Evolyutsion g`oyalarni rivojlanish tarixi. Evolyutsion nazariya fanining maqsad va muammolari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Reja


Download 90.5 Kb.
bet3/4
Sana22.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1220582
1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar mavzusi

Evolyutsion ta’limotning o’rganadigan muammolari.
Tirik tabiat tarixiy rivojlanishining umumiy qonunlari evolyutsion ta’limotning tekshirish mavzusi hisoblanadi. Hayot materiya harakatining sifat jihatdan farq qiladigan alohida shaklidir. Shunga ko’ra, uning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganish evolyutsion ta’limotning birinchi muammosi hisoblanadi,
Evolyutsiya Yerdagi barcha tiriklikning tarixiy davrda to’xtovsiz ravishda o’zgarishi natijasidir. U doimiy mavjud shart-sharoit zaminida amalga oshadi. Evolyutsiya jarayonining shart-sharoitini o’rganish evolyutsion ta’limotning ikkinchi muammosidir.
Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi uni harakatlantiruvchi kuchlari aniqlangandagina ijobiy hal etiladi. Darvin evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlar o’zgaruvchanlik, irsiyat, tabiiy tanlanish ekanligini, shular tufayli organizmlar muhitga moslanishi, takomillashishini, yangi turlar paydo bo’lishini ta’kidlaydi. Binobarin, evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlarini atroflicha o’rganish evolyutsion ta’limotning uchinchi muammosi hisoblanadi.
K. M. Zavadskiy uqtirishicha, hayotning organizm, populyatsiya — tur, biotsenotik, formatsion, biosfera darajalari mavjud. Biroq evolyutsiya jarayoni, shart-sharoitning to’liq amalga oshishi, uning natijasi namoyon bo’lishi ko’proq populyatsiya tur darajasida ro’y beradi. Shunga ko’ra, turlarni va tur paydo bo’lishini o’rganish evolyutsion ta’limotning to’rtinchi muammosidir.
Ilmiy nuqtai nazaridan qaraganda, rivojlanish oddiydan murakkabga, tuban takomillashgandan yuqori darajada takomillashgan shaklga o’tishdan iborat. Bunday progressiv rivojlanish tirik tabiat evolyutsiyasining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Tirik tabiatdagi progressiv ko’rinish qonuniyatlari to’g’risidagi masala evolyutsion ta’limotning beshinchi muammosi hisoblanadi.
Odam evolyutsiyasining faktorlari va mexanizmlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganish evolyutsion ta’limotning oltinchi muammosidir.
Organik olam evolyutsiyasining umumiy qonuniyatlarini o’rganishdan asosiy maqsad hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlardan xo’jalik maqsadlarida keng foydalanishdan iborat. Tabiiy sharoitda inson manfaatlariga mos formalar juda sekinlik bilan vujudga keladi. Shunga ko’ra, organik olamning rivojlanishini boshqarish, inson manfaatlariga mos bo’lgan nav, zot, shtammlarni chiqarish va ulardan foydalanish, ya’ni evolyutsiya jarayonini boshqarish evolyutsion ta’limotning yettinchi muammosi hisoblanadi.

Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling