Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Initsiatsiya davri voyagi yetgan wg`il bolalarni sunnat qilish marosimi bilan tugaydi. Sunnat
marosimi Dik Rafsi ma`lumotlariga qaraganda, qabila a`zolarining maxsus maydoniga twplanishi bilan boshlanadi, u erga beliga twqilgan belbog` bog`langan bolani olib ketib erkaklar orasiga wtkazadilar. Ikki kun davomida erkak va ayollar ashula aytib raqsga tushadilar. Uchinchi kuni ertalab bolaning qarindoshlaridan uch kishi erga chwzilib yotadi, ularning ustiga bola yotqizilib, baliq suyagidan ishlangan maxsus pichoq bilan sunnat qilinadi va kelilgan joyga kul sepiladi. Kesib olingan qismi choy daraxti qobig`iga sovg`a qiladilar. Sunnat qilingan bola wrnidan turib, wt yoqilgan wchoq oldida tiz chwkadi va kesilgan joyini quritadi. Marosim tugagach, wspirin bir oz vaqt yolg`iz yashaydi, muayyan ovqat eydi, boshqalar bilan faqat imo-ishora bilan gaplashadi. U amaksining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan holda yashaydi. Amakisi unga ov sirlarini, qabila qonunlarini, nayza va boshqa qurollardan foydalanish usullarini wrgatishi zarur. Shu muddat wtgach, bolani dengiz sohiliga borib chwmiltiradilar, turli sovg`alar in`om qiladilar, ayollar in`om qiladilar, ayllardan biri uning boshiga twr soladi. Demak, bola endi ovchilar qatoriga wtgan hisoblanadi. Wsha kecha yana bazm boshlanadi, ashula aytilib, muqaddas wyinlar ijro etiladi. Ashulachi oldiga wtkazilgan wspirincha yana sovg`alar beriladi. Eng birinchi sovg`a sifatida sunnatda kesilib quritilgan va chay daraxtiga wralgan falos qismi topshiriladi. Keyin nayza, bumerang, twr va boshqa in`omlar beriladi. Oxirida qaysi qiz unga kelin bwlib atalganligi e`lon qilinadi. Shuning bilan sunnat marosimi tugaydi, wspirin endi ovchi erkaklar guruhining twliq huquqli a`zosi hisoblanadi. Alalxusus, qizlarni ham ma`lum yoshga yetganlarida muayyan marosimlar wtkazib oylaviy hayotga tayyorlaganlar. Barcha dastur va marosimlarni wtkazishda va hurmatli, yoshi katta mwysafidlarga tayanganlar. Ular bu marosimlarda rahbarlik qilganlar. 55 Qabilalar orasidagi mojaro va kelishmovchiliklar ba`zan urush olib kelgan. Urushga odatda qabida hududini egallash, xotinlarni olib qochish, sehrgarlikda ayblash, urug`doshlarni wldirish va hokazolar sabab bwlgan. Xun olish avlodma-avlod wtib kelgan. Ammo qirqinbarot urushlar juda kam bwlgan. Odatda qabilalararo twqnashuvlar va yoki janjallar bir necha qurbonliklar yoki yaradorlar paydo bwlishi bilan twxtatilib, tinchlik muzokaralari boshlangan va maxsus marosimlar bilan tugagan. Qabilalar orasidagi munosabatlar kwpincha tinch-totuv xarakterga ega bwlgan. Qabilalar wrtasida tosh qurol-aslaha va buyumlar, noyob xomashyo (bwyoq, narkotik wsimlik, shaqmoqtish va hokazo) almashib turilgan. Har bir qabilaning wz almashuv mahsuloti, uning wrniga oladigan moli ham aniq bwlgan. Almashuv savdosi odatda maxsus marosim va bayramlar bilan nishonlangan. Avstraliyaliklarning ma`naviy madaniyati, diniy e`tiqodi ishlab chiqarish kuchlarining darajasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida butun tevarak-atrof g`ayritabiiy kuchlar, turli maxluq va arvohlar bilan twla. Avstraliyani odatda totemizm vatani deydilar. Eng ibtidoiy din shakllaridan biri hisoblangan totemizm falsafasi bilan uyg`inlashib ketgan kishilar, urug` yoki qabilalar wzlarini muayyan moddiy buyumlar, asosan, ayrim jonivorlar yoki wsimliklar bilan yaqin qavm-qardosh, deb biladilar va shunga ishonadilar. Shuning uchun ham, ayrim urug`lar totemistik guruh hisoblanib, hayvonlar yoki wsimliklarning, ba`zan jonsiz buyumlarning nomi bilan atalganlar. Shu nomdagi hayvon yoki wsimlikka – bobo, dada yoki aka-uka qarindosh deb ishonilgani uchun ularni wldirish, iste`mol qilish qattiq man etilgan. Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvohlari muqaddas buyumlarga kwchirilgan. Bunday buyumlar odatda sehrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bwlib, uni maxsus joyga yashirganlar. Har bir totemistik guruh wzining churingiga yashiringan muqaddas joyga ega bwlgan. Wsha erda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) wtkazilgan. Avstraliyaliklar orasida turli sehrgarlik, duogwylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng tarqalgan. Dushman qabilalar turli duolar bilan ziyon yetkaza bilish qobiliyatiga ega, degan tasavvurlar muhim rol wynagan. Tub aholi tushunchasida dushman uzoqdan ziyon yetkazmoqchi bwlgan kishiga uchi ywnilgan yog`och, wtkir suyak twg`rilab nafratli duo wqisa shu kishi yo kasal bwlar, yo wlar emish. Sehrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun qilish (sevgi magiyasi), yomg`ir yog`dirish (obi havo magiyasi), davolash (duoxonlik magiyasi) kasbini egallagan maxsus folbin va duoxonlar shug`illangan. Magik tasavvularga nisbatan Avstraliya qabilalarida animizm (jonga ishonish) kam tarqalgan. Ularda kosmogonik afsonalar ham rivojlangan. Jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar. Avstraliyaliklarning diniyo e`tiqodida hukmron va qaram bwlish tushunchalari ywq. Ular wz totemlariga itoat qilib tiz chwkmagan. Bu elat na buyuk arvoh, na xudo twg`risida tasavvurni, na qurbonlik, na ibodatxona, na avliyoni bilganlar. Faqat turli sehrgarlik marosimi va odatlar, kohinlar wrniga folbin va duoxonlar, muqaddas avliyolar va machit wrniga buyumlarning saqlanish joylari ibtidoiy dunyoning asosiy ifodasi edi. Avstraliyada xalq og`zaki ijodi dastavval rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va raqslarda namoyon bwlgan. Afsona va rivoyatlar, asosan, totemistik tasavvurlar bilan bog`liq bwlsa ham muqaddashlashtirilmagan, tinglovchilar ularning haqqoniyligiga ishonishmaydi, kulgi va hazil bilan qabul qilishadi. Afsona personajlari (kishi yoki hayvon) hech qanday qaramonlik kwrsatmaydi, odatdagicha kwchib yuradi, ov qiladi, yeydi, yotadi, ba`zan urushadi va bir-birini wldiradi. Musiqa kuylar odatda raqslarga jwr bwladi. Ularning raqslari kwpincha jamoa xarakterida (orro bori) bwlib, turli ma`noni tasvirlaydi, ayrimlari totem bilan bog`liq dramatik afsonalarni ifodalaydi. Barcha wzaro uchrashuvlar, tadbir va marosimlarda raqs ijro etilgan. Wziga xos tasviriy san`at ham turli ijtimoiy va diniy ehtiyojlarga bwysundirilgan. Unda ayrim primitiv, realistik tasvirlar bilan bir qatorda, har xil shartli belgilar – chiziq, nuqta, doira kabilar totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli naqshlar va ornamentlar qurollarga, marosimlarga kishi badaniga, sirli belgilar esa churungi va boshqa diniy buyumlarga, qoya va toshlarga yasalgan Tasmaniyaliklar ham bezaklarni va badan bwyashni bilganlar. 56 Ancha oddi kishilarning bilimlari tevarak-atrofdagi tabiiy sharoitga moslashgan bwlib, ishlab chiqarish tajribasiga bwysindirilgan. Avstraliyaliklar wz guruhi kwchib yuradigan hududni juda yaxshi bilganlar, bepoyon dashtlarda suv, ywl va taom topish usullarini egallaganlar. Tabiblarning sehrli tajribasidan tashqari har bir avstraliyalik ayrim kasallik va yaralarni davolash ywllarini ham bilgan. Ular ibtidoiy tabobat qwlga kiritgan barcha bilimlardan foydalanganlar, maxsus tayyorlangan tarkibiy dorilarni ham, wsimlikdan qaynatilgan va kukun holidagi dorilarni ham ishlatganlar, qon oqishni twxtatish, singan joyni tuzatish kabi jarrohlik usullaridan xabardor bwlganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling