Etnologiya uzb
Volga-Kama bwyi xalqlari va Moldavanlar
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropologik jihatdan
Volga-Kama bwyi xalqlari va Moldavanlar: Sharqiy Evropa qismidagi noslavyan
xalqlardan Wrta Povoljeda va Kama bwyida joylashgan udmurdlar, mariyalar, mordvalar, chuvashlar, tatar va boshqirdlar wziga xos tarixiy-etnografik hududni tashkil qiladilar. Tarixiy- etnografik jihatdan bu xalqlarga Kama bwyida va evropaning shimolida yashovchi mazkur komi- permyak va komiziryanlar yaqin turadi. Antropologik jihatdan bu xalqlar katta evropoid irqining turli tiplariga mansubdir. Ammo kwchpiligi evropoid irqi bilan qisman mongoloid belgilarini wzida mujassamlashtirgan tiplardir. Til jihatdan butun Volga-Kama xalqlari ikki guruhga bwlingan: urdmurd, mariy va mordvalar finno- ugor til guruhiga, chuvash, tatar va boshqirdlar oltoy lilasining turk guruhiga kiradi. Vyatka-Kama sohillarida qadimiy davrlarda joylashgan qablalarning avlodlari hi soblangan udmurtlar (eski nomi votyaklar) hozir 720 ming kishidan ortiq. Ular asosan, Udmurtistonda, qisman qwshni Mariy, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalarida, perm va Ekateringburg viloyatlarida yashaydilar. Milodning I ming yilligi oxirlarida va II ming yilligi boshlarida qadimiy udmurtlarning etnik tuzilishiga Volga-Kama bulg`orlari ma`lum ravishda ta`sir qilgan. 1236 yildan keyin ular mwg`wl- tatar istilosiga uchraydi va XVI asr wrtalariga kelib shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy erlari Qozon xonligiga wtadi. 1559 yilda Udmurd eli butunlay rus davlati tasarrufiga wtadi, wsha davrdan udmurt xalqi shakllana boshlaydi. Ilgari cheremislar deb atalgan mariy xalqi (hozir 640 ming kishi) bizning eramizning boshlarida dastlab Wrta Volganing swl sohillarida, Vetluga va Vyatka daryolarining oralig`ida yashagan qabilalardan kelib chiqqan. Ular asta-sekin sharqiy hududlarga siljib hozirgi hududni egallab olganlar. Keyingi etnik jarayonda mariylar uch guruhga bwlinadi. Volganing baland qirg`oqlarida joylashgan tog`liq mariylar, chap -qirg`oqlarda wrnashgan yaylov mariylar va sharq tomondagi qwshni wlkalarda (Boshqidiston, Tatariston va Udmurdistonda, Novgorod, Perm va Ekateringburg viloyatlarida) mariylar joylashgan. Mordva qabilalari asli Oka, Sura va Wrta Volga daryolari oralig`ida joylashgan. Ular XII asrdan ruslar bilan yaqin munosabat wrnatganlar. Hozirgi mordva xalqi esa milodning boshqalarida ikkita yirik qabila ittifoqi hisoblangan g`arbdagi moksha va sharqdagi erzya etnik jarayoni tugallanib xalq sifatida shakllangan. Ular shu kungacha wzlarining an`naviy madaniyatida ba`zi xususiyatlarni saqlab kelganlar. Volga bwyidagi turkiy xalqlarning etnogenezi ancha murakkab. Wrta Volgabwyi va ayniqsa, uning janubiy hududlari uzoq davr ichida bir necha marta fin tillaridagi qabilalar bilan kelindi hind- evropa tilidagi skiflar, alanlar va boshqa qabilalar, keyinchalik turkiy elatlar bilan aralashib ketgan. Dastlab turkiy qabilalar milodning III-IV asrlarida kela boshlagan va sharqiy Evropaga gunllarning 99 istilosi bilan bog`liq bwlgan. Volgabwyi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy finno-ugor xalqlarining madaniyatini qabul qilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy oqimlar bwlgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural hududiga bostirib kirgan, ulardan keyin XII-XIII asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bwlg`orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman wng qirg`oqlarini Kama bwylarigacha bwlgan hududni egallab mahalliy turk va finno-ugor qabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulg`oriyasi nomli ilk feodal davlatini yaratganlar. Hozir tatarlar Rossiyaning eng yirik millatlaridan biri bwlib, son jihatidan (6,6 mln.dan ziyod) yirik millatlar qatoriga kiradi. Ular Tatariston Respublikasining asosiy aholisi (47,4%)ini tashkil etsada, kwpchiligi (taxminan twrtdan uch) qismi wz respublikasidan tashqarida yashaydi. Tatarlar Boshqirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Ekaterinburg, Orenburg va Astraxan viloyatlarida, Janubiy Sibir va Uzoq Sharqda, Markaziy Osiyoda kwproq joylashganlar. Hozirgacha bir qadar farq qilgan tatar guruhlari XV-XVI asrlarda tashkil topgan tatar xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va hk.) davrida shakllangan edi. Shu asosda Wrta Volgabwyi va Uralbwyida qosim va boshqa tatarlar etnografik guruh sifatida wzaro farq qiladi. Etnografik jihatdan, ehtimol qadimiy finno-ugor qabilalaridan biri hisoblangan mesheralarni turklashtirish natijasida yuzaga kelgan misharlar yoki zwrlik Bilan nasroniy diniga wtkazilgan qozon tatarlarining bir qismi krashenlar va wg`wyboklar (nwg`oy tatarlari) alohida e`tiborga molik. Volga-Kama bwyidagi xalqlarining qadimgi davrlardan asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik bilan birga avchilik va baliqchilik iborat bwlgan. Ular wtgan asrda uch paykalli almashlab ekish tizimiga wtganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch va og`ir yog`och plug (sabon) bwlgan. XVII asrgacha boshqirdlar kwchmanchi va yarim kwchmanchi tarzida turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Yaylovlarning kamayishi bilan wtroq holtga wtib dehqonchilik qila boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalarichilik ham saqlangan. Wtgan asrdan wrmon sanoati ham paydo bwlgan. Volga bwyining pastki qismida joylashgan qalmoqlar asli Mwg`wlistonning Jungariya wyratlaridan kelib chiqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga kwchib kelib kwchmanchi bwlib yashaganlar. XX asrga kelibgina qalmiqlar wtroq turmushga wtib wzining yirik sanoati, ushchi sinfi, yuksak madaniyatiga ega bwlgan Rossiya tarkibidagi respublikani, ya`ni wz davlatlariga asos soldilar. Qalmiqlar wz respublikasidan tashqarii qisman Astraxan, Volgograd va Rostov viloyatlarida, Stavropol wlkasida ham yashaydilar. Umumun, butun Volga bwyi xalqlarining chinakam milliy uyg`onishi, madaniyatining gurkirab taraqqiy etishi va yashnashi wtgan asrdagina yuz berdi. Boy fol`klor, xalq musiqasi, wyinlari va amaliy san`ati, ayniqsa, kashtachilik, yog`och wymakorligi, badiiy tikuvchilik ancha rivojlangan. Mintaqa aholisi diniy jihatdan ikki guruhga bwlingan: musulmonlar va nasroniylar. Islom dini tatar va boshqirdlar orasida tarqalgan; nasroniylik Volga Bulg`oriyasining davlat dini hisoblangan va Volgabwyi Rossiya tasarrufiga wtgach keng tarqalgan. Ammo mahalliy qadimiy dinlarga sig`inishni davom etgan, totemizm, shomonizm va sehrgarlik tasavvurlari saqlangan. XIX asr boshlarida Moldaviyaning bir qismi (Prut va Dnestr wrtaligidagi Bessarabiya) Usmon imperiyasidan tortib olinib Rossiya tasarrufiga wtgan va wsha davrdan boshlab Moldava millati shakllana boshlagan. Moldavanlarning asosiy kasbi dehqonchilik va chorvachilik hisoblangan, ayniqsa, uzumchilik va bog`dorchilik rivojlangan. Dasht qismidagi moldavanlarning moddiy madaniyati xususiyatlaridan biri loydan qurilgan somon yoki qamish tomli uylarda yashashi, wziga xos kashtali kiyimlar va nihoyatda boy xalq ijodiga ega bwlishadilar. Ayniqsa, moldavanlarning raqs san`ati rivojlangan. Rossiyada 121 mingdan ziyod lwli (sigan)lar yashashadi. Ularni Kavkazda va Markaziy Osiyo davlatlarida uchratish mumkin. Ularning tillari hindoriy guruziga oid, ammo yashagan hududidagi mahalliy tillarni ham biladilar. Lwlilar Rossiyaga XV-XVI asrlarda Germaniya va Pol`sha orqali kwchib kelganlar. Hozirgi paytda lwlilarning kwpchiligi wtroq turmush tarziga wtib ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanmoqda. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling