ba`zilar  Afrika  tarixini  faqat  tashqaridan  kelgan  bir  qancha  twlqindan  iborat  madaniyat 
hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar. 
Ammo  ularning  aksi  wlaroq,  Stenford  universiteti  olimlari  tomonidan  aniqlangan  odam 
gnomi  afrikalik  ekanligi  va  umuman  bashariyat  qora  qit`adan  er  yuziga  tarqalganligi  bu 
munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga wzgartirib yubordi. 
Qolavesa, swnggi  yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq wtmishiga 
oid  katta  bir  davrni  oydinlashtirib  berdi.  Avvaliga  Janubiy  va  Sharqiy  Afrikada  avstralopiteklar 
yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid 
ibtidoiy makonlar  Luis Liki va keyinchalik uning wg`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida 
topilganligi.  Efopiyada  Chad  va  Rudolf  kwllari  atrofida,  Janubiy  Afrikada  60-yillardan  keyin 
qilingan  kashfiyotlar  Afrika  qit`asida  eramizdan  avvalgi  X  ming  yilliklardan  boshlab  yuksak 
adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik 
ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda 
ancha takomillashgan tosh qurollar  yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar  yasagan kwp sonli aholi 
yashaganligini aniq tasdiqlagan edi. 
Neolit  davriga  kelib  (taxminan  eramizdan  avvalgi  V-I  ming  yilliklar)  Shimoliy  va  Markaziy 
Misrda,  Sudanda,  Saxara  markazida,  Sharqiy  Afrikaning  ba`zi  hududlarida,  senegal  va  Kongo 
vohalarida,  hozirgi  Nigeriya  hududida  yangi  xwjalik  faoliyati,  ya`ni  dehqonchilik  va  chorvachilik 
shakllanib wrtoq holatga kwchish rwy beradi. Mezolit va neolit davrida  hozirgi tillar ham  asosan, 
shakllanib tugagan. 
Misrliklar qwshni elatlar twg`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning 
g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, wrta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang 
tanli  kushitlar,  yuqori  qismida  qora  tanli  nilotlar  va  janubroqdagi  Punt  mamlakatidagi  negroidlar 
haqida xabar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi. 
Afrika  qit`asida  miloddan  avvalgi  III-II  ming  yilliklarda  muhim  geologik  wzgarishlar  rwy 
bergan. Wsha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bwlib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni 
kwchishga  majbur  qilgan.  Oqibatda  Saxaradan  janubda  Shimoliy  Afrika  mamlakatlaridan, 
chunonchi,  Misrdan  farq  qiladigan  yangi  bir  wziga  xos  madaniyat  shakllana  bolaydi.  Nigeriya  va 
Benue  daryosining  shimolida  paydo  bwlgan  nok  madaniyati  vakillari  (miloddan  avvalgi  IX 
milodning  II  asrlari)  temir  va  boshqa  metallarni  ishlab  chiqarishni  bilgan  va  dastlabki  temir 
qurollarini yasaganlar. 
Temir  eritish  va  undan  foydalanish  Afrika  xalqlarining  ijtimoiy  taraqqiyotida  muhim  ro 
wynagan  edi.  Daryo  vodiylaridagi  aholi  bilan  savanna  qabilalari  orasidagi  savdo-sotiqning 
kwpayishi,  katta  savdo  ywllarida  va  charrahalarida  shaharlarning  va  savdo  markazlarning  paydo 
bwlishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa 
davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir wtkazgan edi. 
Milodning  VIII-IX  asrlariga  kelib,  tropik  Afrikada  sinfiy  tuzum  munosabatlariga  asoslangan 
bir  necha  yirik  davlatlar  shakllanib  XVI  asrlargacha  rivojlanib  kelgan.  Shulardan  arab  sayyohlari, 
mahalliy  solnomalar,  ilk  portugal  tadqiqotchilari  va  juda  kwp  og`zaki  rivoyatlarda  tilga  olingan 
yirik  davlat  birikmalari  Gana,  Mali,  Songay,  Dagomeya,  Xausan  shahar-davlatlari,  G`arbiy  va 
Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va 
Efiopiya  davlatlari,  Sharqiy  Afrika  qirg`og`idagi  shahar-davlatlar,  afsonaviy  Mvena  Mutapa 
(Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab 
chiqarish  kushlariga  ega  bwlgan  ijtimoiy  mulk  va  yuksak  madaniyat  yaratganlar.  Muayyan 
davrlargacha  Afrika davlatlarining  eng taraqqiy  qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam, 
teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qwshib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka 
qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara 


 
112 
 
teokratik  davlatlari,  Ruanda,  Buganda,  Burundi)  va  qabilaviy  ittifoqlar  (zulu,  matabele)  paydo 
bwlgan edi. 
Demak,  Afrika  xalqlari  qadimiy  davrlardan  to  hozirgacha  ijtimoiy  taraqqiyotdan  chekkada 
qolmay, tadrijiy rivojlanishda bwlganlar.  Ammo keyinchalik ijtimoiy-iqtisodiy ancha orqada qolb 
ketishiga mustamlakachilarning zulm va ta`qibga qurilgan siyosati, qul savdosi va quldorlik sabab 
bwlgan.  Ayrim  mamlakatlarning  va  elatlarning  ibtidoiy  va  ilk  feodalizm  darajasida  saqlanib 
qolishida  boshqa  wlkalardagi  singari  ob`ektiv  v  sub`ektiv  omillar  ham  ta`sir  qilgan.  Mustamlaka 
arafasida  Afrika  xalqlari  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasida  turganlar,  yuksak  madaniyat 
yaratgan  yirik davlatlar  bilan bir qatorda, hali ibtidoiy-jamoa tuzumi munosabatlari kuchli bwlgan 
qabilalar ham mavjud edi. 
Afrika qit`asini mustamlakachilar tomonidan bosib olinishi XV asr oxirlaridan boshlanadi. Bu 
davrda kelgindi evropaliklar bilan mahalliy aholi wrtasida madaniy tafovut uncha sezilmagan. Eng 
fojiali  voqealar  keyingi  asrdan  boshlangan.  Dastlabki  sarmoya  jamg`arish  natijasida  XVI  asr 
boshlarida  keng  miqyosda  avj  olgan  qul  savdosi  G`arbiy  va  Janubiy  Afrika  xalqlarining  tarixiy 
taraqqiyotini  twxtatibgina  qolmay,  balki  bir  necha  asrlar  orqaga  itqitib  tashlagan  edi.  Avval 
portugaliyaliklar, keyin Angliya, Gollandiya va Frantsiya qit`a wlkalarining ochiqdan-ochiq barcha 
boyliklarining  yirtqichlarcha  talon-taroj  qilganlar,  og`ir  soliqlar  solganlar  va  minglab  kishilarni 
zwrlab  olib  ketib,  qul  qilib  sotganlar.  Ayrim  wlkalarda,  ayniqsa,  Gvineya  sohillarida,  Kongo  quyi 
oqimida  va  Angolada  qul  savdosi  natijasida  aholisi  kamayib,  xwjaligi  va  siyosiy-iqtisodiy  hayoti 
turg`unlik  va  vayronalikka  mahkum  qilingan,  ba`zi  obod  wlkalar  butunlay  xarobaga  aylangan. 
Quldorlik  tufayli  vafot  etgan  va  Amerikaga  olib  kelingan  kishilarning  soni  100  mln.dan  ortiq 
bwlgan. Qit`adagi mustamlakachiliklarga qarshi urushlar, chiki ziddiyat va kurashlar ham minglab 
afrikaliklarning  yostig`ini  quritgan  va  ilgari  gullab  yotgan  qudratli  davlatlarning  inqirozini 
kuchaytirgan  edi.  Mazkur  hodisalar  Afrika  xalqlarining  Evropadan  madaniy  jihatdan  orqada 
qolishining asosiy sabablaridir. 
Chidab  bwlmaydigan  jabr-zulm  va  talon-taroj  keltirgan  mustamlakachilik  siyosatiga  qarshi 
ozodlik  va  mustaqillik  uchun  kurashga  wtgan  Afrika  xalqlari,  ayniqsa,  ikkinchi  jahon  urushidan 
keyin  juda  katta  muvaffaqiyatlarni  qwlga  kiritib,  wz  taqdirlarini  qwllariga  ola  boshlagan.  Hozir 
qit`aning kwpchilik qismi mustaqil va ozod davlatlardan iborat. 
Afrika  qit`asining  etnik  tuzilishini  bir  necha  tarixiy-madaniy  viloyatlarga  bwlib  wrganiladi. 
Ular  keng  hududlarda  jiylashgan,  ammo  etnografik  jihatdan  umumiy  birlikka  ega  bwlgan 
mintaqalardan  iborat.  Swnggi  klassifikatsiyaga  asoslanib  butun  qit`a  aholisi  tabiiy  sharoiti,  etnik 
qiyofasi,  tarixiy  taqdiri  va  ijtimoiy-iqtisodiy  darajasi  jihatdan  Shimoliy  Afrika,  G`arbiy  va 
Markaziy Afrika, Sharqiy va Janubiy Afrika xalqlariga bwlingan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling