Etnologiya uzb


Mustaqil wrganish uchun mavzular


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/141
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#226289
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Mustaqil wrganish uchun mavzular 
1.Etnografiyaning paydo bulishi va uning asosiy maktablari. 
2.Buyuk entsiklopedist olimlar xizmatlari. 
 


 
26 
 
biladilar,  ular  boshqa  (turkiy  bwlmagan)  etnoslar  bilan  aralashish  natijasida  ham  tashkil 
topganligini  inobatga  olmaydilar.  Qalam  sohiblari  qatorida  shundaylari  ham  borki,  ular  wzbek 
xalqining  kelib  chiqishini  Nuh  payg`ambarning  wg`li    Yofasdan,  Yofasning  wg`li  Tur  yoki 
Turkdan boshlaydilar. 
Ma`lumki,  uzoq  wtmishda  xioniylar  va  ular  tarkibidagi  barcha  qabilalar  Shimoliy  Xitoyda, 
Sibirda,  milodiy  I—II  asrlarda  esa  bepoyon  Qozog`iston    chwllarida  yashaganlar.  Ularning  ayrim 
guruxlari  shu  asrlarda  Movarounnahr  va  Xorazm  hududlariga  ham  kelib  joylashganlar.  Turk 
xoqonligi  Mwg`uliston  va  Ettisuv  hududlarida  (VI  asr  wrtalarida)  tashkil  topgan.  VI  asr  oxiri  — 
VII asr boshlarida Turk xoqonlari Movarounnaxrda, g`arbda Orol va Kaspiy dengizlari atroflaridagi 
katta xududda wz xukmronliklarini wrnatdilar. 
Turk  xoqonliklari  davrida  ham  ikki  azim  daryo  (Amu  va  Sirdaryo)  oralig`iga,  Xorazm 
wlkasiga va ularga tutashgan mintaqalarga turkiy xalklar, qabilalar kelib wrnashgan edilar. Demak, 
Movarounnahr  va  Xorazm  aholisi  xioniylar  va  turk  xoqonliklari  davrlarida  kelgan  etnoslardan 
tashkil topgan va ulardan wzbek xalqi kelib chiqqan degan fikr tug`iladi. Shunday bwlishi mumkin 
edi,  qachonki  xioniylar  yoki  turk  xoqonliklari  Movarounnaxr  va  Xorazmni  egallaganda  bu 
xududlarda  ular  kelmasidan  oldin  ham  aholi  yashamagan  yoki  ularning  zarbasidan  bu  erlarda 
yashab  kelgan  xalqlar  batamom  qirib  yuborilgan  bwlsa.  Tarixdan  bizga  yaxshi  ma`lumki,  unisi 
ham, bunisi ham bwlmagan. 
Xioniy  qabilalari  kirib  kelgan  kezlarda  Movarounnahr  va  Xorazm  hududida  xorazmliklar, 
swg`diylar,  kushonlar,  qang`arlar  va  bir  qancha  boshqa  xalqlar  yashagan.  Bu  hududlarni  Turk 
xoqonligi  egallaganda  (VI  asrning  ikkinchi  yarmi)  esa  xorazmliklar  va  swg`diylar  qatorida 
kidariylar, xioniylar, eftaliylar va boshqa xalqlar ham bwlgan. 
Movarounnahrning  siyosiy  boshqaruvi  avval  xioniylar  qwlida  bwlib,  V  asrning  birinchi 
yarmilarida eftaliylar qwliga wtadi. Shu asr davomida eftaliylar Sug`diyonani, Toxaristonning katta 
qismini, Sharqiy Turkistonni egallaydilar. Markaziy Osiyoda yirik eftaliylar davlati vujudga keladi. 
Ammo,  uning  hukmronligi  uzoqqa  bormaydi.  VI  asrning  60yillarida  turk  xoqonligi  zarbasidan 
eftaliy davlati emirladi. Movarounnaxrning asosiy xalqi wtmishda eroniy tilli bwlganligini uqtirish 
edi.  Ammo  tarixiy  manbalarni  sinchiklab  wrgangan  kishi  masalaga  buywsinda,  bir  tomonlama 
yondashish xato ekanligini tushunib olishi qiyin emas. 
Eftaliylar  mag`lubiyatga  uchragandan  keyin,  ularning  asosiy  kismi  Movarounnahr  va  unga 
yaqin  mintaqalarda  yashagan    edilar.    Ularning  faqat  ayrim  guruhlari  (asosan,  yarim  kwchmanchi 
guruhlari) Afg`oniston va Hindiston hududiga kwchib wtgan edilar.  Eftaliylarning ayrim guruhlari 
tarixchi  geograf  Gardiziyning  yozishicha,  Xurosonda  ham  yashagan.  Mova    Movarounnahrda 
qolgan  eftaliylar  shu  hududda  yashayotgan  qang`arlar  bilan  qwshilib,  tub  erli  turkiyzabon  etnik 
qatlamga  singib  ketgan  va  ularning  avlodlari  wz  etnik  nomlarini  hatto  bizgacha  saqlab  qolganlar. 
Uzbek  va  turkman  xalqlarining  tarkibida  XX  asr  boshlarigacha  abdal  etnonimi  mavjudligi  buning 
dalili bwla oladi. Abdal etnik guruxi boshqird xalqida ham mavjud bwlgan. 
Ma`lumki,  VI-asr  urtalarida    bir  necha  qabilalar  birlashishi  natijasida  turk  xoqonligi  tashkil 
topadi va qisqa vaqt ichida turk xoqonligi kuchayib, Markaziy Osiyonning katta qismini, jumladan, 
Movarounnahrni egallaydi. VI asrning 80-yillarida turk xoqonlari Eron Sosoniylari ustidan g`alaba 
qozonib,  Xuroson  viloyatining  bir  qancha  hududlarini  zabt  etadilar.  Ammo  bu  vaqtinchalik  edi. 
Eron bilan turk xoqonliklari orasidagi asosiy chegara Amudaryo bwlib qolgan edi. G`arbda esa turk 
xoqon. lari Volga va Qora dengiz sohillariga qwshin tortib borib, 576 yili Kerch` shahrini, 581 yili 
esa Xersonni va boshqa bir qancha shaharlarni qwlga kiritib, wz hukmronligini wrnatgan. 
Turk  xoqonliklari  davrida  (VI—VIII)  Wrta  Osiyoning  Markaziy  mintaqalariga  (Toshkent, 
Zarafshon,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  vohalari,  Farg`ona  vodiysi)  va  Xorazm  zaminiga  turkiy 
qabilalar kwplab kelishgan va ularning aksariy kwpchiligi shu hududlarda turg`unlashib qolgandi. 
VI—VIII  asrlarda  Movarounnahr  va  Xorazm  aholisini  etnik  tarkibini  quyidagicha  tasavvur 
qilish mumkin:  
a) qadimdan dehqonchilik, hunurmandchilik va, tijorat bilan shug`ullanib kelayotgan forseron 
tilli swg`diylar, xorazmiylar va boshqalar;  
b)  dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdosotiq  bilan  kun  kechirib'kelayotgan  turkiyzabon 


 
27 
 
aholi. Bu aholi yuqorida qayd qilganimizdek, wtroqlashib qolgan qang`arlar, xioniylar, eftaliylar va 
turk xoqonliklari davriga kelib turg`unlashib qolgan bir necha boshqa qabilalar;  
v)  yarim  wtroq  va  yarim  kwchmanchi  bwlib  yashayotgan  turkiy  tilli  va  forseron  tilli  etnik 
guruhlar.  Bu  guruhlar  asosan  voha  atroflarida,  tog`  oldi  qirlarida  yashab  dehqonchilik  bilan  bir 
vaqtda chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar;  
g) kwchmanchi, turkiyzabon qabilalar. Bular chwllarda va tog`oldi rayonlarda yashab asosan 
chorvachilik bilan shug`ullanib kelganlar. 
Yuqorida  keltirilgan  Movarounnahr  va  Xorazm  aholisi  tarkibidan  kwrinib  turibdiki,  bu 
hududlarda  qadimqadimdan  buyon  ikki  til  turkumidagi  (forseron  va  turkiy)  xalqlar  yonmayon  va 
aralash yashab kelganlar. Bular asrlar davomida birgaliqda shaharlar barpo qilganlar, kanallar qazib 
suv  chiqarganlar,  dehqonchilik  qilganlar,  boy  madaniyat  yaratib  avlodlariga  qoldirganlar.  Shuni 
ham  uqtirib  wtish  joizki,  bu  ikki  til  vakillari  asrlar  davomida  birga  yashab  kelishlari  natijasida 
forseron  tilli  aholining  ma`lum  qismi  turkiylashadi,  wz  navbatida  turkiy  tilli  aholining  ayrim 
guruhlari  eronfors  tilini  qabul  qilib,  swg`diylarga,  xorazmiylarga  va  boshqalarga  aralashib 
ketganlar. Demak, etnoslarning wzaro yaqinlashishi, aralashishi va qorishib borish jarayoni har ikki 
til vakillari orasida wtgan. 
VIII asr boshlarida arablar Movarounnahr va Xorazm hududlariga bostirib kirgan vaqtlarda bu 
hududlardan faqat ayrim kwchmanchi qabilalar chekinib ketgan bwlishi mumkin. Turg`un va yarim 
wtroq  turkiyzabon  aholi,  swg`diylar  va  Xorazmning  tub  erli  aholisi  uz  hududlarida  qolib  arablar, 
keyinchalik (IX) Somoniylar hukmronligi ostida yashaganlar. 
Ettisuvda,  Buyuk  Ipak  ywlidagi  shahar  va  qwrg`onlarda  dehqonchilik,  hunarmandchilik  va 
tijorat  bilan  shug`ullanib  kelgan  turg`un  turkiyzabon  aholi  qisman  swg`diylar  va  har  erdan  kelib 
wrnashib qolgan (kwpincha, Xitoydan, Mwg`ulistondan) xalkdar yashaganlar. 
Turkesh  xoqonligi  davrida  Ettisuv  aholisi  bilan  Movarounnahr  aholisi  wrtasidagi  etnik, 
iqtisodiy va madaniy aloqalarda ma`lum wzgarishlar bwlgan. Ayrim jabhalarda (tijorat, madaniyat 
va  ma`naviyatda)  wzaro  yaqinlashish  birmuncha  rivojlangan.  Movarounnahrda  qat`iylashib 
borayotgan  islom  dini  Sirdaryoning  wrta  oqimlaridagi  shahar  va  qishloqlarga  va  ayrim  etnik 
guruhlarga  ham  etib  borgan.  Lekin  turkesh  xoqonlari  bilan  arab  noiblari  wrtasidagi  munosabatlar 
keskinlashib, Movarounnahr bilan bwlgan aloqalar deyarli uzilib qolgan. 
766  yili  qarluq  qabila  ittifoqi  turkeshlar  ustidan  g`alaba  qozonib  Ettisuv,  Isfijob  (hozirgi 
Chimkent)  viloyati,  Shosh  (Toshkent  vohasi),  Sharqiy  Turkistonning  g`arbiy  qismi,  Farg`onani 
egallab  bu  erlarda  wz  hukmronliklarini  wrnatadilar.  IX  asrning  ikkinchi  yarmi  —  X  asrda 
Movarounnahrda Somoniylar xukmronlik qilar edi. 
Wzbek  ajdodlarining  alohida  etnik  birlik  (elat)  bwlib  shakllanish  jarayoni  qarluq  va 
somoniylar hududida wtadi. 
Shu  wrinda  ta`kidlab  wtish  joizki,  manbalarda  qarluq  davlati  hukmronlarining  «qora», 
«qoraxon» unvonlari kwp marotaba takrorlanganligi bois sharqshunos olim V. V. Grigor`ev mazkur 
davlatni  shartli  ravishda  «qoraxoniylar»  davlati  deb,  davlat  hukmronlari  nasablarini  «qoraxoniylar 
sulolasi» deb kwrsatgan  edi. Shundan swng bu iboralar bir qator boshqa tadqiqotchilar tomonidan 
ham takrorlandi va bu tarix sahifalarida wrnashib qoldi. 
Haqiqatda  esa  «qora»  atamasi  hukmronlik  qilib  kelgan  xoqonlarning  nasabini  anglatmagan. 
Bu  atama  ularning  unvoni  bwlib,  «buyuklikni»,  «ulug`likni»  bildirgan.  Qarluq  hukmronlari 
wzlarini  «buyuk  xoqon»,  «ulug`  xoqon»  yoki  «qoraxon»  unvoni  bilan  ulug`lab  kelganlar.  Biz 
mazkur ishda keyingi iborani qabul qilib IX—XII asrlarda faol kwrsatib kelgan qarluqlar davlatini 
Qoraxonlar (ulug` xonlar) davlati deb atashni ma`qul kwrdik. 
Yuqorida  Markaziy  Osiyo  aholisining  etnik  tarixiga  qisqa  nazar  tashlab,  tadqiqot  uchun 
mwljallangan  mavzu  —  «Wzbek  xalqining  shakllanish  jarayoni»  chegarasiga  etdik.  Mazkur 
mavzuni chuqur wrganishda tarixiy manbalar,  arxeologik, antropologik,  numizmatik, lingvistik va 
etnografik materiallardan keng foydalanilgan. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling