E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet7/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Kazus 13

Prezentatsiyalar boʻyicha mutaxassis Deyv Paradi oʻz saytida tadqiqot oʻtkazgan. U odamlarga: Sizlarga prezentatsiyada nima yoqmaydi? – deb savol bergan. Berilgan javoblar asosida esa spikerlar bilishi kerak boʻlgan ikkita muhim qoida shakllantirildi:


69% respondentlar spikerning slaydda joylashtirilgan matnlarni takrorlashlarini yoqtirmasliklarini aytishgan. Spiker axborotni oʻz soʻzlari bilan tushuntirib berishi kerak, aks holda, auditoriya prezentatsiya vaqtida shunchaki uxlab qoladi.
48% respondentlar esa prezentatsiyada juda mayda shriftda yozilganini umuman yoqtirishmas ekan.
Binobarin, donishmand Aristotel oʻzining “Poetika” nomli kitobida: “Goʻzallik – me’yordadir”, degan oʻlmas haqiqatni bayon etgan edi.


Savollar:
1.Siz prezentatsiyada nima yoqmaydi, degan savolga qanday javob bergan boʻlar edingiz? Prezentatsiyada eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan xatolarni yoritib bering. (40)
2.Mavzu harqancha qiziqarli, notiq qanchalar mahoratli boʻlmasin, ma’ruzaning ma’lum bir joyiga yetganda tinglovchilarning aksariyat qismi zerikishni boshlashining asosiy sababi nimada, deb oʻylaysiz? (30)
3.Mashhur adib Abdulla Qahhorning “Rahbar tomogʻiga (ovoziga) zoʻr berdimi, obroʻning puturdan ketgani shu boʻladi” degan gapini qanday izohlaysiz? (30)

Yuqoridagi kazusga javob berishan avval, prezentatsiya o‘zi nima, nima maqsadda biz ularni ishlatamiz degan savollarga javob topib olishimiz kerak.


“Prezentatsiya ‒ bu axborotni taqdim etish usuli. Axborot ko‘rgazmali va ishonchli shaklda taqdim etilishi kerak. Buning uchun grafika, video va ovozli axborotdan foydalaniladi. Asosiy g‘oyalar kichik matnlarda aks etadi2.
Yer yuzida aholi soni oshib borgfani sari, turli-tuman axborotlar ham ko‘payib boraveradi. Kundan kunga ko‘payib borayotgan axborot oqimida insonning idrok qilishi, tabiiyki, murakkablashadi. Insonning axborotni qabul qilish va idrok etish imkoniyati axborot salmog‘i orasida jiddiy ziddiyat vujudga keladi.
Ko‘payib borayotgan axborotni qabul qilishni osonlashtirish uchun uni to‘g‘ri tizimlashtirib, taqdim etishni o‘rganish zarur. To‘g‘ri tayyorlangan prezentatsiya yaxshi taqdimot garovidir.
Yuqoridagi savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, prezentatsiyalar nafaqat taqdimot, balki shuningdek, so‘zlovchining fikrini ommaga yetkazadigan hamda ularni bu fikrga ishontiradigan narsa ham hisoblanadi.
Ayrim prezentatsiyalarda katta bir g‘oya bitta slaydda namoyish etiladi va u uzoq muhokama qilinadi. Har bir slayd katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bitta g‘oya bir necha slaydlarga bo‘lib joylashtiriladi.
Shuning uchun ham, tayyorlanayotgan prezentatsiyaga jiddiy e’tibor qaratish kerak.
Fikrimizcha, prezentatsiyani e’tibordan chetda qoldiradigan bir nechta yo‘l qo‘yiladigan xatolar mavjud.
Avvalo, ranglar va shriftlarning xilma-xilligi. Albatta, prezentatsiya bitta rangdan iborat bo‘lmasligi kerak, ammo turli xil ranglarni ishlatish e’tiborni yo‘qotishga sabab bo‘ladi.
Slaydni kamalakka aylantirishning keragi yo‘q. Ikki-uch xil rang yetarli bo‘ladi. Shriftlar ham prezentatsiyaning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Agar prezentatsiya biri katta, biri kichik yozuvlarga to‘la bo‘lsa, u prezentatsiya yaxshi natijaga erisha olmaydi. Bir xil shriftdan foydalangan ma’qul. Uzog‘i bilan ikki xil ‒ asosiy matn va sarlavha uchun shrift tanlash kerak xolos.
Slaydga juda qiziqarli ma’lumotlar joylashtirishingiz mumkin, ammo matnni o‘qishning iloji bo‘lmasa bundan hech qanday naf yo‘q.
Prezentatsiyada qirrasiz shriftlardan foydalanish kerak: Arial Narrow, Arial Rounded MT Bold, Open Sans, Roboto, PT Sans. Bu shriftlarni o‘qish juda qulay.

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling