Eurasian journal of technology and innovation
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
EJTI0313
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO’SHIMCHALI SEMENTLARNING MUSTAXKAMLIGINI ANIQLASH 1 Boboqulova Shaxzoda Ravshan qizi, assistent 2
- ARTICLE INFO ABSTRACT
EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION Innovative Academy Research Support Center Open access journal www.in-academy.uz Volume 1, Issue 3, March 2023 ISSN 2181-2020 Page 66 QO’SHIMCHALI SEMENTLARNING MUSTAXKAMLIGINI ANIQLASH 1 Boboqulova Shaxzoda Ravshan qizi, assistent 2 Ro'zmurodova Sevinch Shuxrat qizi, talaba 3 Ortiqqulov Davron Jahongir o’g’li, talaba “QM va K” kafedrasi Jizzax politexnika instituti ARTICLE INFO ABSTRACT Received: 16 th March 2023 Accepted: 26 th March 2023 Online: 28 th March 2023 Ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalaridan turli xil chiqindilar va shu bilan birga zararli moddalar ajralib chiqadi. Masalan, rangli metallurgiya sanoatidan – rangli metall tuzlari, mashinasozlik korxonalaridan-sianitlar, berilliy birikmalari, margimush va hokazolar, kimyo – sanoatidan benzin, efir, fenol metilakriat, stirol, xlorbenzol, katronlar va hokazolar, sellyuloza - qog‘oz ishlab chiqarish korxonalaridan etil spirti, skipidar, fenol va boshqalar, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarish korxonalaridan davlat standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlar, masalan, g‘ijimlangan plyonkalar, turli diametr va uzunlikka ega bo‘lgan sirtida tirqishlar, yorishmalar va g‘adir - budirliklari bo‘lgan mahsulotlar yig‘ilib qoladi. Bunday chiqindilar suyuq holatda ham, qattiq holatda ham bo‘lishi mumkin. KEY WORDS Sanoat chiqinlari, bog’lovchi, metallurgiya chiqindilari, peroksin, portlandsement, suv, mayinlik darajasi, qo’shimcha. Sanoat chiqindilaridan bog‘lovchi sifatida foydalanib tayyorlangan beton va temirbeton konstruksiyalar mustahkamligini tadqiq qilish xozirgi kunning dolzarb mavzularidan sanaladi. Volfram konining ikkilamchi chiqindisini Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinatiga qarashli Jizzax sement zavodining klinkeri bilan birga maydalab, qo‘shimchali sement olinib, ushbu qo‘shimchali sementning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini o‘rganildi. Shu bilan bir qatorda peroksinning kimyoviy tarkibiva Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Radiologiya laboratoriyasida tekshiruvdan o‘tkazilib, ushbu chiqindi SanQvaM 0193-06 talablariga mos holatda qurilishda foydalanish uchun radiologik jihatdan yaroqli ekanligi aniqlandi. Tajriba ishlarida foydalanish uchun tarkibiga 15% hamda 20% li peroksin qo‘shilgan sement tayyorlab olindi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli to`r tutilgan elakdagi qoldiq kabi, namuna dastlabki massasining protsentlarida hisoblab chiqariladi. O`zgarishlar kiritilgan RST Uz 761-96 dagi talablarga muvofiq, sement kukunining mayinlik darajasi shunday bo`lishi kerakki, 008 nomerli to`r tutilgan elakdan namunaning kamida 85% o`tib ketishi, elakdagi qoldiq esa namunaning 15% idan oshmasligi lozim.Peroksin chiqindisili Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling