Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Ibtidoiy jamoat tuzumi- emirilib, dastlabki tabaqalanish paydo bwlishi bilan ayrim
qabilalarning umumiy manfaat asosidagi ittifoqi yoki birikmalari tashkil topadi. Maxsus birikmalar qabilalararo jwxalik va madaniy aloqalarni kuchaytirib, ularning aralashib ketishige olib keladi va ylgarigi qavm-qarindoshlik munosabatlari wrniga hududiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Shimoliy Amerikadagi irokezlar ligasi. Meksikadagi atsteklar yoki Janubiy Afrikadagi zulularning qabilaviy ittifoqlari bunga misol bwla oladi. Keyingi, sinfiy jamiyat paydo bwlishi bilan quldorlik tuzumi davri boshqichida (qadimgi Misr, Gretsiya, Rim va hokazo) xalqlar shakllana boshlaydi. Evropada bu jarayon feodalizm davrigacha (ruslar, polyaklar, frantsuzlar va hokazo) chwziladi. Hududiy, madaniy va xwjalik birligi, kelib chiqishi va til yaqinligi asosida turli qabilalardan tashkil topgan xalqlar dastlabki davrlarda uncha mustahkam bwlmagan elatlardan iborat edi. Tovar, pul munosabatlarning rivojlanishi natijasida xwjalik tarqoqligiga barham berilib, iqtisodiy va madaniy aloqalar kuchaydi, millatlar paydo bwla boshladi. Millatlar odatda wz iqtisodiy birligining barqarorligi, umumiy hududiy va tilining birligi, milliy xarakter va psixologiyasining umumiy belgilari bilan farq qiladilar. Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bwlsa, irqlarning paydo bwlishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarning joylanishi bir-biriga kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit`alarning katta hududlarida joylashib, turli va har 39 xil tildagi etnoslarni wz ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda swzlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bwlsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar bir tilda swzlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi. Xullas, kwp sonli jahon xalqlarini tartibga solib, klassifikatsiyalash ancha murakkab masaladir. Ba`zi olimlar xalqlarni bir vaqtda ham irqiy, ham til yaqinligi asosida sistemalashtirishga intiladilar. Ular insaonlarini uch-besh irqqa bwlib, irqlarni esa, til guruhlariga bwladilar. Bunday klassifikatsiya metodologik jihatdan xatodir, chunki irqiy belgilar bilan lingvistik xususiyatlarni aralashtirish mutlaqo mumkin emas. Bunga zil holda sovet fanida xalqlarni etnosga xos belgi – madaniyat va til bilan klassifikatsiya qilish qabul qilingan. Undan tashqari tarixiylik printsipiga asoslangan marksistik Etnologiya xalqlarni madaniy yaqinligina qarab «xwjalik-madaniy tiplar» yoki «tarixiy-madaniya viloyatlar»ga bwlib wrganadi. Ba`zan etnoslarni geografik printsipiga, dinga, tarixiy darajasiga qarab ham farqlaydilar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling