Etrusklar, Rim podsholik davrida Reja: Kirish


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 108.88 Kb.
bet2/11
Sana19.06.2023
Hajmi108.88 Kb.
#1605550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
etrusklar

Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Jahon sivilizatsiyalari tarixini o'rganish orqali dunyo hamjamiyati bilan yaqindan aloqa bog'lash, hamkorlik qilishda boshqa xalqlarning urf – odat, an`analarini bilishga va ma'naviy – madaniy rivojlanish darajasini o'rganish orqali munosabatlarni umuminsoniy manfaatlar asosida o'rnatishga xizmat qiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, turli sivilizatsiyaga mansub kishilar jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarda, xalqlarning shakllanishida o'ziga xos urf-odat, an'analarga ega bo'lib, ular yuz yillar davomida shakllanadi. Bu tushunchalar siyosiy tartiblar, mafkuralarga qaraganda bardoshli bo'ladi. Shuning uchun jahon sivilizatsiyalari tarixi bilan yaqindan tanishish dunyo sivilizatsiyalari, ularning umuminsoniy asoslari, taraqqiyot darajasi va yutuqlaridan chuqur bilim va ko'nikmalar hosil qilish, kishilarni vatanparvarlik, umuminsoniy g'oyalarga sadoqat ruhida madaniyatli qilib tarbiyalashda yordam beradi deb hisoblaymiz.
Mavzuning o’rganilish darajasi. Rim tarixini o‘rganish uyg‘onish davridan lotin va yunon matnlarini to‘plash va chop etishdan boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV–XVI asrlarda izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemonning 16 tomli «Cherkov tarixi» kitobining 6 tomi Rim imperiyasi tarixiga bag‘ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske «Rimliklarning buyukligi va halokati to‘g‘risida mushohadalar» asarini Rim tarixini tahlil qilishga bag‘ishladi. Eduard Gibbon (1737–1794-yillar) «Rim imperiyasining tushkunligi va yemirilishi» nomli asarida Rim tarixini Antoninlar davridan Konstantinopolning halokatigacha – 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar juda ko‘p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold Georg Niburning (1776–1831-yillar) 3 tomli «Rim tarixi» bo‘lib, asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817–1903-yillar) 3 tomli «Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Birinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, asosiy e’tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Rim davlat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial kengashlar) tizimli yoritiladi. XIX–XX asrlarda E.Meyer, E.Paysa, G.Ferrero va boshqa olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritiladi.

Download 108.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling