Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
REJA: 1. Amerikaliklarning kelib chiqishi. 2. Antropologik va lingvistik klassifikatsiyasi. 3. Ilk davlatchilik shakllanishining jarayoni. Ma`naviy madaniyat. Qadimgi diniy tushunchalar. 4. Xalqlarning etnogenezi. 5. Hozirgi Amerikaning etnik kiyofasi Mustaqil o’rganish uchun mavzu: А merika xalqining etnogenezi va etnik tarixi Javobi: Patagoniyaliklar. Ular mustamlakachilik arafasida ovchilik bilan shuғullanganlar. XVIII asr ırtalarida ular otda ov qila boshlaganlar. Bola quroli 3-4 ta boғlangan toshlar sham ısha paytda ixtiro qilingan. Uylari panalar bılib terilar bilan ёpilgan. 76 Amerika qit`asi- wzining hududi bilan faqat Osiyodan bir oz kichikroq. Uning maydoni Grendandiya bilan 44,5 mln. km ni tashkil etadi. Atlantik va Tinch okeanlari oralig`ida joylashgan shimoldan janubga 15,5 ming km uzunlikka chwzilgan bu qit`a aslida ikkita mustaqil quruqlikdan iborat. Uning 24,3 mln. km. km (Grenlandiyasiz)ga ega bwlgan shimoliy qismi trapetsiya shaklida, janubiy qismi katta notekis uchburchakka wxshaydi (maydoni 18 mln.km.km.). Amerikaning shimoldagi keng qismi ekvatordan pastroqda 4,5 ming km kelsa, tor qismi Panama hududida joylaggan bwlib 100 km ga ham yetmaydi. XX asrda shu erda qazilgan 80 km lik Panama kanali Tinch va Atlantik okeanlarini bog`lagan muhim xalqaro savdo ywliga aylangan edi. Kwhna Dune deb nomlangan Evropa, Osiyo va Afrikaga nisbatan Yangi Dunyo deb atalgan Amerikaning tabiati va iqlimi nihoyatda rang-barang. Tinch okeani sohillari bwylab shimoldan janubga tomon butun ikki qit`aga chwzilgan Kordiler nomli eng yirik tog` tizmalari Tinch okeanida rwy berayotgan tektonik jarayon bilan bog`liq. Shuning uchun bu tizmalar seysmik jihatdan notinch hisoblanadi. Bu erda eng baland tog`liklar va hozirgacha qaynab turgan vulqonlar mavjud. Qit`aning ichki qismidagi bepoyon tayga, tundra va tropik wrmonlar, cheksiz dagtu biyobon va preriyalar, katta-kichik kwllar va daryolar inson uchun zarur mahsulotlarni yetkazib beradi. Amerikaning hayvonot dunyosi khna Evropa va Osiyoga nisbatan bir oq qashshoqroq. Mustamlakachilar kelguncha bu erda hindilar tomonidan faqat alpaka, lama (mahalliy tuya), kurka kabi jonivorlar xonakilashtirilgan. Janubiy va Markaziy Amerikaning tropik wrmonlarida burni keng maymunlar yashaydi. Wsimlik dunyosi ancha boy va turli-tuman. Qit`aning kwp madaniy wsimliklari – makaajwxori yoki mais, kartoshka, pomidor, kakao kabilar wzining sifati va kishiga foydaliligi bilan ajralib turadi. Amerika ba`zi foydali wsimliklarning vatani ham hisoblanadi. Uning bag`ridagi xilma-xil qazilma boyliklar hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyotiga juda qwl kelgan. Amerikadagi nasroniy aholi soni 1980-yilda 600 millionga yetdi. Shundan 250 millionga yaqini Shimoliy Amerikada, 350 millioni Lotin Amerikasida yashaydi. Evropaliklar kelishi arafasida qit`ada turli ijtimoiy taraqqiyot pog`onasida turgan wzaro yaqin qarindosh qindi qabilalari, elatlar va xalqlar yashagan. Ularning kwpchiligi Meksikaning janubiy qismi, Markaziy Amerika va And tog`larida joylashgan bwlib, yuksak dehqonchilik madaniyati yaratgan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy darajaga kwtarilgan xalqlarning avlodlari hisoblanadi. Shimoliy va Janubiy Amerikaning juda katta hududida tarqoq holda joylashgan kamsonli mayda qabilalar terimchilik, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullanib, ibtidoiy-jamoa tuzumidan yuqori kwtarilmagan. Amerikaning kashf etilishi arafasida hindilar bir necha wn million bwlsa, uning shimoliy qismida (Meksikasiz) tub aholi soni 10 mln. ga ham yetmagan edi. Hindilarning kelib chiqishi uzoq vaqtgacha fanda sir bwlib, turli faraz va mulohazalarni yuzaga keltirgan. Ayrim olimlar Amerika aholisi avtoxton, ya`ni shu erda paydo bwlgan, degan fikrni yoqlab chiqqanlar. Ammo Amerikaga odamlarning Osiyodan kelganligi, uning shimoldan janubga tomon asta-sekin kwchib tarqalganligi tasdiqlangan. Bu kwchish Bering bwg`ozi bwlmagan Osiyo va Amerika qit`asi qwshilgan bir davrda rwy bergan. Swnggi 20 yil ichida qilingan kashfiyotlarga tayanib, olimlarning kwpchiligi bu erda odam 30-25 ming yillar muqaddam paydo bwlgan degan fikrga kelganlar. Atoqli antropolog L.Liki Amerikaga dastlab osiyoliklar hatto 50-100 ming yillar ilgari kela boshlagan, degan fikrni aytmoqda. Kwpchilik olimlar Janubiy Amerikaga esa odamlar dastlab 17-11 ming yillar ilgari kelgan, degan fikrni quvvatlashadi. Tub amerikaliklarning ajdodlari butun qit`ada Shimoliy Alyakadan janubdagi olovli Ergacha osiyoliklar ekanligini arxeologik dalillardan tashqari antropologiya tuzilishlari ham tasdiqlaydi. Ularning hammasi mongoloid irqiga oid bwlib, badanini kam tukliligi, qora kwzliligi, keng yalpoq yuzliligi va yonoq suyagining chiqqanligi bilan umumiy wziga xos tipni paydo qilgan. Ammo hindilar osiyo mongoloidlaridan balan bwyligi, burgutsimon burni, epikantus (kwz qiyachig`i)ning kamligi va uzunchoqroq yuzi bilan ajralib turadi. Ular balki, ayrim olimlarning fikricha, wzlarining osiyolik ajdodlarining antropologik tuzilishi saqlab qolgandir. Hindilardan Shimoliy Amerika va Grenlandiyaga tarqalgan aleut-eskimoslar ancha ajralib turadi. Ularda mongoloid belgilari juda 77 kuchli va hozirgi shimoli-sharqiy osiyoliklarga ancha yaqin. Demak, aleut-eskimoslar Amerikaga kelgan aholining eng oxirgi oqimi bilan bog`liq. Qolgan barcha hindilar bir necha asrlar va hatto yillar davomida asta-sekin shimoldan janubga va keyin qit`aning ichki hududiga tarqalgan hamda turli elat va xalqlarning shakllanishiga asos bwlgan. Ba`zi umumiy belgilariga qarab ularni odatda uch katta guruhga: shimoliy amerikalik, markaziy amerikalik va janubiy amerikaliklarga bwladilar. Ular wzaro faqat bwyi va badan terisining rangi bilan farqlanadilar. Shimoliy Amerika hindilari bwyining balandligi, kwzining twg`ri qiyig`i va burgutsimon burni bilan ajralib turadi. Markaziy va janubiy amerikalik hindilar eng qadimiy irqiy belgilarini saqlab qolganlar, odatda ular past bwyli, ochiq jigarrang badanga ega. Badiiy adabiyotda, ayniqsa, F.Kuper asarlarida, hindilarni “qiziltanlilar” deb ham ataydilar. Amerika tub joy aholisining tillari kam wrganilgan. Ammo ular juda kwp mayda til guruhlariga bwlinib ketgan. Olimlarning aniqlashiga karaganda, bu erda hindilarning taxminan ikki mingdan ortiq tillari mavjud bwlib, ularni 110 ta til oilasiga bwlish mumkin. Wz navbatida mazkur tillar oilasi beshta eng yirik til guruhlariga biriktirilgan; makrokarib, makroaravak, makrokechua, makromayya va bask-dene. Balki bu klassifikatsiya hindilarning kwchib kelish jarayonini, ya`ni migratsion twlqinni aks ettirishi ham mumkin. Bulardan tashqari wziga xos xususiyatga ega bwlgan yana uchta til turkumiga biriktirilgan tarqoq qabilalar borki, ular Janubiy Amerikada joylashgan bwlib, eng dastlabki migratsiya bilan bog`liqdir. Swnggi davrlargacha kwpchilik qabul qilgan klassifikatsiya asosida mahalliy tillar 20 ga yaqin til oilalariga biriktirilgan. Hozirgi davrda hindi tillarining asosiy qismi ayrim mamlakatlarning davlat tillari tomonidan siqib chiqarilgan yoki siqib chiqarish arafasida. Faqat eng yirik til oilalari – kechua, aymara, mayya va ularga yaqin tillar wz mavqeini saqlab qolganlar. Bu tillarda Peru va Voliviyada hatto maktablar va adabiyot mavjuddir. 1975-yil 27-iyunda birinchi marta Amerika qit`asida Peru hokimiyati kechua tilini davlat tili deb e`lon qildi. paragvayda ispan tilini yengib wtib, mavqeini tiklagan guarani tilida adabiyot va matbuot mavjud bwlib, radioeshittirishlar tayyorlanadi. Evropa mustamlakasi, ayniqsa, XVI asr boshlaridan ispan va portugallarning kela boshlashi, Amerika qit`asidagi tub aholining taqdirida muhim rol wynadi. Mazkur voqea qisqa muddat ichida hindilarning lingvistik, antropologik va etnik qiyofasida jiddiy wzgarishlarga olib keldi. Ammo eng katta fojia shundan iborat ediki, hindilarning juda kwp qismi yo jismoniy qirilgan, yo og`ir mehnat tufayli, yo Evropaliklar olib kelgan kasalliklardan qurbon bwlgan. Dastab, Vest-Indiyaning tub aholisi bu fojiani boshidan kechirgan, ularning kwpchiligi XVI asrning birinchi yarmidayoq qirilib ketishgan. Amerika qit`asiga Evropaliklarning qachon kelganlig aniq emas. Ayrim olimlarning fikricha, bepoyon okean suvlari bilan har tomondan yuvilib turgan bu qit`aga Kwhna dunyodan kishilar bir necha ming yillar muqaddam kelib turgan. Bunday Xeerdalning «Ra» nomli papirus kemasida wtkazgan ekspeditsiyasi ham tasdiqlaydi. Taxminan ming yillar muqaddam Amerikaning shimoli- sharqiy sohillarida va Grenlandiyada normannlarning yashaganligi («Vinland») aniqlangan. Asli Amerikani mustamlaka qilishni ispan hokimiyati xizmatidagi geniyalik Xristofor Klumbning 1492-yil 12-oktyabrdagi kashfiyoti bilan bog`liq edi. Wsha kuni buyuk sayyoh Hindistonga g`arbiy ywl axtarib Karib dengizidagi Bagam arxipelagiga yetib kelib, uni G`arbiy Hindiston (Vest-Indiya) deb wylagan. Juda qiyinchiliklar bilan kashf etilgan wlkani Salvador (ispancha «xaloskor») deb atagan. Kolumb keyinroq bir necha marta Venesuela, Gonduras va panama sohillariga kelgan bwlsa-da, bu erlarni xindlarniki, degan fikrini wzgartirmadi. Ammo uning ayrim zamondoshlari yangi kashf etilgan erlar Osiyo emasligini tez aniqlab oldilar. Ayniqsa, bu masalaga wtkir qalam sohibi, iste`dodli florentsiyalik, ispan qiroli xizmatida bwlgan sarkarda Amerigo Vesrpuchi muhim aniqlik kiritgan edi. U ham 1497-yildan keyin bir necha marta yangi qit`aga kelgan ekspeditsiyaga bosh bwlgan. Vespuchi 1501-1502-yillardagi sayohatidan keyin: «Bu wlkani Yangi Dunyo deb atash lozim ... Chunki bizning ajdodlarimiz bu erlar twg`risida tasavvurga ega bwlmaganlar». Uning mashhur xatlarni wqigan atoqli geograf va kartograf Martin Valdgemyuller wzining 1507-yilda chiqqan «Kosmografiyaga kirish» nomli 78 asarida yangi ochilgan dunyo qismini «Amerigo yoki Amerika mamlakati», deb atashni hech kim man qilmaydi, deb yozgan edi. Shunday qilib, Kolumb kashf etgan yangi qit`a keyingi sayyoh nomi bilan tarixga kiradi. XVI asr boshlarida ispan istilochilari Shimoliy Amerikaning janubiy qismini bosib oladilar. Yangi dunyoning afsonaviy boyliklari twg`risida turli hikoyalarni eshitib, sayyohlar ortidan kelgan ispan konkistadorlari ayovsiz qirib talon-taroj qilganlar. Ayniqsa, 1519-yilda Ernando Kortes yurishlari natijasida hozirgi Meksikada atsteklar davlati bosib olinadi. 14 yil keyinroq Fransisko Pisarro boshchiligida ispan lashkarlari hozirgi Peru, Boliviya va Ekvador erlaridagi davlatlarni wzlariga bwychundiradilar. Ispanlar ortidan boylik axtarib portugallar, inglizlar, frantsuzlar va gollanlar kela boshlaydilar va Yangi Dunyoni bwlib mustamlakaga aylantiradilar. Oqibatda Shimoliy Amerika Rio-Grande daryosining shimolidan ingliz va frantsuzlar qwliga, Meksika, Markaziy va Janubiy Amerika ispanlar va portugallarning qwliga wtadi. Vest-Indiya orollarini ispan, ingliz, frantsuz va golland istilochilari wzaro bwlib olishgan. Hatto Daniya ham bir qismini egallagan. Oqibatda, hindilar serunum erlaridan mahrum bwlib, bir qismi esa qirilgan. Ispaniya va Portugaliya qirollari, yirik feodallari va cherkovlarning xazinalari boylikka twlib ketgan. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda, qisqa muddat ichida XVI asrning birinchi yarmi davomida 15 million hindilar qirib tashlangan. Vaholanki, mustamlakachilar kelish arafasida Yangi Dunyoda tub aholi, ya`ni hindilar soni 90-100 million kishiga etgan. Agar hozirgi AQSh hududida avvallari 400 qabiladan iborat 2-3 millionga yaqin hindilar yashagan bwlsa, XX asr boshlariga kelib Amerika Qwshma Shtatlarida 200 mingga yaqin hindilar qolgan, xolos. Hozir Lotin Amerikasida hindilar aholining 15%ni tashkil qiladi. XVI asrning oxirlarida portugaliyaliklar qul «ovlash» niyatida Janubiy Amerikaning ichki qismiga yurishlar wtkazib, bir necha ming hindilarning yostig`ini quritganlar. Shu davrdan boshlab Amerika, Evropa tarixida eng fojiali va dahshatli sahifalar boshlandi. Boy plantatorlar qirilgan hindilar wrniga ishchi kishiga muhtoj bwlib qwshimcha qul olib kelishga majbur bwladilar. XVI asrning birinchi chorag`idayoq Vest-Indiya va Braziliyaga Afrikadan zwrlab minglab negrlarni keltira boshlaydilar. Wsha davrda Afrika negrlariga chinakam ov boshlanadi. Kuch bilan bosib olib keliingan bir necha ming qora tanlilar halok bwlib ketgan. Negr qullarni zwrlab keltirish to XIX asr boshlarigacha davom etgan. Afrikadan keltirilgan qullarning umumiy soni haligacha ma`lum emas. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, faqat Braziliyaga qullikka Afrikaning asosan, g`arbiy qismidan 10 millionga yaqin negr keltirilgan. Hozirgi AQShda 25 millionga yaqin negr yashaydi. Amerikaning ayrim mamalkatlarida (asosan, Vest-Indiya orollarida) negrlar hatto aholining kwpchilik qismini tashkil qiladi. Wtgan asrning wrtalariga kelib Amerika qit`asining etnik qiyofasi ancha wzgarib ketgan. Shimoliy Amerika aholisining asosiy qismi Shimoliy-G`arbiy Evropadan dastlab Britaniya orollaridan kelgan elatlardan iborat ediyu Meksikada va butun Janubits amerikada ispanlar, Braziliyada portugallar hekmron etnoslar bwlib, hozirgi davrda 200 milliondan ortiq kishi ispan tilida gapiradilar. Butun Amerikada ingliz tilida gapiradigan aholi soni ham shuncha. Frantsuz tilini 15 million, italyan tilini 8 million kishi wz ona tili deb hisoblaydi. Shunday qilib, mustamlaka qilingan Amerika qit`asining tub aholisi bir necha asrlar davomida qirilib, kelgindi elatlar bilan aralashib juda kamayib ketgan va yangi etnoslar paydo bwlgan. 1775- 1783-yillardagi mustaqillik uchun kurashdan swng tashkil topgan AQSh Shimoliy Amerikaning ancha qismini bosib olib katta hududda wz hwkmronligini wrnatadi. Hozirgi davrda butun AQSh va Kanadada hindilar aholining 0,5 foizini 0,5 foizini hosil qiladi, xolos. Odatda Amerika xalqlarini wrganish muqaddimasi ularni xwjalik-madaniy mintaqa yoki tiplarga bwlib klassifikatsiyasi tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyil asosan, tabiiy sharoitga moslashgan xwjalik va maishiy turmush xususiyatlari bilan belgilanadi. Ammo biz Amerika tub aholisini asosan, uch qismga Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikaga bwlib ta`riflaymiz. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling