Etnologiya uzb
Xwjalik hayoti va moddiy madaniyati
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Xwjalik hayoti va moddiy madaniyati. Nihoyatda murakkab etnik jarayon Evropa
aholisining xwjaligida va moddiy madaniyatida ham wz aksini topgan. Bu erda yashovchi turli xalq va elatlar wziga xos umumiy xususiyatlar bilan bir qatorda umumiy Evropa madaniyatini yaratganlar. Evropa xalqlarining xwjalik shakllari deyarli bir xil. Chunki, butun Evropa asosan, mwtadil iqlimli sonada joylashgan. Eng qadimiy davrlardan neolit va bronza zamonida paydo bwlgan dehqonchilik xwjaligi barcha xalq va elatlarning iqtisodiyoti hamda turmushini belgilab bergan va kwp asrlardan beri xwjalik hayotining negizini hosil qilgan. Qadimgi davrlardagi Evropa nihoyatda yuksak xwjalik madaniyatini yaratgan edi. Ammo madaniyat darajasi quyi elatlar istilosidan keyin Rim imperiyasi yumirilib xwjalik hayoti butunlay tushkunlikka uchraydi. Albatta, ajoyib an`analar zamini kuchli bwlganligi tufayli qisqa muddat ichida wrta asrlar iqtisodiyotida qaytadan tiklanish namoyon bwladi. Masalan, Italiya va Janubiy Frantsiya vinochiligi, Angliyaning qwrg`ohin konlari, Venetsiyaning shisha ishlab chiqarish sanoati qadimiy Rim va Vizantiya an`analarini wrta asrlarda ham davom qildirgan. Lekin ilk wrta asrlardagi umumiy iqtisodiy tushkunlik XIV-XVI asrlarga kelib muayyan tarixiy sabablarga kwra butun Evropada sotsial iqtisodiy taraqqiyotni juda tezlashtirib xwjalik jihatdan butun jahondagi mamlakatlarga nisbatan oldinga wtib olish imkoniyatini yaratib bergan edi. Shubhasiz, uning iqtisodiyoti, yuqorida qayd qilinganidek, peshqadam bwlishiga qit`aning qulay geografik joylanishi, keng dengiz sohillari va juda kwp qulay vositasini bajaruvchi daryolar, nisbatan boy tabiiy sharoitning mavjudligi muhim rol wynagan. Oqibatda buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Evropa mamlakatlari swnggi turt asr davomida butun dunyodagi xwjalikka bosh bwlib, jahon kapitali bozorining rahbari bwlib tanilgan. Faqat cheksiz musibat, qirg`in va xarobalik keltirgan ikkinchi jahon urushi tufayli, jahon bozori xwjaligining peshqadami vazifasi AQSh bilan Yaponiyaga wtdi. Urushdan keyin Evropada bir necha mustail mamlakatlarning paydo bwlishi uning xwjalik taraqqiyotiga muayyan ta`sir kwrsatdi. Hozirgi davrda Evropaning xwjalik hayoti avvalo uning industriyasi bilan belgilanadi. Jahondagi 22 ta eng yirik industrial davlatlarning 12 tasi Ushbu mintaqada joylashgan: Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Niderlandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Chexiya, Slovakiya, Ruminiya. Ammo ayrim davlatlarda boshqa sohalar rivojlangan. Masalan, Avstriya, Shveytsariyada sanoatga nisbatan xizmat kwrsatish sohasi milliy daromadning asosini tashkil qiladi. Skandinaviya xwjaligining hukmron sohasi baliqchilik hisoblanadi yoki Daniya, Niderlandiya, Frantsiya va Vengriya rivojlangan sanoatga ega bwlsa-da, eksport mahsulot mahsulot 92 yetishtiradigan yirik qishloq xwjaligiga ega mamlakatlardir. Hozirgi Evropa sanoatining barcha sohalari yuksak rivojlangan, ammo, eng yirik tarmog`i mashinasozlik hisoblanadi. Evropadagi davlatlar hissasiga jahondagi mashina va uskunalar ishlab chiqarishning uchdan ikki qismi twg`ri keladi. Eng kwp eksport mahsulotlaridan har xil stanoklar, elektrotexnika va twqimachilik uskunalari ilmiy va nazorat wlchov asboblari, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar va boshqa mashinasozlik tovarlari. Evropa kemasozlik va maishiy elektronika (televizor, priyonik va hk.) asboblarni eksport qilishda Yaponiyadan, samolyotsozlik, hisoblash mashinalari, radio va teleapparaturalar ishlab chiqarishda AQShning yirik mashinasozlik mahsulotlariga nisbatan yuqori turadi. Bu sohada Vengriya, Germaniya, Polsha, Chexiyaslovakiya mashinasozlik mahsulotlari jahon bozorida yuksak baholanadi. Swnggi yillarda G`arbiy Evropa ximiya sanoati nihoyatda tez sur`atlar bilan wsa boshlagan. Evropaning ayrim mamlakatlari jahon bozorida plastik materiallar, sintetika va sun`iy tolalar, farmatsevtika, lak va bwyoqlar, azot wg`itlar kabi kimyo mahsulotlarini chiqarishda birinchi wringa kwtarilgan. Ayrim mamlaktalar (Shvetsariya, Belgiya, Niderlandiya) tor sohada mutaxassislashsa- da, (asosan, farmatsevtika va neft mahsulotlari ishlab chiqarishda), tashqi bozorga ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining uchdan ikki qismini yetkazib beradi. Evropaning an`naviy sanoat tarmoqlaridan metallurgiya, kemasozlik, twqimachilik, tikuvchilik, shisha, chini, kwnchilik va payabzal, wrmon va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 70-yillarda ancha kamayib ketgan. Evropaning g`arbida yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ham kamayib sharqiy mamlakatlarda ancha wsgan, oqibatda tekstil, tikuv, poyabzal va boshqa yengil sanoat mahsulotlarini keyingi yillarda g`arbiy Evropalik mamlakatlar sharqiy wlkalardan import qilishga majbur bwlyaptilar. Hozirgi yngil sanoat sohalaridan oziq-ovqat ishlab chiqarish qishloq xwjaligi bilan uzviy bog`lanib agrosanoat majmuasini tashkil etmoqda. Mazkur jarayonning bugungi ahvoli va uning taraqqiyoti qishloq xwjaligining wsish darajasi bilan bevosita bog`liqdir. Nihoyatda zich aholiga ega bwlgan G`arbiy Evropa dehqonchilikka mos erlardan ancha siqilgan va unga mahtoj bwlsa-da, yuqori mahsulotli qishloq xwjaligini tashkil qilishga muyassar bwlgan. Evropa qishloq xwjaligi aholining oziq-ovqatga, dastavval inson uchun eng muhim bwlgan gwsht, sabzavot va meva mahsulotlariga ehtiyojini qondirish imkoniyatini yaratgan. Bu imkoniyatga qishloq xwjaligida ishlab chiqarishni industirlashtirish, ximiyalashtirish va mexanizatsiyalash orqali erishilgan. Umuman, Evropada qishloq xwjalik ishlab chiqarish sanoatga nisbatan sekinroq rivojlangan bwlsa-da, urushdan keyingi yillar ichida uning hajmi wrtacha ikki-uch hissa wsgan. Kwpgina Evropa mamlakatlarida chorvachilikka alohida e`tibor qaratiladi. Hatto, dehqonchilik chorvachilikka bwysindirilib, yem-xashak yetishtirish asosiy tarmoqqa aylangan. Swnggi yillarda yem-xashakka dehqonchilik mahsulotlaridan tashqarii baliqchilik mahsulotlari ham ishlatilmoqda. Evropa dehqonchiligi mamlakatlar orasida ekiladigan ekinlari bilan bir oz farq qiladi, xolos. Misol, markaziy qismidagi mamlakatlarda asosan, bwg`doy, arpa, suli, swnggi asrlardan boshlab kartoshka; janubiy hududlarida, ayniqsa, Chexiyaslovakiyada, Ruminiya va Bolgariyada makkajwxori, Italiyada sholi va boshqa don hamda poliz ekinlari ekiladi, bwg`dorchilik va uzumchilik juda keng tarqalgan. Janubiy Evropada uzumzorlar, zaytun daraxti, anjirzorlar kwp uchraydi. Gretsiyada paxta va tamaki yetishtirish muhim xwjalik sohasi hisoblanadi. Shimolda qadimiy davrlardan uzumchilik, bodom va har xil mevalar kwp yetishtiriladi. Zaytun ekinlari Ellinlar tomonidan Pireney yarim oroliga qadim davrlardan keltirib ekilgan, hozir Ispaniya zaytun yog`i ishlab chiqarishda jahonda birinchi wrinda turadi, uzumzorlar maydoni bwyicha ikkinchi wrinda, uzum yetishtirish va vino ishlab chiqarishda uchinchi wrinda (aholi jon boshiga hisoblaganda vino ishlab chiqarishda Portugaliya birinchi wrinda) turadi. Chorvachilik hamma xalqlar orasida tarqalgan. Italiya, Karpat, Bolqon va Alp tog`li hududlarida qwychilik muhim xwjalik sohasidir. Skandinaviya mamlakatlarida, frantsuzlar, 93 irlandiyaliklar, valiylar va britanlarda qoramol chorvachi rivojlangan va shu asosda sut mahsulotlari ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Chorvachilikka asosan, gusht va sut olinadi, turli yuqori sifatli mahsulotlar yetishtiriladi. Kelt xalqlari dehqonchilikda asosan, yem-xashak yetishtirish bwyicha ixtisoslashganlar. Evrpopada buguchilik bilan shug`ullanadigan yagona xalq saamlar hozirgacha yarim kwchmanchi holatda yashaydiyu Finlarning an`naviy xwjaligi qoramol boqish, gwsht, sut mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ularda erkin dalalarning uchdan ikki qismi yem-xashak ekinlari bilan band. Dengiz sohillarida yashovchi norveglar, islandiyaliklar, gollandlar, shuningdek, Markaziy va Shimoliy dengiz aholisi-nemislar, inglizlar, grek va ispanlar hayotida baliqchilik eng muhim xwjalik sohasi bwlib, ularning asosiy tirikchilik manbaidir. Hunarmandchilikning badiiy sohalari har bir Evropa xalqida qadimdan rivojlanib kelgan va ular asosan, shaharlarda sex tartibida joylashgan. Qishloqlarda esa dehqonchilik ehtiyojini qondiradigan kasblar rivojlangan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan ishlab chiqarishining paydo bwlishi Bilan yirik fabrika-zavodlar vujudga keldi. Hozir an`naviy mayda hunarmanchilikning badiiy sohalari, masalan, kulolchilik, shisha ishlab chiqarish, zargarlik, kashtachilik, musiqa asboblari va wyinchoqlar ishlab chiqarish, gilam va palos twqish kabilar ayrim mamlakatlarda saqlangan, xolos. Norveglar, shvedlar, nemislar, shveytsariyaliklar va avstraliyaliklarda yog`och ustunlar, eshik, rom hamda uy-rwzgor bayumlariga wyma naqshlar berish ancha rivojlangan. Maishiy turmushning an`naviy xususiyatlari kwproq uy va uy-rwzg`or buyumlari, kiyim va taomlarda namoyon bwlmoqda. Eng qadimiy zamonlarda paydo bwlib hazirgacha wsib kelayotgan shaharlar Evropaning wziga xos madaniyatini yuzaga keltirgan va butun jahonga tarqatgan. G`arbiy Evropada urbanlashtirish tufayli shaharlarda hozir butun aholining beshdan uch qismi joylashgan. Belgiya, Shvetsiya va Germaniya shahar aholisi beshdan twrt qismini tashkil qiladi. Janubiy Evropa mamlakatlarida sanoat jihatdan kam rivojlangan Portugaliya va Gretsiyada butun aholining taxminan 40 foizi shaharlarda joylashgan. Ayrim wlkalarda shahar tipiga besh ming aholiga ega bwlgan qarorgohlar (Niderlandiya, Avstriya, Belgiya), ayrim joylarda esa (Germaniya, Frantsiya va Norvegiyada) ikki mingdan va ba`zilarida hatto ikki yuztadan ortiq aholiga ega bwlgan qishloqlar (Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya) kiritilgan. Evropa qishloqlari ham qadimiy davrlarda paydo bwlgan. Ular wzining joylashishi, qurilish tiplari va shakli bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Tor, zich, twp bwlib qurilgan uylardan iborat qishlqlar wtmishda janubiy Polshada, Germaniyada, Ispaniyada, Bolqon yarim orolida va boshqa erlarda paydo bwlgan. Chexlarda, ba`zan nemis va polyaklarda ham qadimgi chorva aholisining qwra tevaragida joylashganidek markazida maydonli doirasimon qurilgan qishloqlarni hali ham uchratish mumkin. Twg`ri kwchali qishloqlar kam bwlgan. Ayrim mamlakatlarda uylari ywl bwyila qurilgan qishloqlar, xutor tipidagi ayrim hovlili qarorgohlar ham uchraydi. Qoshloq markazida qad kwtargan cherkov tevaragida doirasimon shaklda tartibsiz qurilgan uylar ham saqlanib qolgan. Qishloqlar hozir ham wzining shakli va tiplari bilan farqlanadilar. Butun Evropada bir hovlili yoki ikki-uch hovlili qoshloqlar kwp uchraydiyu Shimoliy Italyada, Germaniyaning shimoli- g`arbida, Norvegiyada va Angliyaning shimolida bir hovlili qarorgohlar kwp uchraydi. Markaziy Evropa, Frantsiya, Italiya va ichki Ispaniyaning tekisliklarida qamdimiy jamoa hayoti bilan bog`liq bwlgan kwp hovlili qishloqlar hozirgacha saqlangan. Agar qishloqlarni qurilish ashyolariga qarab tasniflasak, butun Evropani taxminan ikki qismga bwlish mumkin. Janubiy qismida uylar asosan, toshdan, shimoliy qismida yog`ochdan qurilgan. Ammo Shimoliy Evropaning ayrim mamlakatlari, masalan, Angliyada, qadimdan tosh uylar, ba`zan janubida ham (ayniqsa, wrmonlar kwp bwlgan davrda) Wrta dengiz sohillaridagi mamlakatlarda, yog`ochdan qurilgan qarorgohlar uchraydi. Masalan, Qadimgi Gretsiyaning klassik arxiekturasida ilgari ishlatilgan yog`och ustunlari wrnini tosh ustunlar egallagan va nihoyatda ajib san`at namunasiga aylangan. Tosh qurilishining namunalari hozirgacha Wrta dengiz sohillaridagi mamlakatlarning ba`zilarida va Frantsiyaning g`arbiy qismida uchraydi. 94 Qoshloqlardagi zamonaviy uylar shaharlardagi kabi pishiq g`isht, beton va shunga wzshash hozirgi qurilish materiallaridan qurilmoqda. Chshash xonalarining xwjalik hujrasi bilan birligi yoki xwjalik inshootlarining ayrim qurilishi bilan bir farq qiladi. Masalan, Germaniya, Alp tog`lari va Janubiy Frantsiyada asosan, turar-joy va xwjalik qurilishi bir joyda joylashgan. Skandinaviya mamlakatlari, Shimoliy Frantsiya, Bolqon yarim oroli mamlakatlarida xwjalik inshootlari kishi yashaydigan uylardan ayrim holda qurilgan. Uylar ham qurilish ashyolari va tom shakliga, yashash va xwjalik xonalarining tuzilishiga qarab bir necha tiplarga bwlingan. Butun Evropada gorizontal bir xonali shaklga ega uylardan bir necha qavatli kwp xonali dabdabali imoratlar kwp uchraydi. Masalan, Janubiy Evropada, ya`ni Wrta dengiz sohillarga yaqin hududlarda toshdan qurilgan katta ikki-uch qavatli uylar keng tarqalgan, odatda bunday uylarning pastki qavati xwjalik xonalaridan iborat bwladi, Shveytsariya, Shimoliy Italiya, Yugoslaviya, Avstriya, Janubiy Germaniyada poydevori toshdan wzi yog`ochdan qurilgan alp uylari ancha ajralib turadi. Xwjalik va yashash xonalari yaxlit tarzda qurilgan imoratlarni frankon yoki yuqori nemis uylari deb ataydilar. Shimoliy va Shimoli-G`arbiy Germaniya, Daniya va Gollandiya tomonlarida bir qavatli, katta hovli va darvozali xwjalik qurilish binolari bilan sinch uylar yoki g`isht bilan wralgan sakson uylari ham wziga xos xususiyatga ega. Tog`li hududlarda yog`och va butalardan qurilgan oddiy uylar ham uchraydi. Umuman arxaik qurilish san`ati asosan, xwjalik xonalarda kwproq saqlangan. Uylarni jihozlash milliy an`nalar bilan bog`liq. Umumiy buyumlardan, har xil yog`och mebellar, temir, shisha, chinni va sopol idishlar, turli bezklar va pardalar bilan bezaganlar. Evropa mebeli va servislari hozirgacha jahon miqyosida namuna bwlib kelmoqda. Evropa xalqlarining kiyimlari eng oddiy paleolit davridagi etakchalardan to hozirgi zamonaviy kiyimlargacha bwlgan davrni bosib wtgan. Endi butun evropaga tarqalgan shahar sarpolari deyarli barcha erdan milliy kiyimlarni siqib chiqargan, Evropa kostyumlari wzining noqulayligiga qaramay hatto issiq tropik mamlakatlarga ham tarqalmoqdayu Xalq kiyimlarini asosan, bayramlarda, festival yoki karnavallarda, xor va ansambllarda uchratish mumkin. Ilgari, Ayniqsa, wrta asrlarda har birtabaqa wzining kiyim turiga ega bwlgan. Hozir milliy, tabaqalanish kiyimlarda sezilmaydi, balki ular kosmopolitik tuzga kirgan. Albatta, ayrim xalqlarning qishloq aholisiga shahar kiyimi keng tarqalsa-da, milliy sarpolar saqlangan. Masalan, Italiya qishloqlarida haligacha erkaklar kalta tizzadan pastgacha shim (pantalon), oq uzun yengli kwylak (kashicha), kalta kurtka (jakka) yoki yengsiz jilet (panchotto), boshiga shlyapa yoki beretto (xaltasimon telpak) kiyadilar. Ayollarda uzun yubka (chwnna) va etak (trembuile), kashtali oq kwylak (kamicha), beligacha kalta kofta (korsetto) va jilet (jakatto yoki jibetto), boshiga rwmol (fatsoletto), Alp tog`larida tagi yog`och tufli yoki xom teridan tikilgan yengil sandal (chochi) kiyiladi. Frantsuz ayollarining milliy kiyimlari ham Italiya ayllarning kiyimlariga wxshab ketadi. Erkaklari esa uzun top shimlar, tik yoqali kwylarlar, jilet va bwyniga rwmol, fetra yoki somon shlyapa kiyadilar. Keyingi yillarda bluzka kiyiladigan bwlgan. German xalqlarida erkaklar yengli yokei yengsiz ikki buklam matodan tikilgan kwylak, uzun ishton, kamarasta teri wltonli kavush kiyiladi. Ayollarning ham ust kiyimi ikki buklam matodan tikilib maxsus fibula bilan egniga bog`langan, keyinchalik keng tikiladigan bwlgan. Ularda eskidan kapushonli plash ma`lum bwlgan. Janbiy germanlarda yengil kiyim, shimolda esa issiq va qalin jun matodan korsaj, kofta, yubka, etak (fartuk) tikkanlar. Hozir ham Gessen aholisi orasida bir yoki bir necha qavatli (ba`zan 20 qavatli) yubka kiyiladi. Frankoniya ayollarining an`naviy kiyimlari qizil yoki jigarrang matodan yubka yoki etaklar tikilib kashtalanadi. Shveytsariya ayllari aksincha, qoramtir yoki frankonlar singari qizil rangli yubka va fartuk; kumush bezkli qora belnimcha, keng kashta yengli kofta kiyadilar. Norvegiya ayllarining bayram kiyimlarining turlari 120 dan ortiq. Butun German xalqlarida hozirgi davrda umumiy Evropa kiyimlari tarqalgan bwlsa-da, milliy belgilari (rangi, bezaklari va hk.) mustahkam saqlangan. Ayniqsa, kelt elatlarida bayram vaqtida milliy sarpolarga bezanish odat tusiga kirgan. Masalan, bretonliklarda 66 xil ayol kiyimlari mavjud. 95 G`arbiy va janubiy slavyanlarning milliy kiyimlari nihotyada rang-barang. Ularda ilk wrta asrlardan boshlab aholi tabaqalangan va sinflarga qarab kiyimlari farq qilgan. Wtmishda erkak va ayllarda kiyimlari asosan, kanopdan tikilgan twg`ri yoki burma yoqali uwylak. Ayrim xalqlar (Moraviya, Slovakiya, G`arbiy Prikarpate)da ayollar egniga ip bog`langan yengsiz kwylaklar kiygan. XIX asr birinchi chorag`ida slavyanlarda Evropa yubkasi keng tarqalgan. Qadim slavyanlarda ustki kiyim yarim Pwstin, chakmon (kaftan), yengsiz kamzul (jilet), plashning har xil turlari mavjud. Bosh kiyimlariga qarab ayrim etnoslarni ajratish mumkin (keng slavyan teri telpaklari, turli rwmollar, shlyapa va feskelar, jun movutdan tikilgan dwppilar). Poyabzallar turli xilda (brodnya, teri bashmoq, yumshoq tufli, tagi yag`ochli sandal, junli nogovitsa va hk.). Hozir milliy kiyimlar Markaziy va Janubiy Evropaning ayrim viloyatlarida uchraydi va ular asosan, san`at festivallari, fol`klor jamoalarining badiiy chiqishlarida namoyish qilinadi. G`arbiy Evropa xalqlarining milliy xususiyatlari kwproq taomlarida namoyon bwladi. Masalan, roman xalqlarida italyanlarda sevimli taomlardan makaron mahsulotlari juda keng tarqalgan. Ularda kunduzgi ovqatga birinchi pomidor qaylasi yoki yog` va suzma, ba`zan qiyma gwsht solingan xwrda. Dehqon chwrvasi (dzuppasi)ga loviya va sabzavot solib pishiriladi va nom twg`raladi. Keyin polenta (makkajwxori atalasi), qovurilgan sabzavot, salat, meva, suzma iste`mol qilinadi. Kunduzgi ovqatga albatta uzum vinosi yoki sevimli ichimlik kofe beriladi. Frantsuzlarning milliy taomlari nihotyada boy va rang-barangligi bilan mashhur. Taomlarida sabzavot va yemishli ildizli mahsulotlar, quyon va parranda gwshti, djanubda kaptar gwshti muhim ahamiyatni egallaydi. An`anawiy sevimli taomlardan qaynatilgan wsimlik yoqiga pishirilgan gwsht bilan bifshteks va kartoshka, piyozli qaynatma shwrvaga pishloq solish keng tarqalgan. Provansda qalampirli turli baliqlardan pishirilgan shwrva (buyabez) ancha obrw qozongan. U erda dengiz jonivori-ulitkani sarimsoq va non bilan iste`mol qilishni yaxshi kwradilar. Janubda har xil zaytun va dorivorlar taomga ishlatiladi. Kuniga ikki marta taomga uzum vinosi berish shart. Umuman frantsuzlar vino iste`mol qilishda jahonda birinchi wrinni egallaydilar. Qadimgi kelt xalqlarida, masalan, Buyuk Britaniyada, Evropa taomlaridan uncha farq qilmasa ham, wziga xos milliy taomlar, ayniqsa, don solib shipirilgan shwrvalar, swli atalasi, gel va irlandiyaliklarda baliq va sutli taomlar mavjud. Ular shwrvaga qwy yoki mol ichak-chovog`i va qatqorinlarini solib, suli uni bilan pishirib (xaggis) qalampir, piyoz solib eyishni yaxshi kwradilar. Eng sevimli ichimliklari pivo (el) va viski. Janubiy xalqlar kwproq sabzavot (karam, pomidor, sarimsoq, piyoz, sabzi, kartoshka) va mevani kwproq iste`mol qiladilar. Vengerlarda chwchqa gwshtidan turli taomlar tayorlanadi. Slavyan xalqlarining taomlaridan xamir ovqat mahsulotlari kwproq wrinni egallaydi. Dengiz va daryo sohilarida yashovchi elatlar baliqdan turli xil taomlar tayyorlaydilar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling