Ettlarini reaktiv quvvat va kuchlanish bo’yicha optimallash. Reja


Yuklamali isrofni hisoblash usullari


Download 17.51 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi17.51 Kb.
#1540152
1   2   3
Bog'liq
2-mustaqil ish optimal

Yuklamali isrofni hisoblash usullari.
Tarmoqning T vaqt oralig‘idagi EE isrofi 5 ta usullardan biri orqali tarmoq yuklamalari va sxemalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar hajmiga bog‘liq ravishda hisoblanishi mumkin. Bu usullar hisoblash aniqligining kamayishi tartibida joylangan:
1) Operativ hisoblashlar.
2) Hisoblangan sutkalar.
3) O‘rtacha yuklamalar.
4) Eng ko‘p quvvat isrofining soatlari soni.
5)Tarmoq yuklamalari va sxemalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma‘lumotlar bo‘yicha isrofni baholash.
Elektr energiya isrofini hisoblash uchun 1-4 usullarni qo‘llashda (elektrotexnika qonunlari bilan bog‘liq ravishda elektr tarmog‘i elementlarining yuklamalarini hisoblash yoki o‘zgarishi orqali aniqlangan) berilgan tarmoq sxemasi va uning elementlarining yuklamalari asoslanib tarmoqdagi quvvat isrofi hisoblanadi, 2-5 usullar bo‘yicha elektr energiya isrofi, hisobiy davrning har bir oyi uchun (shu oyga mos keluvchi) tarmoq sxemalarini hisobga olgan holda hisoblanishi shart. Hisoblash intervallari uchun o‘zida bir nechta oylarni mujassamlagan, o‘zgarmas deb qaralishi mumkin bo‘lgan tarmoq sxemalarini isroflarini hisoblash ruxsat etiladi Hisoblash davri uchun elektr energiya isrofi hisoblash davriga kiruvchi oylar (hisoblash intervallari) uchun hisoblangan isroflar yig‘indisi kabi aniqlanadi.

Xulosa
O’zbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazilgan tadqqiqotlar shuni ko’rsatdiki, mavjud energiya tashuvchilari va energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil etilishida ulardan foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq baholashni amalga oshirish va energiya resurslari sarflarining me’yorlarini asos bilan aniqlash mumkin emas.


Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, bu masala yetarli darajada o’z yechimi topa olmay kelmoqda. Masalan, ko’plab sanoat korxonalariga xos bo’lgan energiya ta’minoti tizimining asboblar bilan ta’minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Odatda barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish imkoniga ega. Biroq bu imkonoyatdan har bir korxona turlicha foydalanmoqda.
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig’uvchi agregatlar va texnologik jarayonlarda iste’mol qilinadigan energiya resurslarini hisobga olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, qoidaga ko’ra, texnologik jarayonda qo’llaniladigan siqilgan havo, azot, vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish mavjud emas. Bu energiya resurslarini maqsadsiz sarflanishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



1. N.Usmonxo`jayev, B.Yoqubov, A.Qodirov, G`.Sog`atov-Elektr ta’mi-noti. Toshkent-2007
2. Shaymatov B.X., G‘oyibov T.Sh., Xolmurodov M.B- Elektr tarmoqla-ri va tizimlari
3. G‘oyibov T.Sh. Elektr tarmoqlari va tizimlari.O‘quv qo‘llanma.-T: ToshDTU,2006.
4. Karimov X.G. Rasulov A.N. Elektr tarmoqlari va sistemalari. 1 qism Toshkent 1996 g. 165 bet.
Download 17.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling