Etnologiya uzb
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvistik jihatdan- Afrika aholisi twrt tillik til oilasiga kiradi: semit-xamit (yoki afrosiyo),
niger-kordofa, nil-saxara va koysan xalqlari. Qit`aning shimolida va shimoli-sharqida yashovchi semit-xamit xalqlari aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi. Semitlardan eng kwpi Afrika aholisining (83 million) bashdan bir qismini tashkil etadigan arab xalqlaridan iborat. Enyingi amxara va kushit, tigraj va chab guruhlariga kiradigan xalqlar semit-xamit til oilasining vakillaridir. Amerika tub aholisining tillari wziga xos xususiyatlarga ega va grammatik tuzulishi jihatdan boshqa qit`a xalqlarining tillaridan farq qiladi. Kwpchilik olimla qabul qilgan klassifikatsiyaga binoan tub aholida 20 ga yaqin til oilalari mavjud bwlgan. Shulardan eng yiriklari Shimoliy Amerikadagi eskimosaleut, algonkishvakash, na-dene, siu-xoka. Markaziy va Janubiy Amerikadagi yuto-tano-atstek, Mayya-soke, chibcha, kechua, aymara, karib, aravak, tupi-guarani, chon til oilalaridir. Mazkur tillardan tashqari har xil mayda til turkumlari va shevalari ham bwlgan. Mayya, kechua, aymara, atstek kabi tillarda swzlashadigan xalqlar qadimlan yuksak madaniyat yaratgan va hatto wz yozuviga ham ega bwlgan. Bushinchi qit`a – Avstraliya va bepoyon Tinch okeani orollari (Okeaniya) aholisi ikki qism: aborigan (tub aholi) va kelgindi evropalik, osiyolik va amerikaliklardan iborat. Hozir tashqaridan kelib joylashgan aholi butun aholining beshdan twrt qismini tashkil qiladi va asosan, ingliz tilida swzlashadilar. Avstraliya va Okeaniyaning ba`zi xalqlari Evropa mustamlakasi arafasida (XVIII-XIX asrlar) wzlarining xwjalik faoliyati va ijtimoiy tuzilishda juda qadimiy ibtidoiy formalarni saqlab kelganlar. Polineziyaliklar va qisman melaneziyaliklar avstraliyaliklarga nisbatan ancha yuqori pog`onada turganlar va hatto sinfiy jamiyatga wtganlar. Mustamlaka natijasida bu erda yashovchi tub aholining moddiy va ma`naviy hayotida, ijtimoiy va madaniy turmushida jiddiy wzgarishlar rwy bergan, ularning kwpchilik qismi wziga xos etnik xususiyatlarini ywqotib yuborganlar, ayrim elatlar (masalan, tasmaniyaliklar) esa butunlay qirilib ketgan. Til jihatdan beshinchi qit`a aholisi maxsus avstroneziya til oilasini tashkil qiladi va tarixiy, madaniy va irqiy jihatdan odatda uch turkumga – polineziyaliklar, melaneziyaliklar va mikroneziyaliklarga bwlinadi. Avstraliyaning tub aholisini wziga xos avstraliya (yoki aborigen) tillari tashkil qiladi. Swnggi lingvistik klassifikatsiyalarga binoan Okeaniya tub joy aholisi ikki yirik guruh – papuas va avstrogeneziya til guruhlariga bwlinadi. Tabiiy sharoiti og`ir bwlgan Yangi Gveneyadagi papuaslar kelgindi aholi bilan kam aralashgani uchun til va madaniy xususiyatlarini ancha mustaqil saqlab qolganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling