Etnotoponimlarning vujudga kelishida sinekdoxaning o‘rni


Download 29.51 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.51 Kb.
#1513906
1   2   3   4
Bog'liq
sinekdoxa maqola Muhayyo Hodiyeva

Talliyulg‘un-yulg‘un butasi o‘sgan joydagi tepa atrofida bunyod bo‘lgan qishloq.
Duraza-Du reza ariqning ikkiga bo'lingan joyi yonidagi qishloq.
Jenov-Jo‘y i nav - yangi ariq , yangi suv o‘zani o‘tgan joyda tashkil topgan qishloq.
Ravot-karvonsaroy,musofirxona, o‘zga yurtdan kelgan kishilar vaqtinchalik turadigan maskan, qo‘rg‘on, saroy yonidagi qishloq[6:55].
So‘z ma’nosining torayishi va kengayishi ham sinekdoxa hodisasi hisoblanadi.Bu holni quyidagi etnotoponimlarda kuzatishimiz mumkin.

  1. Xo‘ja, uyrot, mesit, xitoy, qarluq kabi so‘zlar tor ma’noda urug‘ nomini ifodalasa , keng ma’noda esa shu urug‘ vakillari yashaydigan hudud nomini anglatadi.

  2. Kal deyilganda ko‘z oldimizga sochi yo‘q(oldirilgan yoki tushib ketgan) kishi yoki shu laqabli shaxs keladi. So‘z bilan bog‘liq bo‘lakni anglatsa, ,,kal‘‘ so‘zi etnos yoki joy nomi ma’nosida kal laqabli kishilar, urug‘i, qishloq kabi butunlikni tashkil etib keladi. Kasbi tumanidagi ,,Kal qishloq‘‘ deb ataladigan qishloq bor bo‘lib, qadimda bu hududda yuqumli kasalik tarqaladi va aholining ko‘pchiligi kal bo‘lib qoladi. Shu tufayli boshqa qishloq aholisi ular istiqomat qilayotgan joyni boshqa qishloqdan ajratish uchun ,,Kal qishloq‘‘ deya atashgan. Ammo bu qishloqning asl nomi Qo‘riq hisoblanadi.

  3. O‘zbek, Arab, Afg‘on, Tojik, Uyg‘ur so‘zlari orqali millat , etnik nom tushunilsa, keng ma’noda O‘zbek, Arab, Afg‘on, Tojik, Uyg‘ur etnotoponimlari orqali , shu millat vakillaridan iborat etnik jamoa yashaydigan qishloq yoki mahalla tushuniladi.

Ko‘rib turganingizdek, bu kabi misollarni etnotoponimlar ishtirokida ko‘plab keltirish mumkin. Etnos nomini joy nomi sifatida saqlanib qolishida sinekdoxa hodisasining o‘rni katta.
Xullas, yangi nomlar hosil qilishdan ko‘ra etnos nomalarining joy nomlariga ko‘chishi o‘sha hudud va uning aholisini kelib chiqish tarixi, yashash tarzi , mavqeyi va kasb -koriga oid qanchadan qancha tarixiy ma’lumotlarni o‘zida saqlab qoladi. Joy nomlarini turli nomlar bilan o‘zgartirmasdan, ularning qadimiy nomlarini tiklash, tarixini , kelib chiqishini o‘rganish oldimizdagi katta vazifalardan biridir.


Download 29.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling