Etrusklar, Rim podsholik davrida Reja: Kirish


Download 108.88 Kb.
bet8/11
Sana19.06.2023
Hajmi108.88 Kb.
#1605550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
etrusklar

Kohinlar. Rimda diniy e’tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi. Qadimgi Rimda barcha oliy magistratlar qandaydir bir kohinlik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy qatlam emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‘lib, faqat diniy vazifani bajardilar. Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‘i buyuk pontifik deb atalgan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib, kalendar, ob-havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiylar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Magistratlarga diniy masalalar bo‘yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr oxiridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya yo‘li bilan tayinlanganlar. Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogulniy qonuni bo‘yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini egallashi lozim bo‘ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atalgan. Ma’buda Vesta ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‘ga ega bo‘lganlar. Bashoratchi kohin – avgurlar alohida kohinlar kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan saylangan.

1.4 Mil.avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sinfiy tuzilishi
Mil.avv. VI–IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi murakkab va tushunarsiz edi. Rim jamiyatida patritsiylar, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqarishda o‘z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‘rinni egalladilar. Rimning eng qadimgi tub aholisi patritsiylar deb atalgan.Patritsiylar (lotincha “pater” o'zbekchada ota degan ma'noni bildiradi) ota-bobolari shaharga asos solganliklari bilan faxrlanib yuradilar. Ular Rimning erkin aholisi bo'lib, ekiladigan yer yaylovlarga ega bo'lgan jamoani tashkil etganlar. Patritsiylarning har bir oilasi jamoa ekin maydonidan yer olib ekin ekar, jamoa yaylovlarida chorva mollarini boqar edilar. Rim patritsiylari dalada ham, uyda ham o'zlari ishlaganlar. Ular uy va dala ishlarida qullar menatidan ham foydalanganlar. Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senat a’zoligiga saylanganlar. Og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinda, imtiyozli otliq qo‘shinlarda ham xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi – ko‘p sonli familiya (familias)ning boshlig‘i bo‘lgan. Mil.avv. IV asr o‘rtalarigacha asosiy magistrat lavozimlari patritsiylar bilan to‘ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug‘chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‘ guruhlari (gentes)ga bo‘lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami bo‘lgan holda urug‘chilik aloqalari muhim o‘rin egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‘siq edilar. Mil.avv. VI–III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bilan birga, yerga xususiy mulkchilik kuchaydi. Urug‘ning yerlari kichik ulushlarga bo‘linib, yer ishlov berish uchun qarindoshlar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifatida o‘zlariga tegishli yer maydoniga ishlov berar edilar (ular davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‘armasi (ager publikis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan ijara to‘lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqiga ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi edi. Mayda va o‘rta yer egaligi yetakchi rol o‘ynagan. Mil.avv. IV asrdan patritsiylar jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natijada yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo bo‘lib, qullar mehnatidan ko‘proq foydalanila boshlandi.
Italiyaning boshqa joylardan Rimga ko'chib kelgan odamlar va ularning avlodlarini plebeylar deb atashganlar. Plebeylar orasida boy-badavlat kishilar ham bo'lgan, lekin ularning orasida kambag'allar ko'pchilikni tashkil etgan. Patristiylar Rim davlatini idora etishda faol qatnashib, unga plebeylarni yo'latmas edi. Lekin ular o'z idora usullarini umumxalq ishi deb bilganlar. Rimda respublika o'rnatilgan bo'lishiga qaramay plebeylar davlat ishlariga aralashtirilmagan, ular siyosiy jihatdan huqusiz bo'lib qolaverganlar, ya’ni huquqiy jihatdan erkin bo‘lsalar-da, fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib, savdo-hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Ularning ko‘pchiligi asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‘z jamoa tashkilotlari, o‘zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyatining shakllanayotgan jamoa – dehqon tarkibining asosiy qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo‘lsalar, o‘ziga to‘q va boy plebeylar birinchi navbatda, patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar.

Download 108.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling