Evolyutsion jarayonning genetik va ekologik asoslari
Download 358.87 Kb.
|
8-семенар. през-я (2)
Yaqin formalardagi biologik alohidalanishning vujudga kelishi va saqlanishi xatti-harakat bilan bog`liq bo`lgan juftlashishga oid etologik alohidalanish orqali belgilanadi. Hozirgi vaqtda hayvonlarning xatti-harakatini o`rganuvchi biolo-giyaning yangi shoxobchasi — etologiyaning rivojlanishi tufayli etologik alohida-lanishga ko`proq ahamiyat berilmoqda. Ehtimol, hayvonlarda populyatsiyaga qadar, xilma-xil etologik mexanizmlar urg`ochi va erkak formalarning o`zaro alohidalanishiga sababchi bo`lgandir. Ko`rish, eshitish, ximiyaviy ta’sirlardagi ozgina farq ham urg`ochi organizmlarga nisbatan erkak organizmlar uchun «ko`ngil ovlashning» davom etishiga to`siq bo`lishi mumkin. Ko`payish organlarida vujudga kelgan morfologik-fizilogik farq ham yaqin turlarning chatishishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Bu ayniqsa ba’zi bir o`simlik-larda, chunonchi, navro`zgul, grechixa, bo`tako`zda uchraydigan geterostiliya hodisasida yaqqol ko`rinadi. Geterostiliyada bir xil o`simliklarda ikki xil gul yetiladi. Bir xil o`simliklarning guli uzun ustunchali, ikkinchi xil o`simliklarniki kalta ustunchali bo`ladi. Changdoni birinchi xil o`simliklarda og`izchadan ancha pastda, ikkinchi xil o`simliklarda, aksincha, og`izchadan ancha yuqorida yeti-ladi. Natijada bitta guldagi changdonlarning joylashish holati ikkinchi guldagi ustunchaning joylashish holatiga mos keladi. Mabodo, gullarni chetdan changlatuvchi hasharotlar ustunchasi uzun gulga qo`nsa, gul changi uning bosh qismida qoladi va u faqat kalta ustunchali gulning og`izchasiga tushadi. Shunga o`xshash kalta ustunchali guldan chang hasharotlarning qorin qismiga ilashib, uzun ustunchali gulga tushadi.
Download 358.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling