Etnologiya uzb
Etnologiyaning asosiy maktablari va ywnalishlari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Etnologiyaning asosiy maktablari va ywnalishlari: Har bir fan wziga xos uslub,
kontseptsiya, maktab va ywnalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bwlgan, zamon talabiga 14 javob bera oladigan har xil maktab va ywnalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr wrtalarida nihoyatda keng miqyosida wtkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida twplangan boy ma`lumotlarni jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bwlgan evolyutsionizm, diffuzionizm, strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy ywnalishlar barcha gumanitar fanlarga kuchli ta`sir wtkazgan. Etnologiya faniga birinchi bwlib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilmiy kwrsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan wtgan evolyutsionistik tasavvurlar eng keng tarqalgan nazariy hisoblanadi, shuningdek, XIX asr Etnologiya fanida insoniyat madaniyati rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning wziga xosligini aniqlashga imkon yaratganligi alohida tag`kidlanadi. Mazkur maktab namoyondalari Angliyada Gerbert Spensen, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada Adolf Bastion, Teodor Bays, Frantsiyada Charl Leturno, AQShda Luys Genri Morgan wz qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan Etnologiya faniga salmoqli hissa qwshdilar, yangi qoydalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar. Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) wzining «Insoniyatning qadimgi tarixi twg`risidagi tadqiqot» (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion kontseptsiyasini ilgari surgan. Uning eng muhim g`oyasi – odam tabiatning bir qismi va u tabiatga xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi. Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1908), jamiyat va odomzod ichki va tashqi omillar ta`sirida rivojlanadi, degan g`oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qwshni jamiyat va xalqlar, ichki omilga – odamning irqiy tuzilishi, tabiati va ruhiyatining wziga xosligi kiradi. Sepser insoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog`lab insonning kamolot topishi uning tug`ma qobiliyati bilan bog`laydi. Va lekin tug`ma tabiat abadiy emas, u takomillashish xususiyatiga ega. Sperser evolyutsiya g`oyasini bir yuqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar gwyo jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta`rif beradi. Germaniyada Etnologiya fani va evolyutsionizm ta`lichopqi asos solgan Adolf Bastian (1826-1925) yirik ta`limotchi va Etnologiya fani tashkilotchisi bwlib tanilgan. U jahonning turli muntaqasida twqqiz marta wtkazilgan ekspeditsiyalari matijasida juda kwp etnografik materiallar twplab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bwlgan. Bastianning eng asosiy bosh g`oyasi shundan iborat ediki, barcha elatlar umumiy dunyokarashga ega bwlib, oddiylikdan murakkablikka wtish evolyutsiyasidan iborat. Etnologiya faniga evolyutsionizmi tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi wz zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi nazariyadan kwproq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi – iroxezlar va boshqa qabilalarni wrganishga bag`ishlangan asarlarida mazmunli va kwp qirrali g`oyalarni kwtarib chiqdi. Neoevolyutsionizm g`oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat twg`risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi va izdoshi Marshal Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi wrta tushuncha – madaniyat aslida simvol (belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchalar. Hozirgi davrdagi Evropa Etnologiyasida eng asosiy wrinni keng tarqalgan strukturalizm oqimi egalaydi. Juda kwp original etnologik asarlari bilan tanilgan iste`dodli frantsuz olimi Klod Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi. AQSh va G`arbiy Evropada uning fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat twg`risidagi Dyurkgeym ta`limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossuari g`oyalari ta`sirida tilshunoslikdagi struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strukturasi)ni sifvollar tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Levi-Stross asarlarining nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan kulga», «Qadah kwtarish odatlarining kelib chiqishi», 15 «Yalang`och kishi») fikrimizga dalil bwla oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini wrgangan Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini wziga xos qonuniyatga ega bwlgan yopiq sistema shaklida ta`riflaydi. Etnologiya fani qator Evropa mamlakatlarida yangi ilg`or g`oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga aylandi va tez sur`atlar bilan rivojlana boshladi. U g`oyaviy jihatdan ob`ektiv metodga asoslangan holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bwlishi, an`anaviy moddiy va ma`naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng miqyosda tadqiq qilishga kirishgan. Germaniyada Etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy kadrlarning bir qismi tatsizm tuzumi davrida halok bwlganligi, bir qismi chet ellarga qoshganligi tufayli fashistlik mavkura qoldiqlariga qarshi kurash olib borabarida rivojlandi. Barcha Evropa mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va muzeylar doirasida markazlashtirilgan. Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga kwtargan va jahon Etnologiya fanida wziga xos obrwga ega bwlgan maktabning paydo bwlishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm sahnasiga kwpatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash ywlida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini wrganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bwlgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bwlgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va ma`naviy madaniyatini wrganishdagi katta xizmatlari uchun Wzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni wrganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov, G.F.Debes, M.O.Kosmen, S.A.Tokarev, M.G.Levin, N.N.Cheboksarov, V.O.Dolgix, D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko bwldilar. Swnggi yillarda yetishib chiqqan va Etnologiya fanining rivojiga salmoqli hissa qwshgan tadqiqotchilar Yu.V.Bromley, Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.E.Markov, V.A.Andrianov, V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Kuzeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova, Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar wzlarining ajoyib asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda kwplab iste`dodli olimlar milliy Etnologiya fanini wz asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni har qilishda wzlarining muayyan hissalarini qwshib ketmoqdalar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling