Etnotoponimlarning vujudga kelishida sinekdoxaning o‘rni


Talishvi-qadimgi turkiy talish


Download 29.51 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi29.51 Kb.
#1513906
1   2   3   4
Bog'liq
sinekdoxa maqola Muhayyo Hodiyeva

Talishvi-qadimgi turkiy talish qabilasining qishlog‘i.
Xo‘jahayron-xo‘ja ayronchi (mang‘it va kenagas qabilasining urug‘i)birikmasining soddalashgani: xo‘ja hayron-ayronchi qabilasining xo‘jalari bunyod qilgan qishloq.
Qurama-turkiy, eroniy,mo‘g‘ul , ko‘chmanchi o‘zbeklar va qozoqlarning qo‘shilishidan tarkib topgan xalq hisoblangan quramalarning qishlog‘i.
Chovqay-mang‘itlarning chovqay/cho‘qay urug‘i jamoasiga mansub qishloq. Urug‘ tamg‘asi chov/chovli shaklida bo‘lgan.
Etnotoponimlar ma’lum bir urug‘ ajdodlari nomidan yoki hududdagi bir odam yo oilaning kelib chiqishi , qandaydir belgisiga ko‘ra yangi etnotoponimni hosil qilishi mumkin . Ya’ni butun orqali qismni yoki qism orqali butunni hosil qiladi. Misol uchun:
Do‘rmon-turkiy,mo‘g‘ul xalqlari tarkibidagi do‘rman/durman/durban/durben qabilasi ajdodlarining qishlog‘i. Tarkibi do‘r/dur +man/ban/ben(odam,kishi).
O‘nikki-mang‘itlarning o‘nikki urug‘i jamoasining ovuli.
Qoraqo‘ng‘irot-qo‘ng‘irotlarning voxtamg‘ali bo‘limi tarkibidagi qoraqo‘ng‘irot urug‘ining qishlog‘i.
Yuqoridagi misollar orqali ma’lum bir urug‘ jamoasining turli bo‘limlari orqali yoki o‘sha urug‘ vakili sabab hudud nomi yaratilyapti.Bu nomlar ham urug‘ nomi ham joy nomini anglatadi.
Izlanishlarimiz davomida hudud yaqinidagi tepalik, tog‘, daryo, ariqning joylashgan o‘rniga ko‘ra hamda o‘simlik nomlari asosida hosil bo‘lgan etnotoponimlarni aniqladik. Xususan:
Oqjangal-oq tepa, baland tepa. Jangal/changal-poya va shoxlari bir-biriga chatishib o'sadigan , oqish tanali mayda gulli , tikanli buta. Turkiy tillarda chungul/cho‘ngo‘l – tog‘ usti balandlik, do‘nglik.
Oqqamish-qalin ,bo‘liq , uzun bo‘lib o‘sgan oqish rangli qamish (oq qamish) o‘sgan joy atrofidagi qishloq.
Shakarjo‘y-chaqar/shakar jo‘y - (ariq)qo‘rg‘on yonidan o‘tadigan ariq bo‘yidagi qishloq.
Shirkent-eroniy shir/sher (tosh;balandlik) kent(qo'rg'on), tepadagi qo'rg'on , balandlik atrofidagi qishloq.

Download 29.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling