Etnopedagogikada insonparvarlik va nafosat tarbiyasi masalalari


Estetik tarbiya haqidagi etnopedagogik tasavvurlar


Download 66.5 Kb.
bet4/4
Sana02.12.2023
Hajmi66.5 Kb.
#1779489
1   2   3   4
Bog'liq
Xalq pedagogikasi manbalarida nafosat tarbiyasi.

3. Estetik tarbiya haqidagi etnopedagogik tasavvurlar
Etnopedagogika manbalarida xalqning go`zallik, nafosat tarbiyasi haqidagi tasavvurlari afsonalar, miflar, dostonlar, ertaklardagi badiiy obrazlar vositasida bayon etiladi. Ayniqsa, xalq qo`shiqlari, marosim va mavsumiy aytishuvlarida insonning, Ona yurtning, farzandlarning, tog` va daryolarning, qir-adirlarning, qushlar va hayvonlarning go`zalligi yuksak pardalarda kuylanib, o`quvchi va tinglovchining vatanparvarlik, insonparvarlik hislarini yanada kuchaytirishga zamin yaratadi.
Etnopedagogikada go`zallik tushunchasi haqida gap ketar ekan, insonning zohiriy va botiniy go`zalligiga dahldor xususiyatlari alohida ko`rsatib o`tiladi. Insonning ham tashqi, ham ichki dunyosi mutlaq go`zallikka erishgandagina tarbiya jarayonida maqsadga to`la erishilgan deyish mumkin. Shuningdek, go`zallik insonning boshqalar bilan muomalasida, nutqida, kiyinish va yurish-turish odobida, mehnatsevarligida namoyon bo`ladi.
Mustakil Respublikamizda jamiyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirishning kuchayishi bilan estetik tarbiyaning ham ahamiyati yanada kuchaydi. Yoshlar ongida go`zallik hissini o`stirish, estetik didni kuchaytirish, san`at asarlari va yodgorliklarini tushunish va qadrlash, tabiat go`zalligini asrash va boshqalar har bir kishining vazifasiga aylandi. Xalq ustalari yaratgan yodgorliklarda, binolarda (Samarqand, Buxoro, Xiva ...), ayollar to`qigan gilamlarda, joynamoz va kashtalarda, zardo`zi tun va do`ppilarda estetik did, go`zallikka chorlovchi g`oya va ruh ufurib turibdi.
Xalq go`zallikni yarata turib, o`z ijodi namunalariga qo`shyurak (sevishganlar belgisi), qo`sh uzuk, gullar, palaklar, nakshlar tasviri singari belgilarni qo`ygan.
Xalq qo`shiqlari, marosim aytishuvlarida mehnatga muxabbat; to`y, Navro`z, qovunsayli, to`quvchilar qo`shig`i, sog`uvchilar qo`shig`i, alla va shu kabilarda xalqning ichki tuyg`ulari tasvirlangan. Gijjak, qo`buz, tor, dutor, rubob, tanbur, doira, sibziq, karnay, surnay singari musiqa asboblarining bezaklari vositasida yoshlar qalbida go`zallikka muhabbat uyg`otilgan.
Binolarni bezashda o`ymakorlik, naqqoshlik, rangli metallar o`ymakorligi, teriga badiiy ishlov berish singari estetik tarbiya vositalari yoshlar tarbiyasida muhimdir. Bunday san`at asarlarida Xalq o`z ma`naviy dunyosi go`zalligini aks ettirib, kelajak avlodlarga meros qilib qoldirgan.Ammo, «Husn tuyda , aql kunda kerak» ligi alohida ta`kidlangan.

Adabiyotlar:


1. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “O`zbekiston”, 1998.
2. Hoshimov K.X. Pedagogika tarixi. Toshkent, “O`qituvchi”, 2006.
3. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. Tuzuvchi – muallif: O. Hasanboeva. Toshkent, “O`qituvchi”, 1993.
4. Zunnunov A. O`zbek pedagogikasi tarixi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1996.
5. O`rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti tarixidan. Tuzuvchi – mualliflar: M.Xayrullaev va b. Toshkent, “FAN”, 1997.
6. Izmaylov A.E. Narodnaya pedagogika: pedagogicheskie vozzreniya narodov Sredney Azii i Kazaxstana. Moskva, “Prosveshenie”, 1991. va
7. www.ziyonet.uz
Download 66.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling