E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet1/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs




E’tobor bering.
Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring. Ishonamanki sizda bundan ham ajoyib fikrlar bor !


1-kazus

Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Dilnavoz Tojiboyevadan Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi ma’muriyati korrupsiya va unga qarshi kurash mavzusida 20 daqiqalik taqdimot qilib berishni iltimos qildi. D.Tojiboyeva bir kun davomida yaxshilab tayyorlandi, birinchi navbatda, mavzu boʻyicha materiallar toʻpladi va taqdimot ssenariysini tuzib oldi. 20 daqiqaga rejalashtirilgan taqdimot vaqtida yakunlandi. Ammo, hali qarsaklar tugamasidanoq, tashkilotning ushbu tadbirga mas’ul xodimi ma’ruzachining yoniga yugurib keldi. Hayajondan titraganicha, D.Tojiboyevaga, uning taqdimoti tadbirda rejalashtirilgan yagona taqdimot ekani, taqdimotni 20 minutga rejalashtirish kerakligini adashib aytib yuborganini tushuntirdi. Tadbir esa yana 20 daqiqa davom etishi kerak ekan…


Savollar:

  1. Siz ma’ruzachining oʻrnida boʻlsangiz, qolgan vaqtni qanday oʻtkazgan boʻlar edingiz? Muammoli vaziyatga kreativ yechim berishga harakat qiling. (40)

  2. Korrupsiya mavzusi boʻyicha prezentatsiyaga, qiziqarli nom tanlash talablariga amal qilgan holda, 4 ta oʻziga tortuvchi nom toping. (30)

  3. Ma’ruzachi D.Tojiboyeva prezentatsiyaga tayorlanish talablariga amal qildimi? Prezentatsiyaga tayyorgarlik jarayonini ketma-ketlikda bayon qilib bering. (30)

Javoblar:



  1. Bunday vaziyatda 20 daqiqani shunchaki o‘kazish xato bo‘ladi deb xisoblayman. Negaki, o‘tkan 20 daqiqada erishilgan yaxshi fikrlarni va e’tiborni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Shu sababli qolgan 20 daqiqani ham auditoriya uchun qiziqlik darajasini tushurmagan holda o‘tkazishimiz zarur. Buning uchun turli kreativ metodlardan foydalanish zarur. Misol uchun 20 daqiqaning 10 daqiqasini auditoriyaning savollariga javob berish bilan o’tkazish va qolgan 10 daqiqani auditoriyaning mavzu yuzasidan fikrlarini tinglash bilan o‘kazish mumkin. Muhimi rejadan tashqari berilgan 20 daqiqani ham besamar o‘tkazmasdan, auditoriyaga nimadir beraolish maqsadida o‘kazish kerak.

Nemis yozuvchisi Tomas Mann aytkanidek “Vaqt undan foydalanib aqlliroq, yaxshirioq, pishiqroq va mukammalroq bo‘lishimiz uchun berilgan qimmatbaho savg‘adir”.

  1. Prezentatsiyaga nom tanlash eng muhim jarayonlardan biridir. Chunki, kitob tanlayotgan inson kitobning nomi va muqovasiiga e’tibor bergani singari, prezentatsiyaning auditoriyasi ham uning nomlanishiga e’tibor beradi. Aynan shuning uchun ham prezentatsiyaga e’tiborni o‘ziga tortuvchi va qiziqarli nom topishga alohihda e’tibor qaratish lozim. Prezentatsiya qanchalar qiziq nomlansa, unga qiziqish ham shuncha ortadi va natijada unga e’tibor ham yuqori bo‘ladi.

Demak, yuqoridagi kazusda keltirilgan mavzuga doir 4 ta o‘ziga tortuvchi nom topishga harakat qilamiz:

  1. Bojxona polvonlari korrupsiyani kurash maydoniga chorladi

  2. Ana holos, Bojxona boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurash avjida

  3. Hammasi “korrupsiya” haqida

  4. Korrupsiya o’zi nima va unga qanday qarshi kurashish zarur




  1. Ma’ruzachi Tojiboyeva prezentatsiya tayyorlashning ayrim talablariga rioya qilgan. Misol uchun prezintatsiya uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plagan, taqdimot uchun ssenariy tayyorlagan va bundan tashqari rahbari tomonidan belgilab berilgan vaqt meyyoriga ham amal qilgan. Lekin asosiy bo‘lgan auditoriyani o‘ganish (prezentatsiyani kimlar uchun tayyorlash) va maqsadni aniqlash (prezentatsiya orqali auditoriyaga nima berish) talablariga va ularni ketma-ketligiga rioya qilmagan.

Prezentatsiya tayyorlanishning ketma-ketli quyidagicha:

  1. Auditoriyani aniqlash

  2. Maqsadni aniqlash

  3. Mavzu bo‘yicha malumotlarni toppish

  4. Taqdimotni ssenariylashtiris

2-kazus

Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi Mavluda Usmonova Ipoteka bankining shahar boʻlimi ma’muriyati iltimosiga koʻra “Globallashuv va jinoyatchilik” mavzuida ma’ruza qilgani keldi. M.Usmonova bankka 16.00 da – tadbir boshlanadigan vaqtda yetib bordi. Bank ma’muriyati xodimi bilan birga ma’ruza qilinadigan xonaga kirib, mavzu boʻyicha tayyorlagan taqdimotini qoʻyish uchun 10 daqiqalar urinishdi, biroq taqdimot qoʻyilmadi. Ma’ruza taqdimotsiz boshlandi. Mavluda Usmonovaning ma’ruzasi oʻtirganlarga uyqu dorisidek ta’sir koʻrsata boshladi. Ma’ruzachi bir ohangda, sekin nutq soʻzlagani sari, oʻtirganlarning boshi tobora pastga egilardi. Mavluda Usmonova oʻtirganlarning holatiga e’tibor bermasdan, qogʻozlarga yozilgan ma’lumotlarni oʻqib berdi. Ma’ruza tugaganini oʻtirganlar sezmay ham qoldilar.


Savollar:
1. Vaziyatni izohlang. Ma’ruzachi soft skills koʻnikmalaridan qaysilariga ega emas? (30)
2. Ma’ruzachi omma oldidagi nutqning qaysi talablariga amal qilmadi? (30)
3. Tinglovchilarning e’tiborini jalb qilish uchun mavzuni qanday tarzda boshlash kerak? Misollar bilan izohlab bering. (40)



Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling