Eurasian journal of medical and natural sciences innovative Academy Research Support Center uif =


Download 75.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana21.09.2023
Hajmi75.88 Kb.
#1683523
  1   2   3   4   5
Bog'liq
EJMNS1117



EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND 
NATURAL SCIENCES
 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.3 | SJIF = 5.995 
www.in-academy.uz
 
Volume 2 Issue 11, October 2022 ISSN 2181-287X 
Page 102 
 BOSH MIYA O‘SMALARI — SABABLARI, BELGILARI, 
TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI 
Temirova Nozima Turg'un qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
2-sonli Davolash fakulteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7161921
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 01
st 
October 2022 
Accepted: 04
th 
October 2022 
Online: 08
th
October 2022
 
 
Ushbu maqolada bosh miyaning xavfsiz va xavfli o‘smalari 
ularning kelib chiqish sabablari, ko‘p uchraydigan 
belgilari, tashxislash va ularni davolash haqida so‘z 
yuritiladi. 
KEY WORDS 
Bosh miya saratoni, limfogen va 
gematogen, 
metastaz, 
radiopterapiya, Exo-EG 
Bosh miya saratoni – kalla suyagi 
ichida hosil bo‘ladigan, miya to‘qimalarini, 
nerv 
hujayralarini, 
tolalarini, 
miya 
pardalarini 
va 
qon 
tomirlarini 
zararlaydigan o‘sma. Miyaning qaysi 
qismida paydo bo‘lishiga ko‘ra va umumiy 
namoyon bo‘ladigan simptomlar bilan 
kechadi. 
Diagnostika 
algoritmi 
nevropatolog va oftalmolog tekshiruvlari
bosh miya Exo-EG, EEG, KT va MRT 
kuzatuvlari, MR-angiografiya va boshqalar 
kiradi. Davosida eng asosiy o‘rinni operativ 
usul egallaydi, qo‘shimcha ravishda nur 
terapiyasi 
va 
radiopterapiya 
ham 
o‘tkaziladi. 
Bosh miya o‘smalari organizmda 
uchraydigan umumiy o‘smalarning 6 %ini 
tashkil etadi. Bu kasallikning uchrash 
chastotasi har 100 ming odamdan 10 dan 15 
ta insonda bo‘ladi. Odatda bosh miya 
o‘smalari deganda – kalla suyagi ichida hosil 
bo‘ladigan har qanday o‘smalar tushuniladi, 
masalan miya to‘qimalaridagi o‘smalar, 
nerv tolalaridagi, qon tomirlardagi, miya 
pardalaridagi, limfa tomirlaridagi va 
bezlarda (gipofiz va epifiz) uchraydigan 
o‘smalar. Shuning uchun bunday o‘smalar 
ikkiga: miya ichi va miyadan tashqaridagiga 
bo‘linadi. 
Bosh miya o‘smalari har qanday 
yoshda uchraydi, hatto tug‘ma ham bo‘lishi 
mumkin. Ammo bolalar orasida uchrash 
chastotasi kam, har 100 ming bolaga 2-4 
holatlar to‘g‘ri keladi. Bosh miya o‘smalari 
birlamchi – miya to‘qimasining o‘zidan hosil 
bo‘lishi, yoki ikkilamchi boshqa organlarda 
hosil bo‘lgan o‘smalarning limfogen va 
gematogen yo‘l bilan metastazlaridan hosil 
bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi o‘smalar 
birlamchiga qaraganda 5-10 marta ko‘proq 
uchraydi. 
Bosh miya o‘smalarining o‘ziga xosligi 
shundaki, bunday o‘smalar faqatgina kalla 
suyagi ichidagina joylashadi. Shuning uchun 
har qanday paydo bo‘lgan o‘smalar miya 
hujayralarini ezib qo‘yadi va bosh miya 
ichki bosimi ortishiga olib keladi. Hatto 
yaxshi sifatli o‘smalar ham ma’lum 



Download 75.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling