Mikroevolyutsiya HAQIDA TUSHUNCHA (Evolyutsiyaning boshlang’ich materiali VA OMILARI) REJA: - Mikroevolyutsiya va Makroevolyutsiya
- Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali
- Genetiko – avtomatik jarayonlar va ularning evolyutsiyadagi ahamiyati.
- Populyatsiya to`lqini — boshlang`ich evolyutsiya omili sifatida.
- Tirik organizmlar ko`chishi (migratsiyasi) ning evolyutsion ahamiyati.
- Alohidalanish (izolyatsiya) evolyutsiya jarayonining dastlabki omili.
Mikroevolyutsiya - XX asr boshlarigacha o`zgaruvchanlik sabablari va mexanizmini o`rganish qiyin muammolardan biri bo`lib keldi. Ushbu muammoning ijobiy hal qilinishi evolyutsion nazariyaning keyingi rivojlanishi uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, Darvin tabiiy tanlanish haqidagi ta’limotini o`zgaruvchanlikning turli formalari mavjud, degan g`oyaga asoslanib yaratgan. U o`zgaruvchanlik formalari orasida nomuayyan va muayyan o`zgaruvchanlikni farq qilgan, o`zgaruvchanlik sabablariga to`xtalib, bunda organizmning tabiati va tashqi muhit ta’sirini ta’kidlab o`tgan edi.
- Genetika fani shakllanishi va rivojlanishi bilan o`zgaruvchanlikning Darvin farqlagan asosiy formalari umuman tasdiqlandi. Endilikda o`zgaruvchanlikning yana yangi formalari — mutatsiya, modifikatsiya, rekombinatsiya kabilar vujudga keldi.
- Evolyutsion ta’limotda hozirgi zamon genetika va ekologiya fanining integratsiyasi natijasida yangi yo`nalish – mikroevolyutsiya jarayonlarini o`rganish sohasi, mikroevolyutsiya haqidagi ta’limot shakllandi. Mikroevolyutsiya deganda, populyatsiya doirasida, tur ichida yuz beradigan evolyutsion jarayonlar tushuniladi. Mikroevolyutsiya to`g`risidagi ta’limotga Y.Xardi, S.S.Chetverikov, F.G. Dobjanskiy, Dj. Geksli, Fisher va boshqa olimlar asos solganlar. Mikroevolyutsiya haqida gapirilganda mikroevolyutsiya evolyutsiyaning boshlang`ich materiali, ob’ekti, biologik omillarini farqlantirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |