Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Antropologik jihatdan hozirgi xalqlar swnggi ilmiy klassifikatsiya asosida twrt katta irqqa
bwlinadi: negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid (okeaniya) katta irqlari. Negroidlarning soni wtgan asr swngidagi ma`lumotlari bwyicha butun dunyoda 250 milliondan ortiq (negrlar, negrilli, bushmen va gottenotlar); negroid va evropoid aralashishidan paydo bwlgan 352,6 millionli irqlar efiop tipi, sudanliklar, mulatlar) ham shularga kiradi; eng katta evropoid (evroosiyo) irqi 1 milliard 793,3 million kishidan iborat bwlib, unga aralash tiplar (metislar, mulatlar) ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 704 milliondan ortiq; aralash tiplar 672,2 million, Tinch okean mongoloidlari 664 million kishi, Janubiy osiyo guruhi 542,4 million va yaponlar tipi 11 million kishidan iborat; avstraloid (okeaniya) katta irqi (veddoidlar, avstraliyaliklar, aynlar, melaneziyaliklar va papuaslar) soni 9,4 million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir katta irq ichida mayda guruh va tiplar mavjud. Etnoslarning shakllanishida va ularni farqlashda til asosiy rol wynaydi. Til birligiga qarab ayrim xalq va elatlar aniqlanibgina qolmay, kwpincha til asosida nom ham beriladi. Lingvistik xarakteristika tarixiy-qiyosiy wrganish orqali aniqlanadi. Odatda kelib chiqishi bir bwlgan xalqlardan til yaqinligi bwladi. Shu asosda eng katta til oilalari va guruhlari qwyidagicha bwlinadi: hin-evropa oilasida 1 mlrd. 861 million kishi gapiradi, shulardan eng katta guruhlari – germanlar (403,9 million), romanlar (482 million), hindiylar (595,6 million), slavyanlar (271 million), eroniylar (65 million) semit-xamit (afroosiyo) oilasida 147,9 million kishi semit xalqlari; dravid oilasi 154,1 million kishidan iborat; Ural oilasiga 23,4 million, oltoy oilasiga 96,9 million, xitoy- tibet oilasiga 864,7 million, Nigero-kordofa oilasiga 212,6 million, avstroneziya oilasiga 191,3 million, avstroosiyo oilasiga 64,5 million kishi kiradi. Tillar morfologik (swz tuzilishi) va geneologik (kelib chiqishi) yaqinligi asosida farqlanadilar. Geneologik klassifikatsiya Etnologiya fani uchun muhim ahamiyatga ega, chunki xalqlarning kelib chiqishi (etnogenezi)ni wrganishda katta yordam beradi. Jahonda ikki tilli etnoslar ham kam emas, masalan, bir irqdagi Belgiya va Shvetsariya aholisi ikki yoki uch tilda swzlashadilar. Bizning mamlakatimizda millati rus bwlmagan aholining yarmida kwpi wz ona tilidan tashqari rus tilini ham biladi. Ilgari mustamlaka bwlgan Osiyo va Afrika mamlakatlarining deyarli hammasida ikki til – mahalliy va rasmiy davlat tillari mavjud. Hindistonda rasmiy hindi tili bilan birga yuzlab boshqa tillar ham bor. Pokistonda – urdu, Indoneziyada – baxsa – indoneziya, Filippinda – tagalog, Afrika mamlakatlarining ayrimlarida rasmiy ingliz yoki frantsuz tillari bilan bir qatorda mahalliy tillarda ham swzlashiladi. Jahonda faqat bir millatdan tashkil topgan davlatlar juda kam chunki siyosiy va etnik chegaralar ham doimo twg`ri kelavermaydi. Faqat Evropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan twg`ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga kwra ozmi-kwpmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, kereyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va 40 portugal tilida swzlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa wnlab, yuzlab turli etnoslar yashaydi (Rossiya, Hindiston, Eron, Afg`oniston, Nigeriya va hokazo). Evropaning etnik qiyovasi nihoyatda murakkab. Bu erda asrlar davomida xilma-xil qabila, elat va xalqlar paydo bwlib, mahalliy etnoslar bilan aralashib ketgan. Mazkur jarayon uzluksiz davom etib kelgan va natijada dastlabki tub aholi twg`risida aniq ma`lumotlar bizgacha etib kelmagan. Ularning lingvistik tarixi ham chalkash. U erdagi hozirgi millatlar wz milliy davlatlari chegarasi doirasida asosan, wtgan asr wrtalarida shakllangan. Evropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining kwpchiligi (wndan twqqiz qismi) hind- evropa til oilasining uchta yirik til turkumi – roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g`arbda yasovchi italyanlar, frantsuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar iradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Evropada slavyan tillarida swzlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorvatlar, «musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi. German tilida swzlashadigan avstraliyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shvetsariyaliklar Markaziy va Shimoliy Evropada yashovchilar. Hozir faqat Irlandiyada, qisman Shotlandiyada, Angliya va Frantsiyaning Breton yarim orolida qadimgi davrdan keng tarqalgan kelt tilida swzlashadigan elatlarning avlodi yashaydi. Eng qadimgi vaqtlardan Pireney yarim orolining shimolida va qisman Frantsiyada yashayotgan basklar hech bir til oilasiga kirmaydigan maxsus tilda swzlashadilar. Vengerlar yoki madyarlar, finlar, soamlar va loparlar finnougor til oilasiga oid. Bolqon yarim orolida va janubda yashovchi turklar, tatarlar va gagauzlar esa turkiy tillarda swzlashuvchi etnik guruhlardir. Faqat Malta orolida arab tili saqlanib qolgan. Bir milliondan ortiq evropalik yahudiylar asosan, nemis tili shevasida yoki wzlari yashayotgan mamlakatda keng tarqalgan tillarda swzlashadilar. Yaponiya, Koreya, Banglashesh va kwpgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib turadi (asosiy xalq 95 foizini tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, Xitoy, Shri-Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afg`oniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Fizippinlar murakkab kwp millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Ba`zi etnik guruhlar hozirgacha ham xalq bwlib shaklanmagan, hatto ularda urug`-qabilachilik munosabatlari saqlanib qolgan. Osiyoliklarning tillari ham etnik tuzilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, faqat Hindistonning wzida 1652 xil til va turli shevlar mavjud. Eng qadimgi til oilalariga oid dravid, munda, xitoy-tibet, tay, avstroosiyo, avstroneziya, semit-xamit va hind-evropa xalqlari ham Osiyo qit`asida yashaydi. Oltoy til oilasi hozirgi Mwg`uliston va Shimoliy Xitoyda paydo bwlib, keyin boshqa erlarga tarqalgan. Xitoy-tibet (tay va tibet-birma guruhlari), astroosiyo (vetnam, monkxmer, munda, myao-yao turkumlari), dravid, astrogeneziya (indoneziya, filippin, malayya, melaneziya guruhlari) tilida swzlashadigan xalqlar qadimdan kwpchilikni tashkil qilib bir hududda yashab kelmoqdalar. Evropa qit`asidan uch hissa katta hududga ega bwlgan Afrikaning etnik qiyofasi tabiati singari boy va rang-barangdir. Evropa olimlari uni ilgari «qora qit`a» deb atab, etnik tuzulishi wzaro bog`liq bwlmagan turli qabilalardan iborat, deb notwg`ri ta`riflaganlar. Hozirgi Afrikada 200-250 ta xalq yashaydi. Ular mustamlakachilar tomonidan sun`iy ravishda bwlib olingan davlatlar orasida joylashgan. Masalan, mandingo xalqi Segenal, Mali, Fil Suyagi Qirg`og`i, Shambiya, Sere-Leone, Liberiya, Gvineya hududlarida yashaydi. Yoki fulbe xalqini olsak u ham Segenal, Nigeriya, Gvineya, Mali, Kamerun, Yuqori Volta, Benin, Mavritaniya, Gambiya kabi mamlakatlarda yashaydi. Akan, mosi. Eve kabi etnik guruhlarning taqdiri ham huddi shunday. Shuning uchun ham qit`ada bir millatdan tashkil topgan bitta ham davlat ywq. 41 Afrika qit`asidagi bir milliondan ortiq bwlgan 83 ta xalq qit`a aholisining 86 foizini tashkil qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xaslar (15 million), jazoirliklar (14 million), amxaraliklar (1 million), marokashlar (12 million), ibo va fudbe (12 million), yoruba (11 million) va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit`ada yashavchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan, hozirgi hududda paydo bwlib shakllangan elatlardan iborat. Albatta uzoq tarixiy davr ichida ayrim etnoslarning migratsion siljishlar natijasida doimo aralashib jarayoni rwy berib turgan. Ammo bu jarayon, asosan, shu qit`a doirasida wtgan. Faqat shimoli-sharqiy tomonda, Osiyoning g`arbi-janubiy qismida qarindosh etnoslarning kwchishlari bwlib turgan. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling