Evolyutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari


Download 358.87 Kb.
bet1/11
Sana10.11.2023
Hajmi358.87 Kb.
#1762706
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-семенар. през-я (2)

Mikroevolyutsiya HAQIDA TUSHUNCHA (Evolyutsiyaning boshlang’ich materiali VA OMILARI)

REJA:

  • Mikroevolyutsiya va Makroevolyutsiya
  • Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali
  • Genetiko – avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi ahamiyati.
  • Populyatsiya to`lqini — boshlang`ich evolyutsiya omili sifatida.
  • Tirik organizmlar ko`chishi (migratsiyasi) ning evolyutsion ahamiyati.
  • Alohidalanish (izolyatsiya) evolyutsiya jarayonining dastlabki omili.

Mikroevolyutsiya

  • XX asr boshlarigacha o`zgaruvchanlik sabablari va mexanizmini o`rganish qiyin muammolardan biri bo`lib keldi. Ushbu muammoning ijobiy hal qilinishi evolyutsion nazariyaning keyingi rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, Darvin tabiiy tanlanish haqidagi ta’limotini o`zgaruvchanlikning turli formalari mavjud, degan g`oyaga asoslanib yaratgan. U o`zgaruvchanlik formalari orasida nomuayyan va muayyan o`zgaruvchanlikni farq qilgan, o`zgaruvchanlik sabablariga to`xtalib, bunda organizmning tabiati va tashqi muhit ta’sirini ta’kidlab o`tgan edi.
  • Genetika fani shakllanishi va rivojlanishi bilan o`zgaruvchanlikning Darvin farqlagan asosiy formalari umuman tasdiqlandi. Endilikda o`zgaruvchanlikning yana yangi formalari — mutatsiya, modifikatsiya, rekombinatsiya kabilar vujudga keldi.
  • Evolyutsion ta’limotda hozirgi zamon genetika va ekologiya fanining integratsiyasi natijasida yangi yo`nalish – mikroevolyutsiya jarayonlarini o`rganish sohasi, mikroevolyutsiya haqidagi ta’limot shakllandi. Mikroevolyutsiya deganda, populyatsiya doirasida, tur ichida yuz beradigan evolyutsion jarayonlar tushuniladi. Mikroevolyutsiya to`g`risidagi ta’limotga Y.Xardi, S.S.Chetverikov, F.G. Dobjanskiy, Dj. Geksli, Fisher va boshqa olimlar asos solganlar. Mikroevolyutsiya haqida gapirilganda mikroevolyutsiya evolyutsiyaning boshlang`ich materiali, ob’ekti, biologik omillarini farqlantirish lozim.

Download 358.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling