Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Etnik birlik aniq sharoitda, tabiiy tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan ijtimoiy
uyushmadir. Fanda etnik birlik bosqichining uch turi mavjud: qabila, elat va millat. Ketmaket almashib kelgan bu atamalar turli davrlarda vujudga kelgan; ular wz davrlariga xos xususiyatlari bilan birbirlaridan farq qiladilar. Qabila — ibtidoiy bosqichga xos etnik birlik. Qabila a`zolari birbirlari bilan qonqarindoshlik munosabatida bwlishi hamda urug`larga bwlinishi xususiyatlari bilan keyingi bosqichdagi etnik birlikdan (elatdan) farq qiladi. Bundan tashqari, qabilaning wziga xos tili, hududi, qabila a`zolarining wzaro hamkorlikda bwlishi (masalan, jamoa bwlib ov qilishi, qabila hududini himoya qilishi, birbirlariga yordam berishi va boshqa), qabila nomining (etnonim) mavjudligi, an`analarini bilishi va boshqa qabila uyushmasining xususiyatlaridan hisoblangan. Ibtidoiy bosqichning taraqqiy etgan etnik jamoalarida wzwzini idora qilish, urug`qabila boshliqlaridan tashkil topgan, maslahat (yig`in) majlisi orqali boshqarilgan. Ular barcha jamoa masalalarini hal qilish, jamoa yig`inlarida qabila boshliqlarini saylash hamda qator qabilachilik munosabatlarini boshqarganlar. Uzbeklarning eng qadimiy ajdodlari twg`risida ma`lumotlar juda kam. Sharq mustabidlari, ayniqsa, qadimgi Eron, bobil, Ossuriya hukimdorlari wzlarini ulug`lash maqsadida toshga bittirilgan zafornomalarida bosib olingan va bwysundirilgan elat va xalqlarni tilga olganlar. Shular ichida wrta osieliklarning qadimiy ajdodlari twg`risida ham ayrim ma`lumotlar mavjud. Ilk ezma manbalardan qadimgi Yunoniston va Rim mualliflarining asarlarida Orol bwyi va Oks hamda Yaksart, Movarounnahr va Baktriyada yashagan qabila va elatlar tilga olindi. Masalan antik davr mualliflaridan miletlik Gekatey, Strabon, Geradot, Arrian, Ptolomey va Ktesiy, sitsilyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsitlar uz asarlarida sak-massaget qabilalari, xorazmliklar, baktriyaliklar, parfiyaliklar va swg`diylar twg`risida ayrim ma`lumotlar keltirilgan. Eramizdan avvalgi II-I asrlardan boshlab arab istilosigacha Urta Osie xalqlariga tegishli ba`zi axborotlarni Eron mustabidlari salnomalarida, Xitoy sayehlarining ezuvlarida uchratamiz. Jumladan, qadimgi Farg`ona va Xorazm aholisi twg`risida eramizdan avvalgi II asrda bu erga kelgan Xitoy elchisi va sayehi Chjan Tszyanning ma`lumotlari diqqatiga sazovordir. Arab hukumronligi wrnatilgandan keyingi davrlvrda ilk wrta asr (IX-XII asrlar) mualliflaridan mashhur geograf va sayehlar ibn Xurdodbeh, al-Balxiy, al-Istaxriy, ibn Havqal, Mas`udiy, Equtlar uz saehatnomalarida zamondosh elatlar twg`risida nisbatan boy ma`lumotlar ezib qoldirganlar. Masalan, Xurosanda yashagan atoqli geograf olim Abu Zayd Balxiy 60 ga yaqin asarn ezgan. Uning asarlaridagi xaritalardan biri Buxorodagi somoniylar kutubxonasida saqlangan. Muallif mahalliy elatlar twg`risida ma`lumotlar beradi. Eronlik geograf va sayeh al-Istaxriy Balxiy bilan Samarkandda uchrashib, uning asarlarini wrganib yangi ma`lumotlar bilan twldirgan. X-asrda Balxiy va uning muxlislari butun Sharq xaritografiyasining samaralarini jam qilib, yaxlit bir asar shakliga solishgan. Ularning asarlarida er yuzi ta «iqlim» ga bwlingan. Urta Osiening buyuk mutafakkirlari-ajoyib entsiklopedist olim Muhammad al- Xorazmiy, faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, ulug` entsiklopedist olim Abu Rayxon beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, gnograf va tarixchi al-Farg`oniy, Abu Sa`d Abdul Karim, ibn Muhammad Sa`moniy kabilarning asarlarida wzbeklar va boshqa wrta osielik xalqlarning bevosita ajdodlari, ularning mayshiy turmush va madaniyatining ayrim tomonlari ta`riflangan. Shu ma`noda tarixiy va etnografik jihatdan nihoyatda muhim manbalardan biri «Dada-Kwrkut» qissasi ham diqqatga aszovordir. Xorazmda tug`ilib, Bag`dodda ta`lim olib, mashhur Ma`mun akademiyasi «Bayt al - hikma» da eng yirik namoyandalardan biri bwlib tanilgan 70 ta olimga xalifa dune atlasini tuzishni topshirib, unga Muhammad al-Xorezmiy boshliq qilib tayinlangan. Taxminan 840 yili bu topshiriq bajarilib «Jahon xaritalari» eki «Ma`mun dune xaritasi» nomi bilan mashhur bwlgan. Dastlabki ilmiy etnografik ma`lumotlar, ayniqsa, ajoyib entsiklopedist mutafakkir olim Abu Rayxon beruniy asarlarida erqin ifodasini topgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikiricha, Urta 29 Osie va Xuroson geografiya tarixini aslida «Beruniyning geografik maktabi» deb atash mumkin. Etnografiya fani ham asli geografiya bilan enma-en shakillanib kelganligini inobatga olsak, Urta va Janubiy Osie etnografiyasini ham Beruniy maktabidan boshlasak xato bwlmaydi. Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga kutargan va jahon Etnografiya fanida uziga xos obruga ega bulgan maktabning paydo bulishi va shakllanishi ajoyib etnograf va sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U etnografiya fanini jahon ilm sahnasiga kupatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash yulida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov etnografiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik xususiyatlarini urganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bulgan qatlamlarini» ochib beradi, deb ta`kidlagan edi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling