Evolyutsiyaning boshlang`ich materiali - Tabiatda hech vaqt bir-biriga aynan o`xshash ikkita individni topish qiyin. Darvin davrida o`zgaruvchanlik ikki kategoriyaga, ya’ni nasldan-naslga o`tadigan va o`tmaydigan o`zgaruvchanlikka bo`linar edi. Bunday bo`linish hozir, umuman, to`g`ri hisoblanadi. Albatta, bo`g`indan-bo`g`inga belgilar berilmay, balki organizmdagi belgi va xossalar rivojlanishini ifodalovchi irsiy axborot o`tadi. Har qanday organizmning individual rivojlanishida genotipidagi barcha imkoniyatlar ro`yobga chiqavermaydi.
- Organizmlar irsiyatning moddiy asoslari (genotipi) o`zgarishi evolyutsiya jarayoni uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Irsiy o`zgaruvchanlikning ikki formasi — mutatsiya va rekombinatsiya mavjud. «Mutatsiya» so`zi dastlab biologiyaga XVIII asrda A. Dyushen tomonidan kiritilgan. XX asrda golland olimi De Friz bu terminga yana bir bor murojaat etdi va mutatsiya nazariyasini yaratdi.
- Mutatsiya o`simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning barcha turlariga mansub. Mutatsiyalar asosan 4 xilga bo`linadi. Bular gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik mutatsiyalardir. Gen deyilganda, odatda, hujayrada u yoki bu polipeptid sintezlanishida ishtirok etadigan DNK zanjirining bir qismi tushuniladi. Har bir gen bir qancha nukleotiddan tashkil topgan.
Bu o`z-o`zidan, gen mutatsiya nukleotidlarining o`zgarishi bilan bog`liq; ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi tasavvurlarga ko`ra, gen mutatsiyalari 4 xil ko`rinishda bo`ladi. Ular DNK molekulasidagi: 1) nukleotidlar o`rnining almashinishi; 2) bitta yoki bir nechta nukleotidning kamayishi; 3) bir yoki bir nechta nukleotidning DNK zanjiriga qo`shilishi; 4) gen tarkibidagi nukleotidlar tartibining qayta tuzilishi tufayli_ vujud-ga keladi. Gen mutatsiyasining tezligi bir gen uchun har bir bo`g`inda 10-4, 10-6 ga teng. Har bir tur populyatsiyasi genofondida juda ko`p genlar borligi e’tiborga olinsa, gen mutatsiyasining o`lchami juda ulkan bo`lishiga shubha qolmaydi. Mutatsiya ayrim hollarda teskari formada namoyon bo`lishi mumkin. Bunday vaqtda o`zgargan gen o`zining asli holatiga qaytadi. Ko`pgina gen mutatsiyalari resessiv holatda bo`lib, fenotipda ro`yobga chiqmaydi. Bu hodisa juda katta biologik mazmunga ega. Chunki har bir mutatsiya tabiiy tanlanish tufayli hosil bo`lgan genotipning nozik muvozanatini o`zgartiradi. Geterozigota holatdagi resessiv mutatsiyalar tur ichidagi irsiy o`zgaruvchanlik manbai hisoblanadi. - Bu o`z-o`zidan, gen mutatsiya nukleotidlarining o`zgarishi bilan bog`liq; ekanligidan dalolat beradi. Hozirgi tasavvurlarga ko`ra, gen mutatsiyalari 4 xil ko`rinishda bo`ladi. Ular DNK molekulasidagi: 1) nukleotidlar o`rnining almashinishi; 2) bitta yoki bir nechta nukleotidning kamayishi; 3) bir yoki bir nechta nukleotidning DNK zanjiriga qo`shilishi; 4) gen tarkibidagi nukleotidlar tartibining qayta tuzilishi tufayli_ vujud-ga keladi. Gen mutatsiyasining tezligi bir gen uchun har bir bo`g`inda 10-4, 10-6 ga teng. Har bir tur populyatsiyasi genofondida juda ko`p genlar borligi e’tiborga olinsa, gen mutatsiyasining o`lchami juda ulkan bo`lishiga shubha qolmaydi. Mutatsiya ayrim hollarda teskari formada namoyon bo`lishi mumkin. Bunday vaqtda o`zgargan gen o`zining asli holatiga qaytadi. Ko`pgina gen mutatsiyalari resessiv holatda bo`lib, fenotipda ro`yobga chiqmaydi. Bu hodisa juda katta biologik mazmunga ega. Chunki har bir mutatsiya tabiiy tanlanish tufayli hosil bo`lgan genotipning nozik muvozanatini o`zgartiradi. Geterozigota holatdagi resessiv mutatsiyalar tur ichidagi irsiy o`zgaruvchanlik manbai hisoblanadi.
- Xromosoma mutatsiyasi uning qayta tiklanishi — abberratsiyasi tufayli vujudga keladi. Xromosomalar ichidagi va xromosomalararo abberratsiyalarning sabablari xilma-xildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |